O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.5-rasm. Ishlab chiqarishni tashkil etish usullari Ishlab chiqarishni tashkil etishning yakka usuli
oqimli, partiyali. Ushbu usullar bir-birlaridan ish joyining ixtisoslashtirilganlik
darajasi, vaqt bo‗yicha operatsiyalar qo‗shilishi turlari, ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz darajasi, sex va bo‗limlar shakllanishi tamoyillari bo‗yicha farqlanadi (2.5-rasm). 2.5-rasm. Ishlab chiqarishni tashkil etish usullari Ishlab chiqarishni tashkil etishning yakka usuli juda murakkab texnikani ishlab chiqarishda, shuningdek tajriba ishlab chiqarishda, tikuv sanoatida esa 40 alohida buyumni tikishda qo‗llaniladi. Har bir buyum bir-biridan fasoni, ko‗rinishi, o‗lchami, mavsumbopligi, aholining turli guruhlarga mosligi, tikishda ishlatiladigin gazlamasi bilan farqlanib, o‗zining texnologik va konstruktiv xususiyatlariga ega. Ishlab chiqarishning bu turiga atelelar va yakka tartibda buyurtma bilan kiyim tikuvchi ustaxonalar misol bo‗la oladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usuli mahsulotni seriyali ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Ish jarayonida maxsus va universal asbob-uskunalardan foydalaniladi. Ushbu asbob-uskunalar chiziqli va guruhlar bo‗yicha joylashtirilgan bo‗ladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning ushbu usuli seriyali va kichik seriyali ishlab chiqarishlarda keng tarqalgan. Masalan, mashinasozlik korxonalarida detallarni tayyorlash jarayonida, paxta tozalash korxonalarida esa arra xo‗jaligida ushbu usul qo‗llaniladi. Ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil etishning kompleks tizimida oqimli ishlab chiqarish muhim o‗rin egallaydi. U o‗zida ishlab chiqarish jarayonining shunday tuzilmasini mujassam etadiki, unda xom-ashyo va materiallar tayyor mahsulotga aylanishida belgilangan uslubda uzluksiz, texnologik ketma-ketlikda va barcha operatsiyalarga bir vaqtda qayta ishlanadi. Oqimli ishlab chiqarishda texnologik jarayon bir xil taktda operatsiyalarga bo‗linadi. Operatsiyalar taktlarini to‗g‗rilash jarayonning proporsional bo‗lishligi uchun hamda operatsiyalar oralig‗ida zahiralarni kamaytirish yoki umuman bo‗lmasligini ta‘minlash uchun zarur bo‗ladi. Oqimli ishlab chiqarishni tashkil etish bir qancha tayyorgarlik ishlarini olib borishni talab etadi. Bu tadbirlar: birinchi navbatda oqimli ishlab chiqarish uchun mahsulot turini aniqlash va ularni turlash; asosiy muomala texnologiya jarayonlari tartibini ishlab chiqish; ish joylarini rejalashtirish; ishlab chiqarishni takomillashtirish, transport jarayonlarini mexanizatsiyalaщtirish, avtomatlashtirish va tabiiy jarayonlarni tezlashtirish kerak. Ishlab chiqarish oqimini tashkil etishni loyihalashda quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni hisobga olish kerak: har bir ish joyida oqim ritmini ta‘minlanishi; 41 ishning tezlik darajasi; etakchi mashinalarni ish bilan to‗la band qilishi darajasini yaxshilash; oqim yo‗llaridagi mashinalar sonini ish joylaridagi ishchilar soniga moslashtirish; ish joylariga qarab topshiriqlarni belgilash; mehnat buyumlarning harakat marshrutlarini to‗g‗ri tashkil etish. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning oqimli dasturida har bir ish joyi maxsus asbob-uskuna, moslama bilan ta‘minlanadi Asbob-uskunalar ketma-ket ravishda ishlab chiqarishni jarayoni bosqichlari bo‗yicha joylashtiriladi. Mehnat predmedlarining bir agregatdan boshqasiga o‗tilishi maxsus jarayonlararo transportlar (tasmali, shnekli yoki pnevmatik) yordamida amalga oshirildi. Oqimli ishlab chiqarish chegaralangan nomenklaturadagi mahsulotlar ishlab chiqarishida va ommaviy tusda tashkil etilishi bilan ajralib turadi. Paxtachilik ishlab chiqarishi oqimli ishlab chiqarish sanaladi,Ushbu jarayonda har bir agregat o‗ziga xos alohida vazifasini bajaradi. Quritish barabanlari paxta xom-ashyosini quritib, undan namlikni ajratadi; tozalagichlar – mayda va yirik iflosliklardan tozalaydi; jinlar toladan chigitni ajratadi, linterlar chigitdagi kalta tolalarni ajratib oladi va hokazo. Barcha asbob- uskunalar bir- birlari bilan pnevmotransport yoki boshqa turdagi mexanik transportyorlar yordamida bog‗langan. Paxta tozalash korxonalarida chegaralangan nomenklaturadagi mahsulotlar (tola,chigit,momiq) ishlab chiqarilganligi bois, oqimli ishlab chiqarish tashkil etilgan bo‗lib, ish joylariga maxsus asbob-uskunalar biriktirilgan. Paxtachilik ishlab chiqarishi uzluksiz oqimli ishlab chiqarish sanalib, unda barcha jarayonlar davomiyligi nuqtai nazaridan teng yoki takrorlanuvchidir. Ushbu jarayonda uzluksizlilik darajasi juda yuqoridir. Oqimli ishlab chiqarishning oliy shakli - avtomatik oqim bo‗lib, bunda bir butun majmuada texnologik asbob- uskunalar, transport uskunalari markaziy avtomatik nazorat tizimi hamda mehnat predmetlariga qayta ishlov berish va ular harakati jarayonlarini boshqarish 42 birlashtiriladi. So‗nggi yillarda paxta tozalash sanoatida keng miqyosda ixcham texnologiyalar qo‗llanilmoqda. Paxta xom-ashyosining dastlabki sifat ko‗rsatkichlariga (ifloslik va namlik darajasiga ) qarab uni quritish va tozalashda ixcham texnologiya qo‗llanilmoqda, ya‘ni ifloslik darajasi past bo‗lgan hollarda paxta barcha tozalash mashinalardan emas, balki kam mashinalardan o‗tkazib, shu orqali ortiqcha mexanik urilishlarning oldini olish natijasida tola sifatini saqlab qolishga erishiladi. Oqimli ishlab chiqarish kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish uchun keng yo‗l ochib beradigan nisbatan ilg‗or va istiqbolli ishlab chiqarishni tashkil etish usuli hisoblanadi. Yuqori hajmdagi ishlab chiqarishda ixtisoslashtirish darajasining yuksakligi, mehnatni tashkil etishning ilg‗orligi mehnat unumdorligi yuqori bo‗lishligini ta‘minlaydi. Oqimli ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi mahsulot tannarxi pasayishida ham ro‗y beradi. Transport jarayonlari davomiyligi kamaytirilishi oqibatida ishlab chiqarish siklining kamayishi, ishlab chiqarish maydonlari qisqartirilishi, omborlar sonining kaytirilishi oqibatida mahsulot ishlab chiqarish xrajatlari sezilarli pasaytiriladi va natijada korxona foydadorlik darajasi oshishi ta‘minlanadi. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling