O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Tayanch iboralar: ishlab chiqarish jarayoni, mehnat predmeti, mehnat, 
mehnat vositasi, asosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat 
ko‘rsatuvchi jarayonlar, operatsiya, ish joyi, tamoyil, yakka usul, partiyali usul, 
oqimli ishlab chiqarish, ishlab chiqarish tashkiliy tiplari. 
O„z-o„zini tekshirish va nazorat qilish uchun savollar: 
 
1. Ishlab chiqarish jarayoni deb nimaga aytiladi? 
2. Mehnat predmeti nima? 
3. Mehnatning mohiyatini aytib bering? 
4. Ishlab chiqarish jarayoni qanday turlarga bo‗linadi? 
5. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning qanday tamoyillarini bilasiz? 
6. Proporsionallik tamoyilining mohiyatini tushuntirib bering? 
7. Oqim ritmi deganda nimani tushunasiz va u qanday hisoblanadi? 
8. Ishlab chiqarishni tashkil etishning qanday usullarini bilasiz? 
9. Ishlab chiqarishning tashkiliy tiplarini ayting? 
10. YAkka (donalab) ishlab chiqarishning tavsifini mating? 
11. Seriyali ishlab chiqarishning tavsifini ayting? 
12. Ommaviy ishlab chiqarishning tavsifini ayting? 
 
 
 
 
 
 
 


47 
III BOB. KLASTERLAR VA XOM ASHYO TA‟MINOTI 
 
3.1 Paxta-to„qimachilik klasterlarini tashkil etish asoslari 
 
Klasterlarni tashkil etishdagi iqtisodiy muhit doirasi va uning holatini 
o‗rganish shuni ko‗rsatadiki, ishlab chiqarishni tashkil etishning ushb shakli 
so‗nnggi vaqtlarda keng miqyosda amaliyotda qo‗llanilmoqda. Umuman olganda, 
klaster – bu bog‗lam sanaladi. Ishlab chiqarish sohasida esa klaster (cluster) – bu 
boshlang‗ich xom ashyoni qayta ishlash orqali pirovard tayyor mahsulot ishlab 
chiqarishni o‗z ichiga oladigan yaxlit texnologik jarayonni bilashtiruvchi 
korxonalarning ishlab chiqarish tizimidir. Ishlab chiqarish sohasiga klaster 
shaklini joriy etish tizimli samara deb ataluvchi alohida qismlarning integratsiya 
asosida butun tizimga birlashtirilishi natijasida faoliyat samaradorligi oshishini 
ta‘minlaydi.
Xorijiy mamlakatlarda klasterlarni shakllantirish bo‗yicha to‗plangan 
tajribalari va amaliyoti quyidagi yo‗nalishlar hisoblanadi. 
Birinchi yo‘nalish Italiya modeli (sanoat okruglari) hisoblanib, kichik 
korxonalarning eksportni kengaytirish borasida kuchli konsentratsiyasiga 
asoslangan, bozorga chiqish va uni egallashda o‗zaro rasmiy yoki norasmiy 
hamjamiyat asosida yurituvchi ichki klasterlardir
1

Ikkinchi yo‘nalish sanoat klasterlari hisoblanib, ular konsentrik doiralar hosil 
qiluvchi (markazlashgan tashkilotlar) markaziy boshqaruv tizimiga ega klaster 
shakli hisoblanadi. Bu kabi sanoat klasterlari tarkibida ilmiy laboratoriyalar, 
ilmiyg‗tadqiqot markazlari va oliy o‗2uv yurtlari faoliyat yuritadi. Klasterlarni 
bunday shakllantirish YAponiya. Janubiy Koreya, Germaniya va Fransiya 
tajribalarida aks etgan. Ular xalqaro bozorlar uchun o‗ta kuchli hamkorlik va 
yuqori darajada shakllantirilgan rasmiy ichki aloqalar mavjud. Innovatsion 
1
Becattini G. From marshall`s to the Italian ―Industrial Districts‖. A Brief Critical Reconstruction // Complexity 
and Industrial Clusters: Dynamics and Models in Theory ahd Practice / eds. A.Q.Curzio, M.Fortis. 
Heidelberg:Physica-verlag, 2002.


48 
faoliyatning sochilib ketishi va chiziqli bog‗lanishning mavjud emasligi klasterlar 
shakllanishining bu kabi usuliga xos hisoblanadi. Har bir klaster ishtirokchisi 
tizimning boshqaruv apparatiga zanjirli aloqasi ta‘minlanadi va bu o‗zaro 
integratsiyani ta‘minlashga asosiy kalit hisoblanadi. Bunday klasterni tashkil etish 
jarayonida ko‗proq moliyaviy manbalarga tayanishi esa unga davlatning aralashuvi 
shart qilib qo‗yishi bilan birga, asosiy moliyaviy ta‘minotchisi sifatida qatnashishi 
rag‗batlantiradi
2
. Klasterni shakllantirishning bunday usuli davlatning ko‗magi va 
moliyaviy mablag‗ning kattaligi uni tashkil etishning kuchsiz tomoni bo‗lsada, 
xalqaro bozorda amalakat raqobatbardoshligini oshirishning asosiy vositasi yoki 
strategiyasi sifatida qaraladi. 
Uchinchi yo‘nalish sanoatlashtirish davriga xos hisoblanib, bunday 
klasterlash strategiyalaridan Skandinaviya, SHveysariya va AQSHda keng 
qo‗llanilgan. Ko‗proq spiral
3
hosil qiluvchi klasterlash modelining asosiy 
yo‗nalishi innovatsiyalarni yaratishga urg‗u beradi va yaratilgan innovatsiyalarni 
klaster ishtirokchilariga sochib yuborish orqali raqobatbardoshlikni ta‘minlash 
asosiy maqsad hisoblanadi.
Klasterlarni shakllantirish bo‗yicha yuqorida bayon etilgan yo‗nalishlar 
O‗zbekiston sharoitida engil sanoat korxonalarining mavjud ahvoli va bozorda 
shakllangan raqobat muhiti holatidan kelib chiqib belgilanadi. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling