O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Paxta-to„qimachilik klasterlari ishtirok etuvchilari o„z faoliyatini


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Paxta-to„qimachilik klasterlari ishtirok etuvchilari o„z faoliyatini 
tashkil etishida quyidagi vazifa va majburiyatlar yuklanadi: 
fermer xo‗jaliklariga paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishining tegishli 
tashkilotchilari tomonidan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan 
miqdorlarda va shartlar asosida avans beriladi; 


50 
paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari 2018 yil mobaynida 
paxta xom ashyosini etishtirish va ularga etkazib berishni moliyalashtirish uchun 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‗jaligini davlat 
tomonidan qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan xizmat 
ko‗rsatuvchi tijorat banklari orqali kreditlar ajratadi va ta‘minot sifatida sug‗urta 
polisi taqdim etadi;
paxta-to‗qimachilik 
ishlab 
chiqarishi 
tashkilotchilariga 
Jamg‗arma 
mablag‗lari hisobidan ajratiladigan kreditlar miqdorlari paxta xom ashyosini 
etishtirish va etkazib berishni moliyalashtirish uchun davlat buyurtmasi doirasida 
paxta xom ashyosi sotadigan fermer xo‗jaliklari uchun amaldagi shartlar inobatga 
olingan holda hisoblanadigan hisob-kitob ehtiyojining kamida 60 foizini tashkil 
qiladi; 
paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga kreditlar Jamg‗arma 
mablag‗lari hisobidan yiliga 3 foizdan ortiq bo‗lmagan foiz stavkasi bo‗yicha va 
davlat buyurtmasi doirasida paxta xom ashyosi sotadigan fermer xo‗jaliklarini 
moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan shartlar asosida ajratiladi; 
fermer xo‗jaliklari bilan xarid qilinadigan paxta xom ashyosi qiymatining 
90 foizdan kam bo‗lmagan miqdori bo‗yicha yakuniy hisob-kitoblar paxta-
to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan 2018 yilning sentyabr 
oyidan boshlab dekabr oyigacha, qolgan qismi esa 2019 yilning 1 apreligacha 
amalga oshiriladi. 
jamg‗arma paxta-to‗qimachilik tashkilotchilari uchun fermer xo‗jaliklari 
tomonidan paxta xom ashyosi etishtirilishini moliyalashtirish bo‗yicha amaldagi 
shartlarni qo‗llagan holda, agrotexnik tadbirlarga muvofiq kredit liniyalari 
belgilangan tartibda hamda muddatlarda ochilishini ta‘minlanishi vazifasi 
yuklatilgan.
paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi uchun paxta xom ashyosi etishtirish 
maqsadida ajratiladigan mablag‗lar fermer xo‗jaligining maxsus hisobraqamiga, 
shuningdek, paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari bilan tuzilgan 
shartnomalar asosida paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari, 


51 
moddiy-texnika resurslari etkazib beruvchilar va xizmatlar ko‗rsatuvchi 
tashkilotlarga o‗tkaziladi; 
fermer xo‗jaliklarining maxsus hisobraqamlariga tushadigan mablag‗lardan 
yangi paxta xom ashyosi hosili etishtirish uchun faqat zarur tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) xarid qilish uchun foydalanish mumkin va hisobraqamlar egalarining 
yangi hosilni etishtirish bilan bog‗liq bo‗lmagan ilgari yuzaga kelgan 
majburiyatlarini qoplashga yo‗naltirilishi mumkin emas;
paxta xom ashyosini etishtirish va etkazib berishga doir qo‗shimcha 
xarajatlar hamda fermer xo‗jaliklari uchun qishloq xo‗jaligi texnikasi xarid qilish 
xarajatlari paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan o‗z 
mablag‗lari yoki tijorat banklarining to‗qimachilik hamda tikuvchilik-trikotaj 
mahsulotlari etkazib berish bo‗yicha eksport kontraktlari kafolati ostida 
ajratiladigan kreditlari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin; 
paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etadigan paxta-to‗qimachilik 
ishlab chiqarishi tashkilotchilari va fermer xo‗jaliklari oladigan hamda ular 
tomonidan beriladigan, o‗zlari ishlab chiqaradigan mahsulotlarni sotish bo‗yicha 
oborotlar bilan bog‗liq bo‗lmagan pul mablag‗lari va mulk, shuningdek, sof 
daromad taqsimoti soliq solinadigan ob‘ektlar hisoblanmaydi.
paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga hududlar sharoitlari, 
ekinlarni ilmiy asoslangan tarzda almashlab ekish, suv va resurslarni tejaydigan 
texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, paxtaning tozaligiga rioya etilishini 
hisobga olgan holda, g‗o‗zaning seleksiya navlarini mustaqil ravishda joylashtirish 
huquqi berilgan. 
«O‗zpaxtasanoat» AJ paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari 
bilan paxta xom ashyosi etishtirish bo‗yicha kontraktatsiya shartnomasi tuzgan 
fermer xo‗jaliklariga belgilangan tartibda tasdiqlangan navlar hamda hajmlar 
bo‗yicha chigit etkazib berilishi vazifasi yuklatilgan.
Bugungi kunda strategiyalarning bir nechta turlari mavjud, jumladan: 
samarani faoliyat ko‗lami hisobiga oshirish (tarmoq kuchlarini birlashtirish 
doirasida); jug‗rofiy diversifikatsiya; vertikal integratsiya sharoitida iqtisodiy 


52 
xavfsizlikni ta‘minlash va bozor tamoyillarini kuchaytirish; yangi texnologiyalar 
keng foydalanish va boshqalar. 
Integratsiya strategiyalarni amalga oshirish vositalaridan biri bu 
uyg‗unlashgan ko‗rsatkichlar tizimini (Balanced ScoreCard, BSC) hisoblanadi. 
Ushbu strategiya shaklini Garvard Universiteti xuzuridagi Biznes maktab 
professori Robert Kaplan va boshqaruv masalalari bo‗yicha amarikalik konsultant 
Devid Nortonlar 90-yillar boshida ishlab chiqishgan.
Uyg‗unlashgan ko‗rsatkichlar tizimi – bu korxonalar faoliyatining barcha, 
ya‘ni ham moliyaviy, ham nomoliyaviy jihatlarini o‗zida aks ettirgan optimal 
tanlab olingan ko‗rsatkichlar bo‗yicha korxona samaradorligini aniqlash va 
baholashgan asoslangan boshqaruv tizimidir
4

Robert Kaplan i Devid Norton tomonidan o‗tkazilgan tadqiqotlar natijasida 
shunday xulosaga kelishdi, jumladan muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan 
korxonalar uyg‗unlashgan ko‗rsatkichlar tizimi shakllantirishda kamida to‗rtta 
omil:

moliya;

xaridorlar;

ichki biznes jarayonlari;

ta‘lim va rivojlantirishni inobatga olishlari lozim. 
Bizning fikrimizcha, yuqorida keltirilgan olimlar g‗oyasi O‗zbekistonda 
paxtachilik-to‗qimachilik klasterlarni shakllantirish uchun muhim ilmiy va 
iqtisodiy asos sifatida qabul qilishimiz mumkin.
Shu nuqtai nazardan, milliy paxtachilik-to‗qimachilik klasterlari uchun 
uyg‗unlashgan ko‗rsatkichlar tizimini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarda amalga 
oshirish maqsadga muvofiq va 3.1-rasmda keltirilgan: 
4
Kaplan, Robert S., and David Norton. Using the Balanced Scorecard as a Strategic Management 
System.Harvard Business Review 70, no. 1 (January–February 1996): pp.75–85. 


53 
1. Klaster modelini amalga oshirishga davlat, hududlar, xo‗jalik yuritish 
sub‘ektlari tayyorligini baholash; 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling