43
jarayonlar bir mahsulot tayyor bo‗lgandan so‗ng
ikkinchi mahsulot uchun
o‗zgaradi. Ushbu ishlab chiqarishda ishlab chiqarish korxonasi dasturi bir nechta
nomdagi oz miqdordagi mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Bu kabi ishlab
chiqarishlarda ish joyi ixtisoslashtirilmaydi.
Ishchilar malakasi juda yuqori,
universal asbob-uskunalar qo‗llaniladi (2.5-rasm).
2.5-rasm. Yakka (donalab) ishlab chiqarish
Seriyali ishlab chiqarish - bu ishlab chiqarish turida ma‘lum vaqt oralig‗ida
bir xil mahsulotlarni qayta hajmda seriyali tayyorlash takrorlanadi. Masalan,
―O‗zbekxlopkomash‖ zavodi dastlab partiyalar bo‗yicha 5-LP rusumli linterlarni,
so‗ngra siklonlarni, UXK rusumli seriyali paxta tozalagichlari
ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan (2.6-rasm).
Ushbu ishlab chiqarish turida universal uskunalar bilan birgalikda maxsus
uskunalardan ham foydalaniladi.
44
Seriyali ishlab chiqarish sexlari ish joylari yakka ishlab
chiqarishga qaraganda
nisbatan yuqori ixtisoslashtirilgan. Ishchilar malakasi nisbatan tor,
binobarin
universal malakaga ega ishchilarga qaraganda ularni tayyorlash osondir.
Bir ish joyiga biriktirilgan jarayon soni bilan tavsiflanuvchi seriyalash
koeffitsienti qiymatiga muvofiq seriyali ishlab chiqarishning uchta turi mavjud:
20-40 va undan ortiq bo‗lganlari- kichik seriyali;
5-20 ta bo‗lganlari- o‗rta seriyali;
3-5 ta bo‗lganlari- yirik seriyali.
Seriyali ishlab chiqarishda ishlab chiqarish
dasturi etarlicha doimiydir,
asosiy ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar turi ozchilikni tashkil
etadi. Ushbu ishlab chiqarishda soddalashtirish koeffitsienti yuqoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: