O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

oqimli, partiyali. Ushbu usullar bir-birlaridan ish joyining ixtisoslashtirilganlik 
darajasi, vaqt bo‗yicha operatsiyalar qo‗shilishi turlari, ishlab chiqarish jarayoni 
uzluksiz darajasi, sex va bo‗limlar shakllanishi tamoyillari bo‗yicha farqlanadi 
(2.5-rasm). 
2.5-rasm. Ishlab chiqarishni tashkil etish usullari 
 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning yakka usuli juda murakkab texnikani 
ishlab chiqarishda, shuningdek tajriba ishlab chiqarishda, tikuv sanoatida esa 


40 
alohida buyumni tikishda qo‗llaniladi. Har bir buyum bir-biridan fasoni, ko‗rinishi, 
o‗lchami, mavsumbopligi, aholining turli guruhlarga mosligi, tikishda 
ishlatiladigin gazlamasi bilan farqlanib, o‗zining texnologik va konstruktiv 
xususiyatlariga ega. Ishlab chiqarishning bu turiga atelelar va yakka tartibda 
buyurtma bilan kiyim tikuvchi ustaxonalar misol bo‗la oladi. 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usuli mahsulotni seriyali ishlab 
chiqarishni nazarda tutadi. Ish jarayonida maxsus va universal asbob-uskunalardan 
foydalaniladi. Ushbu asbob-uskunalar chiziqli va guruhlar bo‗yicha joylashtirilgan 
bo‗ladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning ushbu usuli seriyali va kichik seriyali 
ishlab chiqarishlarda keng tarqalgan. Masalan, mashinasozlik korxonalarida 
detallarni tayyorlash jarayonida, paxta tozalash korxonalarida esa arra xo‗jaligida 
ushbu usul qo‗llaniladi. 
Ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil etishning kompleks tizimida 
oqimli ishlab chiqarish muhim o‗rin egallaydi. U o‗zida ishlab chiqarish 
jarayonining shunday tuzilmasini mujassam etadiki, unda xom-ashyo va 
materiallar tayyor mahsulotga aylanishida belgilangan uslubda uzluksiz, 
texnologik ketma-ketlikda va barcha operatsiyalarga bir vaqtda qayta ishlanadi. 
Oqimli ishlab chiqarishda texnologik jarayon bir xil taktda operatsiyalarga 
bo‗linadi. Operatsiyalar taktlarini to‗g‗rilash jarayonning proporsional bo‗lishligi 
uchun hamda operatsiyalar oralig‗ida zahiralarni kamaytirish yoki umuman 
bo‗lmasligini ta‘minlash uchun zarur bo‗ladi. 
Oqimli ishlab chiqarishni tashkil etish bir qancha tayyorgarlik ishlarini olib 
borishni talab etadi. Bu tadbirlar: birinchi navbatda oqimli ishlab chiqarish uchun 
mahsulot turini aniqlash va ularni turlash; asosiy muomala texnologiya jarayonlari 
tartibini ishlab chiqish; ish joylarini rejalashtirish; ishlab chiqarishni 
takomillashtirish, transport jarayonlarini mexanizatsiyalaщtirish, avtomatlashtirish 
va tabiiy jarayonlarni tezlashtirish kerak. Ishlab chiqarish oqimini tashkil etishni 
loyihalashda quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni hisobga olish kerak: 

har bir ish joyida oqim ritmini ta‘minlanishi; 


41 

ishning tezlik darajasi; 

etakchi mashinalarni ish bilan to‗la band qilishi darajasini yaxshilash; 

oqim yo‗llaridagi mashinalar sonini ish joylaridagi ishchilar soniga 
moslashtirish; 

ish joylariga qarab topshiriqlarni belgilash; 

mehnat buyumlarning harakat marshrutlarini to‗g‗ri tashkil etish. 
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning oqimli dasturida har bir ish joyi 
maxsus asbob-uskuna, moslama bilan ta‘minlanadi Asbob-uskunalar ketma-ket 
ravishda ishlab chiqarishni jarayoni bosqichlari bo‗yicha joylashtiriladi. Mehnat 
predmedlarining bir agregatdan boshqasiga o‗tilishi maxsus jarayonlararo 
transportlar (tasmali, shnekli yoki pnevmatik) yordamida amalga oshirildi.
Oqimli ishlab chiqarish chegaralangan nomenklaturadagi mahsulotlar ishlab 
chiqarishida va ommaviy tusda tashkil etilishi bilan ajralib turadi. 
Paxtachilik ishlab chiqarishi oqimli ishlab chiqarish sanaladi,Ushbu 
jarayonda har bir agregat o‗ziga xos alohida vazifasini bajaradi. Quritish 
barabanlari paxta xom-ashyosini quritib, undan namlikni ajratadi; tozalagichlar – 
mayda va yirik iflosliklardan tozalaydi; jinlar toladan chigitni ajratadi, linterlar 
chigitdagi kalta tolalarni ajratib oladi va hokazo. Barcha asbob- uskunalar bir-
birlari bilan pnevmotransport yoki boshqa turdagi mexanik transportyorlar 
yordamida bog‗langan.
Paxta 
tozalash 
korxonalarida 
chegaralangan 
nomenklaturadagi 
mahsulotlar 
(tola,chigit,momiq) 
ishlab 
chiqarilganligi bois, oqimli ishlab chiqarish tashkil etilgan bo‗lib, ish joylariga 
maxsus asbob-uskunalar biriktirilgan.
Paxtachilik ishlab chiqarishi uzluksiz oqimli ishlab chiqarish sanalib, unda 
barcha jarayonlar davomiyligi nuqtai nazaridan teng yoki takrorlanuvchidir. Ushbu 
jarayonda uzluksizlilik darajasi juda yuqoridir. Oqimli ishlab chiqarishning oliy 
shakli - avtomatik oqim bo‗lib, bunda bir butun majmuada texnologik asbob-
uskunalar, transport uskunalari markaziy avtomatik nazorat tizimi hamda mehnat 
predmetlariga qayta ishlov berish va ular harakati jarayonlarini boshqarish 


42 
birlashtiriladi. 
So‗nggi yillarda paxta tozalash sanoatida keng miqyosda 
ixcham texnologiyalar qo‗llanilmoqda. Paxta xom-ashyosining dastlabki sifat 
ko‗rsatkichlariga (ifloslik va namlik darajasiga ) qarab uni quritish va tozalashda 
ixcham texnologiya qo‗llanilmoqda, ya‘ni ifloslik darajasi past bo‗lgan hollarda 
paxta barcha tozalash mashinalardan emas, balki kam mashinalardan o‗tkazib, shu 
orqali ortiqcha mexanik urilishlarning oldini olish natijasida tola sifatini saqlab 
qolishga erishiladi.
Oqimli 
ishlab 
chiqarish 
kompleks 
mexanizatsiyalashtirish 
va 
avtomatlashtirish uchun keng yo‗l ochib beradigan nisbatan ilg‗or va istiqbolli 
ishlab chiqarishni tashkil etish usuli hisoblanadi.
Yuqori hajmdagi ishlab chiqarishda ixtisoslashtirish darajasining yuksakligi, 
mehnatni tashkil etishning ilg‗orligi mehnat unumdorligi yuqori bo‗lishligini 
ta‘minlaydi.
Oqimli ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi mahsulot tannarxi 
pasayishida ham ro‗y beradi. Transport jarayonlari davomiyligi kamaytirilishi 
oqibatida ishlab chiqarish siklining kamayishi, ishlab chiqarish maydonlari 
qisqartirilishi, omborlar sonining kaytirilishi oqibatida mahsulot ishlab chiqarish 
xrajatlari sezilarli pasaytiriladi va natijada korxona foydadorlik darajasi oshishi 
ta‘minlanadi. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling