O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Paxtani saqlashda uning hisob-kitobi


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

 Paxtani saqlashda uning hisob-kitobi
. G‗aramlardagi paxtaning 
namlanganligini o‗z vaqtida aniqlash uchun tayyorlov maskani laboratoriyasi 
saqlanayotgan paxtaning haroratini tekshirib turadi. 
Qo‗lda va mashinada terilgan I va II nav paxtaning bir kunlik namligi 
tegishlicha 9-10 %, III va IV nav paxtaning namligi 11-13 % dan oshmagan
partiyalarda har besh kunda, namligi yuqori partiyalarda esa har uch kunda 
tekshiriladi. 
Paxtani saqlashda uning hisob-kitobini yuritish uchun boshlang‗ich 
hujjatlarning quyidagi shakllari qo‗llaniladi: 
7-XL shakl - Tayyorlov maskanida paxta harakatini hisobga olish daftari; 
8-XL shakl - Paxta uchun pasport
9-XL shakl - Paxtaning jamlash va jo‗natilayotgandagi iflosligi va namligi 
haqida ma‘lumotnoma; 
10-XL shakl - Paxtaning saqlanish holatini tekshirish dalolatnomasi; 
11-XL shakl - Paxta to‗dalarini qabul qilish, saqlash va jo‗natish tekshiruvi 
natijalarining dalolatnomasi; 
12-XL shakl - Paxta hosili to‗dalarini qabul qilish, saqlash va jo‗natish 
tekshiruvi natijalarining dalolatnomalarini ro‗yxatga olish daftari. 
Tayyorlov maskani va paxta zavodlaridagi paxta omborlarda, ayvon ostida 
va ochiq maydonlardagi g‗aramlarda saqlanadi. Paxta saqlanadigan hamma joylar 
tartib raqami bo‗yicha raqamlanadi. 
Tayyorlov maskanida paxta harakatining hisob-kitobi paxta harakatini 
hisobga olishning 7-XL shaklli daftarida saqlanadigan joyi va moddiy javobgar 


87 
shaxs bo‗yicha olib boriladi. 
Daftar tayyorlov maskani buxgalteriyasida va paxta uchun hisobdor 
bo‗lgan katta saralovchi tomonidan yuritiladi. Undagi 3-ustunda yig‗ma hisob-
kitobning 4-XL shakli tartib raqami yoki jo‗natilgan paxta spetsifikatsiyasi 16-XL 
shaklning tartib raqami ko‗rsatiladi. Daftarga paxta harakati bo‗yicha qo‗yilgan 
qaydlar buxgalter va saralovchi birgalikda qo‗ygan imzo bilan tasdiqlanadi.
Ombor bo‗shagandan so‗ng katta saralovchi va buxgalter daftar oxiriga imzo 
chekadi. 
Paxta harakati hisob-kitobi bo‗yicha kirim, chiqim va ko‗chiriladigan 
qoldiqlar haqidagi ma‘lumotlar, oy tugagach buxgal-teriyada tayyorlanadigan 
ma‘lumotlar bilan solishtiriladi. Tayyorlov maskanidagi paxta harakatini hisobga 
olishning 7-XL shaklli daftari raqamlanishi, ip o‗tkazib bog‗lanishi hamda paxta
zavodi direktori va bosh hisobchi imzosi va muhr bilan tasdiqlanishi shart. 
Paxta saqlanadigan joyda yoki g‗aramga paxta bostirilganda tayyorlov
maskani laboratoriyasi har bir to‗dadagi hom-ashyo uchun paxtaning 8-XL shaklli 
pasportini ikki nusxada yozadi. Paxta pasporti har bir to‗dadagi paxtaning sifat 
tavsifi ustidan nazorat yuritish uchun qo‗llaniladi. 
Pasportga paxta sifati, uning saqlanish holati bo‗yicha tekshirish natijalari 
haqidagi ma‘lumotlar kiritiladi. Pasport tayyorlov maskani laboratoriyasining 
mudiri tomonidan har bir to‗dadagi paxta uchun to‗ldiriladi. Pasportning birinchi 
nusxasi tayyorlov maskani laboratoriyasida qoladi, ikkinchi nusxasi esa tekshirish 
(aprobatsiya) uchun olingan paxta namunasi bilan birga zavodga yuboriladi. 
Kunlik qabul to‗dalari hamda jamlash bo‗yicha barcha to‗dalardagi namlik 
va ifloslik yuzasidan tekshirish o‗tkazib bo‗lingach, tayyorlov maskani
buxgalteri qabulda aniqlangan o‗rtacha namlik va ifloslik ko‗rsatkichlarini,
laboratoriya mudiri esa, jamlash bo‗yicha haqiqiy va konditsion massasini hisobiy 
massaga taqsimlash yo‗li bilan hisoblab chiqadi. SHundan keyin bu 
ko‗rsatkichlar jadval bo‗yicha joylashtiriladi, solishtiriladi va paxtaning 8-XL 
shakldagi pasportiga kiritiladi. 


88 
Pasportga barcha qaydlarni o‗z vaqtida va to‗g‗ri yozish mas‘uliyati 
laboratoriya mudiriga yuklanadi. ¢aram yoki saqlov joyiga qo‗yilgan maxsus
qutiga pasport ko‗chirmasi quyidagi ko‗rsatkichlar bilan solinadi: to‗da nomeri, 
saqlov joy nomeri (ombor, bo‗linma), otsek (ayvon, maydon), sanoat va seleksiya 
navi, sinfi, avlodi, tipi, to‗dani jamlash boshlangan va tugatilgan sana, to‗daning 
konditsion massasi, saralovchining familiyasi.
Tayyorlov maskanida jamlash va paxta zavodiga jo‗natishda paxta
sifatining tavsifi (xarakteristika) uni jamlash va jo‗natishdagi namligi va iflosligi 
bo‗yicha 9-XL shaklli ma‘lumotnomada beriladi.
Ma‘lumotnoma tayyorlov maskani yoki paxta zavodining laboratoriya mudiri 
(katta laborant) tomonidan ikki nusxada tayyorlanadi. Uning bir nusxasi 
tayyorlov maskani buxgalteriyasiga beriladi, ikkinchi nusxasi oxirgi tovar-
transport nakladnoyi bilan paxta zavodiga jo‗natiladi. Tayyorlov maskani mudiri 
va saralovchisi paxta normal sharoitda saqlanishini ta‘minlashi shart va uning
doimo yaxshi holatda bo‗lishi uchun to‗la javobgar sanaladi. Tarkibida paxta 
zavodi vakili va tayyorlov maskani xizmatchisi bo‗lgan maxsus komissiya 
tomonidan paxtaning saqlanish holati bo‗yicha oyida kamida ikki marta 
tekshirish o‗tkazilishi lozim.
Tekshirish natijalari 10-XL shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi 
kerak. Ikki nusxada tuziladigan bu dalolatnomaning birinchi nusxasi paxta 
zavodiga jo‗natiladi, ikkinchisi tayyorlov maskanida qoldiriladi. 
Zavod hududidan tashqaridagi tayyorlov maskanidan keltirilgan paxtaning
har bir to‗dasi bo‗yicha paxta to‗dalarini qabul qilish, saqlash va jo‗natish
natijalari haqidagi 11-XL shaklli dalolatnoma tuziladi. 
Dalolatnoma tayyorlov maskani mudiri, laboratoriya mudiri va katta 
buxgalterdan tashkil topgan komissiya tomonidan, shu to‗dadagi paxtani keltirish 
tugallanishiga qarab u uchun hisobdor bo‗lgan saralovchi ishtirokida tuziladi. Bu 
dalolatnomani tuzish uchun tayyorlov maskanidagi paxta harakatini hisobga 
olishning 7-XL shaklli daftari va paxtaning 8-XL shakldagi pasporti 
ma‘lumotlari asos bo‗lib xizmat qiladi. 


89 
Dalolatnoma uch nusxada tuziladi. Dalolatnomaning ikki nusxasi tashish 
tugallangan sanadan hisoblanganda besh kunlik muddatdan kechiktirilmay
ko‗rib chiqish va u bo‗yicha qaror chiqarish uchun paxta zavodiga yuborilishi 
shart. Bir nusxasi tayyorlov maskanida qoldiriladi. Saqlov davrida shu to‗dadagi 
paxta boshqa to‗daga ko‗chirilgan yoki aksincha bo‗lgan hollarda bu, albatta, 
hujjatlar bilan tasdiqlanishi hamda tayyorlov maskanida paxta harakatini hisobga 
olish daftarida va pasportida qayd etilishi shart. 
11-XL shakldagi dalolatnomada paxta massasi, uning tayyorlov maskani 
ichida to‗dadan to‗daga ko‗chirilishini va shu to‗dadagi paxtaning zavodda qabul 
qilinishi natijalarini hisobga olgan holda ko‗rsatilishi lozim. 
Tayyorlov maskanidan olingan dalolatnomalarni zavod direktori u
olinganidan hisoblaganda besh kunlik muddat ichida katta saralovchining 
tushuntirish xati, tayyorlov va texnika nazorati bo‗limlari (TNB) boshliqlarining 
xulosalarini, zavod bosh buxgalterining mulohazasini e‘tiborda tutgan holda 
ko‗rib chiqishi, har bir dalolatnoma bo‗yicha amaldagi tartibga muvofiq 
kamomadni hisobdan chiqarish va ortiqcha xom-ashyoni kirim qilish haqidagi 
fikrini yozma ravishda bildirish darkor. 
11-XL shakldagi dalolatnoma ko‗rsatkichlari paxta to‗dalarini qabul qilish, 
saqlash va jo‗natish tekshiruvi natijalari da-lolatnomalarini qayd etish bo‗yicha
12-XL shakldagi daftarga yozuvlar paxta zavodi buxgalteri tomonidan yoziladi. 
Bu daftarni paxta zavodi buxgalteri 2 nusxada to‗ldiradi va paxtaning har bir 
moddiy-javobgar shaxs bo‗yicha saqlanish natijalari, paxta zavodi hissadorlik 
jamiyati boshqaruvi raisi saqlash natijalari yuzasidan qabul qilgan chora-tadbirlar 
tavsiflanadi. Daftarga 11-XL shakldagi dalolatnomaning birinchi nusxasi ilova 
qilinadi. Ushbu dalo-latnomaning ikkinchi nusxasi zavod direktorining qarori 
bilan tayyorlov maskaniga yuboriladi va u kamomadni chiqim, ortiqcha paxtani 
kirim qilish yoki aybdor shaxslarga da‘vo bildirish uchun asos hisoblanadi. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling