O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Laboratoriya xulosasi 
Paxtaning iflosligi ______________________________________. 
Paxtaning namligi _______________________________________. 
Paxtaning navi ___________sinfi__________________________. 
Paxtaning tipi __________________________________________. 
Laboratoriya mudiri _________________ 
Katta laborant ___________________ 
Tahlil natijalari bilan tanishdi: __________________________ 
Jamoa (fermer) xo‗jaligi vakili ____________________________ 
Paxta tayyorlash maskanining katta saralovchisi _________________ 
Qabul varaqasining birinchi qismi tayyorlov maskani saralovchisi tomonidan 
kun mobaynida har bir to‗da bo‗yicha, II va III qismlari katta buxgalter 
tomonidan paxtani jo‗natish-qabul yuzasidan 1-SX (paxta) shakldagi tovar-
transport nakladnoyi va laboratoriyadan olingan tahlil natijalari asosida 
to‗ldiriladi. 
Qabul varaqasini faqat tayyorlov maskani saralovchisi besh nusxada 
to‗ldiradi. Uning birinchi nusxasi tayyorlov maskanida qoldiriladi va hisob-kitob 
uchun asos bo‗lib xizmat qiladi,ikkinchi nusxasi tuman hisoblash (statistika)
bo‗limiga, uchinchi nusxasi paxta topshiruvchi xo‗jalikka, to‗rtinchisi - paxta 
tozalash zavodiga, beshinchisi – xizmat qiluvchi bankga beriladi. 
Xo‗jalikdagi bir kun ichida qabul qilib olingan bir xil seleksion navli bir xil 
terimda olingan va bir xil maqsaddagi (urug‗lik yoki texnikaviy) paxta va alohida 
erdan terib olingan paxtaga uch nusxada bitta kvitansiya yoziladi. 
№ - 17 shakldagi qabul kvitansiyasini katta saralovchi yoki saralovchi – 
tarozibon to‗ldiradi. Kun davomida ular qabul kvitansiyasining 1 – bo‗limida har 
bir №1 – sx (paxta) shaklidagi nakladnoy bo‗yicha sanoat navlariga qarab alohida 


81 
qabul qilingan paxtaning haqikiy miqdorini yozib boradi. Kun oxirida 
kvitansiyaning 1-bo‗limini rasmiylashtirishni tugallashadi, navlar va partiyalar 
bo‗yicha yakunlarni hisoblash chiqishadi. Tayyorlov maskanida №3 – XL shakli 
bo‗yicha qabul qilingan paxta uchun kvitansiiyalar ro‗yxatini tuzishadi. №PK – 17 
shaklidagi barcha uch nusxadagi qabul kvitansiyalari va №3 – XL shaklidagi ikki 
nusxadagi qabul kvitansiyalari ro‗yxati imzolanadi va №1 – SX (paxta) shaklidagi 
nakladnoylar bilan hisob-kitob qilish uchun tayyorlov maskani muxosibasiga 
jo‗natiladi.
Qabul varaqasi (17-PK shakli) qat‘iy hisobot blankasi sanaladi, uning 
seriyasi va nomeri bo‗ladi. Tayyorlov maskanida qabul qilingan kunlik paxtani 
qabul varaqalarini ro‗yxatlash uchun 3-XL shakldagi qabul varaqalari ro‗yxati 
qo‗llaniladi. 
3-XL shakli 
________________________________________ 
paxta zavodining nomi 
________________________________________ 
paxta tayyorlash maskanining nomi 
200__ y "___"_________________ da 
Tayyorlov maskanida qabul qilingan 
paxta uchun qabul varaqalari 
R o‗ Y X A T I 
qabul
varaqalarining 
nomerlari 
Paxtaning haqiqiy
massasi, kg (sof 
holda) 
qabul
varaqalarining 
nomerlari 
Paxtaning haqiqiy
massasi,
kg (sof holda) 
Jami qabul qilindi: _______________________________________ 
raqam bilan, so‗z bilan 
Katta saralovchi _________________ 


82 
Katta buxgalter __________________ 
Qabul varaqalari ro‗yxati katta saralovchi tomonidan ikki nusxada tuziladi.
Ro‗yxatning birinchi nusxasi qabul varaqalari va topshiruvchining nakladnoylari 
bilan birga, tilxat olingan holda, buxgalteriyaga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa 
katta saralovchida saqlanadi. Qabul varaqalari hujjatlarni topshiruvchi katta 
saralovchi va ularni qabul qilgan hisobchi tomonidan imzolanadi. 
Tayyorlov maskani buxgalteriyasi tayyorlangan paxta uchun 17-PK 
shakldagi qabul varaqalari asosida 4-XL shaklli yig‗ma hisob-kitob tuzadi.
Yig‗ma hisob-kitob tayyorlov maskanidagi paxta harakati hisobining 7-XL
shakldagi daftarini va tayyorlov maskanida qabul qilingan paxta uchun 18-XL 
shaklli hisob-kitob – nazorat ro‗yxati (vedomosti) ni to‗ldirish uchun qo‗llaniladi. 
Jamoa va fermer xo‗jaliklarining bo‗sh transport vositalarini va qaytarilgan 
paxtani tayyorlov maskanidan chiqarishga 5-XL shakldagi ruxsatnoma
ko‗rsatilgan taqdirdagina ijozat etiladi. 
Chiqish uchun ruxsatnoma paxtani qabul qilgan saralovchi tomonidan bir 
nusxada yoziladi va haydovchiga transport birligi uchun beriladi, ruxsatnoma
koreshogi katta saralovchida qoladi. 
Transport paxta tayyorlash maskani hududidan chiqayotganda chiqishga 
ruxsatnoma paxtaning qaytishi ustida: nazorat yuritish uchun avval tayyorlov 
maskani qorovuliga, keyin buxgalteriyasiga beriladi. Chiqish uchun ruxsatnoma 
qat‘iy hisobot blankasi sanaladi, u seriya va nomerga ega. 
Paxta tayyorlash bo‗yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini hisob-
kitob qilish va tayyorlov maskani buxgalteriyasi topshiruvchi bilan hisoblashishi 
uchun 6-XL shakldagi hisob-kitob daftari yuritiladi. 
Hisob-kitob daftarida paxta topshiruvchi bilan hisob-kitob qilishga oid 
barcha muomalalar aks ettiriladi. Ularni daftarga tayyorlov maskani buxgalteri 
barcha muomalalar bajarilgan paytda yozadi. 
Hisob-kitob daftari ikki nusxada yuritiladi. Uning birinchi nusxasi tayyorlov 


83 
maskani buxgalteriyasida saqlanadi, ikkinchi nusxasi paxta topshiruvchiga beriladi. 
Paxta topshiruvchilar bilan hisob-kitoblarning to‗Qriligini tasdiqlash va 
o‗zaro da‘volarning oldini olish maqsadida tayyorlov maskanlarida yiliga ikki
marta shaxsiy hisob (schyot)lar har bir paxta topshiruvchi bilan u topshirgan
paxta yuzasidan hisob-kitoblar bo‗yicha 1 iyun va 1 yanvardagi holatiga ko‗ra 
tekshiruvdan o‗tkaziladi. Tekshirish natijalari mahsus dalolatnomada
rasmiylashtiriladi. Uning nusxasi topshiruvchiga beriladi. 
Tayyorlov maskani buxgalteriyasida bu erda qabul qilingan paxta hisob-kitobi 
uchun oyning 1 va 16 kunlariga 18-XL shakldagi nazorat ro‗yxati (vedomosti)
ikki nusxada har kuni to‗ldiriladi. Uning birinchi nusxasi paxta zavodiga 
yuboriladi, ikkinchi nusxasi tayyorlov maskanida saqlanadi. Nazorat ro‗yxati, 
shuningdek, paxtani kirim qilishda buxgalteriya o‗tkazmalari uchun asos bo‗lib 
xizmat qiladi. Nazorat ro‗yxati ilovasi bilan chop etiladi. 
Tayyorlov maskanida paxta amaldagi standartlar talablari asosida qabul 
qilinadi va jamg‗ariladi. 
Tayyorlov 
maskani 
laboratoriyasining 
mudiri 
(katta 
laborant) 
saralovchitomonidan paxtani qabul qilish belgilangan davlat standartlari talablariga 
muvofiq olib borilayotganligi, namuna olish, shuningdek jamg‗arish, qurilish, 
tozalash va paxtani tayyorlov maskanida saqlash qoidalariga rioya etilishini 
muntazam nazorat qilib boradi.
Laboratoriya mudiri (katta laborant) paxtani qabul qilishda iflosligi va 
namligini aniqlashiga, jamg‗arish va uni paxta zavodiga jo‗natishga, shuningdek, 
uning navi, namligi va iflosligi yuzasidan bahs ochilagan taqdirda paxta navini 
aniqlashga bevosita javobgardir. 
Tayyorlov maskani laboratoriyasi ishining to‗g‗riligini paxta zavodi texnika 
nazorati bo‗linmasi bevosita tekshirib turadi.
Qo‗lda va mashinada terilgan paxta fizik-mexaniq ko‗rsatkichlari va 
tolasining tashqi belgilari (rangi, pishganlik darajasi, bikrligi va zichligi) jihatdan 
amaldagi O‗zRST 615-94 Respublika standarti. «Paxta.Texnik sharoit» va O‗zRST 
642-95 Respublika standarti. «Urug‗lik paxta.Texnik sharoit» standartlari 


84 
talablariga ko‗ra beshta nav - I, III, IV, V va to‗qqizta tip-10, 1b, 1,2,3,4,5,6,7 
bo‗yicha topshiriladi va qabul qilinadi.

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling