Kurs ishi Bajardi: Qabul qildi: mundarija kirish asosiy qism
Download 145.33 Kb.
|
Maktabgacha ta’lim talablari asosida bolalarni maktabga tayyorlashning (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi Bajardi: Qabul qildi: MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………….3………….…4 Asosiy qism
- BOB. BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH
Abdulla qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi Ro’zmetova Zumradning Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish fanidan “Maktabgacha ta’lim talablari asosida bolalarni maktabga tayyorlashning dolzarbligi” mavzusida yozgan Kurs ishi Bajardi: Qabul qildi: MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………….3………….…4 Asosiy qism: I.BOB. BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning asosiy yo’nalishlari….5….14 Maktabgacha ta’lim tashkilotiga qisqa muddatli guruhlarda bolalarni maktabga tayyorlash…………………………………………………..15…….20 BOB. BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash shakllari va metodlari…..21…..27 “Ilk qadam” davlat dasturi asosida bolalarni savodga o’rgatish….28…37 Xulosa…………………………………………………………….38…………..39 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………..40…………...41 Kirish Maktabgacha ta’lim bosqichi uzluksiz ta’limning eng muhim, mas’uliyatli, bola tarbiyasi va ta’lim olishi poydevori, asoslari shakllanadigan bosqichidir. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari bolalarni xalqning boy milliy, madaniy, tarixiy me’rosi va ma’naviy-axloqiy an’analari ruhida tarbiyalash, bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini ta’minlashdan iborat. Bu bosqichda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash masalasi eng dolzarb masalalardan sanaladi. Aynan shuni e’tiborga olgan holda bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasida Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev faol tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror (2016-yil, 29- dekabr), «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-sonli Farmon (2017-yil 30-sentabr), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528-sonli Qarori (2017- yil, 19-iyul), “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi” kabi rasmiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida o‘rin egallamoqda.5 Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash o‘zining bir qator mezonlariga ega. Bu jarayonda bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy, irodaviy va ma’naviy jihatdan maktabga tayyorlash ularning maktab ta’limida zo‘riqmasligi, ta’limning uzluksizligi va samaradorligini ta’minlovchi asoslardandir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarning jismoniy xususiyatlari, antropometrik ko‘rsatkichlari, aqliyirodaviy jihatlari, ruhan maktabga tayyorligi ularning intellektual va jismoniy jihatdan maktab ta’limiga moslashishi, fanlarni zo‘riqishlarsiz o‘zlashtirishida ahamiyatli sanaladi. Bolalarni maktabga tayyorlashda bu boradagi metodik bilimlarga tayanish, aniq tizim va ketma-ketlikka asoslanish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” fanining mazmunidan kelib chiqib tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavriat talabalari, shu yo‘nalishning maxsus sirtqi va sirtqi ta’limi talabalari hamda bolalar bog‘chalari tarbiyachilariga kerakli ma’lumot va metodik yordam bera oladi. “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” fanining asosiy maqsadi bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari – tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari, metodikasi va amaliyotiga oid zamonaviy tehnologiyalar bilan tanishtirish, bu boradagi ta’lim tehnologiyalari va didaktik usullarining qo‘llanishiga oid ko‘rsatmalar berishdan iborat. Download 145.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling