O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash bosqichlari. Ishlab chiqarishni


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash bosqichlari. Ishlab chiqarishni 
texnik tayyorlash qat‘iy ketma-ketlikni talab etmaydigan bir qancha quyidagi 
bosqichlarni o‗z ichiga oladi (4.1-rasm):
4.1-rasm. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash bosqichlari 


102 
 
Birinchi bosqich ilmiy –tadqiqot bo‗lib, qoidaga ko‗ra u ishlab chiqarishni 
zavoddan tashqari tayyorlashga kiradi. Ushbu bosqichda nazariy va eksperimental 
tadqiqotlar, patent qidiruvi, shaxsiy ixtiro faoliyati, shuningdek, stend yoki alohida 
qism ko‗rinishidagi yangi texnikaning tajriba nusxasini yaratish ishlari olib 
boriladi. 
Ikkinchi bosqich konstruktorlik tayyorgarligi bo‗lib, unda yangi mahsulot 
turini ishlab chiqarish uchun zarur bo‗ladigan texnik hujjatlarni tayyorlash, tajriba 
nushalari va partiyalarini tayyorlash hamda uni sinovdan o‗tkazish, mahsulotni 
seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish ishlari amalga oshiriladi. Aniq mavjud 
shart-sharoitlarga qarab, ushbu faoliyat alohida maxsuslashtirilgan konstruktorlik 
muassasalarida ilmiy-tadqiqot insitutlarida yoki korxonalar konstruktorlik 
byurolarida amalga oshiriladi. 
Uchinchi bosqich – ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash. Bunda 
buyumni tayyorlashning texnologik jarayonini ishlab chiqish va uni tatbiq etish, 
texnologik ta‘minotni loyihalashtirish ishlari amalga oshiriladi.
To„rtinchi bosqich – ishlab chiqarishni tashkiliy – iqtisodiy jihatdan 
tayyorlash. Bunda yangi turdagi buyumni ishlab chiqarishning tashkiliy tomonlari, 
zarur bo‗ladigan resurslarga ehtiyoj hisob-kitobi, bajaruvchilar, kutiladigan texnik-
iqtisodiy ko‗rsatkichlar hisob-kitobi bajariladi. 
4.2 Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini
tashkil etish 
 
Paxta tozalash sanoati va paxtachilik mashinasozligida yangi texnikalarni 
yaratish, mavjudlarini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishning 
asosiy yo‗nalishlari quyidagilar hisoblanadi (4.2-rasm): 

Texnologik jarayonlarda bir-biridan ko‗p o‗tishlikni qisqartirish
avtomatik liniyalarni yaratish; 


103 

Boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqish va keng 
miqyosda ishlab chiqarishga joriy etish; texnologik jarayonlarni boshqarishda 
zamonaviy EHM lardan samarali foydalanishni tashkil etish; 

Material-, energiya-, mehnat sig‗imlarini kamaytirish; 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling