113
5.1-rasm. Tovar mahsuloti
Yalpi mahsulot ko„rsatkichi. SHu bilan birga, vaqtincha ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmini o‗tgan yillar bilan solishtirish uchun korxonalarda
yalpi
mahsulot ko‗rsatkichidan foydalaniladi. Yalpi mahsulot korxonaning ma‘lum davr
mobaynida qilgan ishlarining pul hisobidagi umumiy
hajmini ifodalaydigan
mahsulotdir. Yalpi mahsulot tovar mahsulotidan shunisi bilan farq qiladiki, uning
tarkibiga reja davrida tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonaning o‗zida
ishlatilayotgan yarim fabrikatlarning ortishi yoki kamayishi hamda buyurtmachi
materiali va xom-ashyosining qiymati hamda to‗liq tovar mahsuloti qiymati kiradi.
SHuningdek, tovar va yalpi mahsulotni pul bilan baholash o‗rtasidagi farq shundan
iboratki, yalpi mahsulot solishtirma
narxlarda baholansa, tovar mahsuloti esa
amaldagi mavjud ulgurji – sotish korxonalarida baholanadi.
Sotilgan mahsulot deb – iste‘molchilarga va buyurtmachilarga etkazib
berilgan hamda ular tomonidan haqi to‗lanib,
korxona hisob raqamiga yoki
kassasiga tushgan mablag‗ ko‗rinishidagi mahsulotga aytiladi (5.2-rasm).