O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Qayta ishlashga berilayotgan paxta o„lchangan bo„lishi lozim. O„lchov
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
Qayta ishlashga berilayotgan paxta o„lchangan bo„lishi lozim. O„lchov
vositalari bo„lmaganda ishlab chiqarish potogida ishlanayotgan to„da (1-a band) massasi, unga paxta zavodida jamlanayotganda qo„yilgan massa va sifat bo„yicha belgilanadi. Qayta ishlov berish uchun olinayotgan paxta (1-b band) sifati haqidagi ma‟lumotlar paxtaning 8-XL shaklli pasporti va paxta 117 zavodida paxta harakatini hisobga olishning 27-XL shakldagi daftari asosida yoziladi. I-qismning 4-bandida mahsulotning rejali miqdori hisoblangan paxtaning konditsion massasi quyidagi tartibda belgilanadi: a) quritish-tozalash sexi orqali oqimga qo‗yilmagan paxtaning qo‗lda, mashinada va ko‗rak holida terimi bo‗yicha - paxta zavodida jamlanayotganda belgilangan massasi; b) quritish-tozalash sexi orqali oqimga qo‗yilgan paxtaning qo‗lda, mashinada va ko‗rak holidagi terimlari bo‗yicha paxta zavodida jamlanayotganda tozalash-quritish sexi chiqindilarini me‘yor bo‗yicha chiqarib tashlab. Agar ushbu to‗dadagi paxtani tozalash qandaydir sabab bilan to‗xtatib qo‗yilsa, bu zavod bo‗yicha maxsus buyruq chiqarilgan holda rasmiylashtirilishi shart. Bunda ishlab chiqarishda hisobdan chiqarish uchun paxta miqdori ishlab chiqarilgan tola miqdori hisobga olingan holda tolaning rejali chiqishi bo‗yicha belgilanadi. Bu to‗dadagi paxtani tozalash davom ettirilishi uchun literlar qo‗yilgan holda shu tartib raqami bilan yangi topshiriqnomasi tuziladi. Mazkur oyda qayta ishlov berish tugallanmagan paxta to‗dasi tanaffusi uchun ham ishlab chiqarish topshiriqnomasi shu tartibda rasmiylashtiriladi. Ishlab chiqarish topshiriqnomasining II qismi zavod rejalash bo‗limi boshlig‗i tomonidan har bir to‗dadagi paxtani qayta ishlash tugallanganligining keyingi kunidan kechiktirilmay to‗ldiriladi. II qismning 1-bandida tegishli quritish-tozalash asbob-uskunalari orqali potokka qo‗yilgan paxtaning haqiqiy miqdori ko‗rsatiladi. quritish-tozalash sexi orqali potokka qo‗yilgan paxtaning gardga chiqqan qismi shu paxta miqdori uchun belgilangan me‘yori bo‗yicha qabul qilinadi. Paxtaning konditsion massasi uni paxta zavodida jamlash ma‘lumotlari bo‗yicha belgilanadi. Agar paxta ishlab chiqarishga paxta zavodining quritish- tozalash sexi orqali berilsa, II - «Paxtadan foydalanish» qismining 2-bandida uning massasi quritish-tozalash sexi gardlari me‘yor bo‗yicha hisobdan chiqarilgan holda ko‗rsatiladi. 118 Zavod laboratoriyasi ishlab chiqarish topshiriqnomasi II qismining 2- bandida ushbu to‗dadagi paxta namligi, iflosligi va o‗likdorligi paxta zavodi laboranti tomonidan o‗tkazilgan tahlil asosida qayta ishlash oldidan qo‗yiladi. Ishlab chiqarish topshirig‗ining II qism 3-bandi rejalash bo‗limi boshlig‗i tomonidan barcha turdagi mahsulotlar uchun axborot (raport)lar va o‗lchovnoma(otves), qabul hujjatlari asosida to‗ldiriladi. Paxta tolasi, texnik va urug‗lik chigit, paxta momig‗i, o‗lik aralashgan chiqindi, paxtaning kalta momig‗i aralashgan chiqindi haqiqiy massasi bo‗yicha 5-ustunda, konditsion massasi 7-ustunda ko‗rsatiladi. Paxta zavodi hissadorlik jamiyati boshqaruvi raisi xo‗jaliklarning vakolatli vakillari bilan birgalikda paxta to‗dasini qayta ishlash tugallanganidan so‗ng ikki kundan kechiktirmay qayta ishlash natijalarini barcha bo‗limlarning boshliqlari va moddiy-javobgar shaxslar ishtirokidagi amaliy ishlab chiqarish kengashida ko‗rib chiqishi va muhokama qilishi lozim. Paxta zavod hissadorlik jamiyati boshqaruvi raisi va xo‗jaliklar vakolatli vakillarining paxta to‗dasini qayta ishlash natijalari haqidagi fikrlari topshiriqnomaning III qismiga yoziladi. Chiqqan gard miqdori, mahsulot chiqishi, sifati bo‗yicha belgilangan ishlab chiqarish topshirig‗i bajarilmagan va ish tartibi buzilgan hollarda, aybdor shaxsga zavod bo‗yicha buyruq asosida tegishli chora ko‗rish masalasi keyingi kundan kechiktirilmay qarab chiqiladi. Paxta to‗dasini qayta ishlash natijalari bo‗yicha olingan mahsulotning chiqishi, chiqindi yoki qaytmas gardlar, belgilangan topshiriq me‘yoridan farq qilgan hollarda,paxta zavodi hissadorlik jamiyati boshqaruvi raisi qat‘iy fikrga kelguniga qadar bunday farqqa olib kelgan sabablarni aniqlashi va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‗rishi lozim. Paxta zavodi hissadorlik jamiyati boshqaruvi raisi va xo‗jalikning vakolatli vakili tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish topshirig‗i kengash bayonnomasi, axborot, paxtani qayta ishlashga berish va qayta ishlash hamda tayyor mahsulotni topshirish o‗lchovnomasi bilan birga paxta zavodi buxgalteriyasiga beriladi. 119 Ishlab chiqarishdan chiqarilgan mahsulot xom-ashyo va tayyor mahsulotlar bo‗limi saralovchisi tomonidan paxta tolasi, paxta momig‗i, chigit, o‗lik va paxtaning kalta momig‗i aralashgan chiqindilari qayta ishlangan har bir to‗dasi bo‗yicha alohida-alohida o‗lchangan holda qabul qilinishi shart. Tolali mahsulotlarning har bir toyida zavod kodi, markasining va toyning tartib raqami va o‗rama bilan birgalikdagi (brutto) massasi kilogrammda ko‗rsatiladi. Ishlab chiqarishdan olingan har bir toyning massasini qayd etish uchun 29- XL shaklli tayyor mahsulotlar o‗lchovnomasi (otves) qo‗llaniladi. o‗lchovnoma (otves)da toyning haqiqiy massasi qayd etiladi. o‗lchovnoma (otves) torozibon tomonidan ikki nusxada tuziladi. Birinchi nusxasi zavodning xom-ashyo va tayyor mahsulotlar bo‗limiga beriladi, ikkinchisi torozibonning o‗zida qoladi. Xom-ashyo va tayyor mahsulotlar bo‗limi saralovchi o‗lchovnoma (otves) asosida toy massasini sertifikatga yozadi va bir kecha-kunduz (sutka)lik ishlab chiqarish haqida ma‘lumot tayyorlaydi. Bir kecha-kunduzda presslangan tola ishlab chiqarilishi to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma (30-XL shakl) hamda paxta momig‗i va o‗lik va paxtaning kalta momig‗i aralashgan chiqindilarning bir kecha-kunduzda ishlab chiqarilishi haqidagi ma‘lumotnoma (31-XL shakl) shu mahsulotlarning har qaysi brigadada bir kecha-kunduzda ishlab chiqarilishini hisobga olish uchun to‗ldiriladi. Paxta tolasi, paxta momig‗i va chiqindilarning haqiqiy miqdori ko‗rsatiladi. 30-XL va 31-XL shakllar bo‗yicha ma‘lumotlar zavodning xom-ashyo va tayyor mahsulotlar bo‗limi saralovchisi tomonidan ikki nusxada tayyorlanadi. Birinchi nusxasi zavodning rejalash bo‗limiga, ikkinchisi buxgalteriyaga beriladi. Ishlangan har bir paxta to‗dasi bo‗yicha paxta tolasi, paxta momig‗i, o‗lik va paxtaning kalta momig‗i aralashgan chiqindilarning ishlanishini hisobga olib borish uchun zavoddagi xom-ashyo va tayyor mahsulotlar bo‗limi saralovchisi paxta tolasi, paxta momig‗i va chiqindilarning 32-XL shakl bo‗yicha 120 ishlanishi haqida axborot (raport) tayyorlaydi. Axborot (raport) har bir to‗dadagi paxtani tozalash tu-gallangach,ishlab chiqarishdan olingan mahsulot o‗lchovnomasi (otves) asosida ikki nusxada tayyorlanadi. Uning bir nusxasi ishlab chiqarish topshiriqnomasi (28-XL shakl) dagi tegishli qismlarni to‗ldirish uchun o‗lchovnoma (otves) bilan zavodning rejalash bo‗limiga, so‗ngra rasmiylashtirilgan hujjatlar va ishlab chiqarish topshiriqnomasi bilan buxgalteriyaga o‗tkaziladi. Qayta ishlov berilgan paxtaning navlari bo‗yicha va ishlab chiqarishdan olingan paxta tolasi hamda qo‗shimcha mahsulot (chigit, momiq, tolador chiqindilar) miqdori va qiymatini hisobga olish uchun zavod buxgalteriyasida tayyor mahsulotlar chiqishini hisobga olish daftari (33-XL shakl) to‗ldiriladi. Unga qaydlar 28-XL shaklli ishlab chiqarish topshiriqnomasi va ishlab chiqarishdan qabul qilingan mahsulotlar uchun 32-XL hamda 45-XL shaklli axborot (raport)lar asosida qo‗yiladi. Tayyor mahsulotlar chiqishni hisobga olish daftari ishlangan paxta tolasining har bir sanoat, seleksiya navi va tipi uchun butun yil mobaynida yozuvlar e‘tiborga olingan holda alohida shaxsiy hisob (schyot) ochiladi. Mahsulotlar hisobi konditsion massasida olib boriladi. Ularning qiymati ulgurji baholar bo‗yicha hisoblanadi. Ishlab chiqarishdagi gardlar miqdori paxta va chiqarilgan hamma mahsulotning konditsion massasidan kelib chiqib, hisob-kitob yo‗li bilan belgilanadi. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling