O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Tayanch iboralar: ishlab chiqarish quvvati, ishlab chiqarish dasturi, asosiy 
ishlab chiqarish, oqimli ishlab chiqarish, texnologik reglament, paxtani quritish, 
paxtani tozalash, jinlash, linterlash, toylash, tolani tozalash, tolani namlash. 
O„z-o„zini tekshirish va nazorat qilish uchun savollar: 
1. Ishlab chiqarish quvvati deb nimaga aytiladi? 
2. Paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarish quvvati qaysi asbob-uskuna 
ish unumi asosida hisoblanadi? 
3. Ishlab chiqarish quvvatini oshirish omillariga nimalar kiradi? 
4. Ishlab chiqarish dasturining mazmuni nimadan iborat? 
5. Mahsulot nomenklaturasi deb nimaga aytiladi? 
6. Paxta tozalash korxonalari mahsulot nomenklaturasiga nimalar 
kiradi? 
7. Mahsulot assortimenti nima? 
8. Paxta tozalash korxonalarining texnologik jarayonini so‗zlab bering? 
9. Oqimli ishlab chiqarish qanday tashkil etiladi? 


126 
VI BOB. YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISHLAR VA XO„JALIKLAR 
ISHINI TASHKIL ETISH 
 
6.1 Korxona ta‟mirlash xo„jaligi ishini tashkil etish 
 
Paxta tozalash korxonalari yordamchi ishlab chiqarishlar faoliyati 
xususiyati. Sanoat tavsifiga ega bo‗lgan korxonalarda ixtisoslashtirish darajasi 
yuqori darajada tashkil etilgan bo‗lib, bu esa o‗z navbatida uzluksiz ishlab 
chiqarishni ta‘minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarish bilan bir qatorda
yordamchi ishlab chiqarishlarni tashkil etishni ham taqozo etadi. Ushbu ishlab 
chiqarishlar faoliyati asosiy sexlarni zaruriy ehtiyot qismlar, energiya, yoqilg‗i, 
butlash materiallari Bilan ta‘minlash, xom-ashyo va tayyor mahsulotni tashish 
ishlariga qaratilgan bo‗ladi. 
Paxta tozalash hissadorlik jamiyatlari ishlab chiqarishida quyidagi 
bo‗limlaryordamchi ishlab chiqarishlar sirasiga kiradi: asbob-uskunalarni uzatish 
ishlarini , jihozlar yasash va ularni tiklash hamda ishchi asbob-uskunalarning 
ayrim qismlarini yasash ishlarini, ichki zavod transport ishlarini, ombor va 
boshqa shu kabi ishlarni bajaradigan bo‗limlar.
Yоrdamchi ishlab chiqarishlar ham korxona ish faoliyati natijasining 
samarali bo‗lishida muhim o‗rin tutadi. Ushbu xo‗jaliklar birinchidan, asosiy 
ishlab chiqarishning qo‗yadigan talablariga, ikkinchidan, aynan shu yordamchi 
ishlab chiqarish bo‗limlari faoliyatining ko‗rsatkichlarini yaxshilash uchun ularni 
muqobil ravishda uyushtirish zaruratiga asoslanib tashkil etiladi.
Paxta tozalash korxonalarida sifatli mahsulot ishlab chiqarish birinchi 
navbatda sifatli xom-ashyoga bog‗liq bo‗lsada, shuningdek asbob-uskunalarning
rejali-ehtiyot tiklash tizimiga to‗g‗ri rioya qilish, arra-kolosnik, instrumental va 
energetika xo‗jaliklari ishini samarali tashkil etish ham to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir
etadi. 
Bundan tashqari, paxta tozalash korxonalarida ombor xo‗jaligi keng o‗rinni 
egallaydi. 


127 
Yоpiq omborlarga qisqa vaqt ichida juda ko‗p paxta kelib tushadi, bu 
paxtalar uzoq vaqt shu bilan birga qisman yilning namgarchilik oylarida saqlanadi.

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling