O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


 Energiya ta‟minoti xo„jaligi faoliyati va uni tashkil etish


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

6.2 Energiya ta‟minoti xo„jaligi faoliyati va uni tashkil etish 
 
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish jarayonida ko‗p miqdorda elektr quvvati, 
bug‗, gaz, issiqlik, siqilgan havo iste‘mol qiladi. Ishlab chiqarishda yangi texnika 
va texnologiyani joriy etishda energetika quvvatlariga suyangan holda ish olib 
boriladi. Ishlab chiqarishda energiya iste‘moliga sarf bo‗lgan xarajatlar mahsulot 
tannarxi tarkibiga qo‗shilib, uning shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Paxta tozalash korxonalari mashina privodlari, sanitariya-ventilyasiya 
maqsadlari, shuningdek yoritish va maishiy ehtiyojlar uchun ko‗p miqdorda 
energiya iste‘mol qiladi. Bundan tashqari, quritish-tozalash sexlarida texnologik
ehtiyojlar uchun yoqilg‗i, ya‘ni ko‗p hollarda gazdan foydalaniladi. 
Asosan korxonalar markazlashgan holda shahar, tuman tizimlari va gaz 
uzatgich shoxobchalari orqali energiya bilan ta‘minlanadi. Agarda ishlab chiqarish 
korxonalari shaharlardan yoki elektr energiya manbaidan uzoq masofada


131 
joylashgan bo‗lsa, bu holda korxonalarda shaxsiy energiya shoxobchalari tashkil 
etiladi. 
Belgilangan quvvat deganda elektr dvigatellarining kVt hisobidagi nominal
quvvati tushuniladi. 
Aktiv 
quvvat 
deganda 
asbob-uskunalar 
uchun 
foydalaniladigan 
dvigatellarning (kVt hisobidagi) quvvati tushuniladi (6.4-rasm). 
6.4-rasm. Belgilangan va aktiv quvvat 
Korxonalarda elektr energiyasidan foydalanish me‘yorlarini belgilash uchun 
sanoatda joriy etilgan progressiv usullar asosida mahsulotning birlik miqdoriga 
sarf me’yori ishlab chiqilib, amalda joriy etiladi. 
Bunday me’yor energoresurslarni rejalashtirishda va undan unumli 
foydalanishda keng qo‗llaniladi. Quvvatlardan foydalanish va ularning sarf bo‗lish 
maqsadlariga qarab turli me‘yorlar belgilanadi. 
Elektr energiyasiga bo‗lgan ehtiyoj va uning sarflanish kVt-soat hisobida 
aniqlanadi. 
Elektr energiyasining sarflanishi o‗rnatilgan motorlarning quvvati,
quvvatidan foydalanish koeffitsienti va motorlarning ish vaqti asosida hisoblab 


132 
chiqiladi. Jin mashinaga 80 kvt li motor o‗rnatilgan, quvvatdan foydalanish 
koeffitsienti 0,8 va ish rejimi ikki smenali, deb faraz qilaylik. Bu holda bir necha-
kunduzda elektr energiyasiga bo‗lgan talab:
80 x 0,8 x 14 = 896 kvt-soat bo‗ladi. 
Odatda, elektr energiyasini sarflash me‘yori natural ko‗rsatkichlarda, ya‘ni 
ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga bo‗ljallangan kVt.soat hisobida belgilanadi 
(6.5-rasm). 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling