O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Korxona ta‟mirlash xo„jaligi ishini tashkil etish


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Korxona ta‟mirlash xo„jaligi ishini tashkil etish. Mashinalarning (asbob-
uskunalarning) dastlabki sifat va xossalarini, ularning ish unumdorligini, uzoq vaqt 
xizmat qilishini ta‘minlashga tiklash deb ataladi. 
Bajariladigan ishlarning mazmuniva hajmiga qarab tiklash quyidagiuch 
turga: joriy, o‗rta va kapital tiklashlarga bo‗linadi. 
Paxta tozalash sanoatida asbob-uskunalarning to‗xtovsiz ishlab turishini va 
ulardan yanadan samarali foydalanishni ta‘minlash uchun maxsus ishlab chiqilgan 
rejali-ehtiyot tiklash tizimi (RET) qo‗llaniladi. Ushbu tizim mashinalarga
mexanizmlarga, tuzilmalar va inshootlarga qarab turish, ularni nazorat va tiklashni 
amalga oshirish yuzasidan ehtiyotdan tashkil etiladigan texnik tadbirlar 
majmuidan iboratdir (6.1-rasm). 
6.1-rasm. Reja-ehtiyot tiklash tizimi 
 


128 
Ushbu tizim quyidagi ish turlarini: tiklashlar o‗rtasidagi vaqtda xizmat 
ko‗rsatish, ya‘ni asbob-uskunalarga har kuni qarab, nazorat qilib turish, asbrb 
uskunalarni vaqti-vaqti bilan ko‗rib, tekshirib turish, ularni vaqti-vaqti bilan joriy 
va kapital tiklash ishlarini o‗z ichiga oladi. 
Paxta tozalash sanoatida tiklash ishlari faqat ikki guruhga bqlinadi, o‗rta 
tiklash ishlari alohida ko‗rsatilmaydi. 
Odatda, tiklash ishlari reja asosida oldindan belgilangan taqvimiy 
muddatlarda grafiklar asosida, butun yil davomida olib boriladi va bu tiklashlar 
asbob-uskunalarining texnik jihatdan bekam-ko‗st bo‗lishini ta‘minlashga yordam 
berishi kerak. 
Ikki kapital tiklash o‗rtasidagi vaqtga tiklash sikli deb ataladi. Tiklash sikli 
ichida bir-biriga bog‗liq bo‗lgan bir tiklashdan ikkinchi tiklashgacha o‗tgan vaqtni 
o‗z ichiga oladigan davr tiklasharo davr deb ataladi. 
SHuningdek, tiklash davri degan tushuncha ham mavjud bo‗lib, bu davr 
asbob-uskunalarning tiklash ishlarini bajarish munosabati bilan butunlay bekor 
turib qolishini mashina-soat vaqti hisobida aniqlaydi. 
Asbob-uskunalarning joriy va kapital tiklash ishlariga paxta tozalash 
korxonalarida bosh mexanik rahbarlik qiladi (6.2-rasm).

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling