O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Ishlab chiqarishda paxta va paxta mahsulotlarini hisobga olish


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Ishlab chiqarishda paxta va paxta mahsulotlarini hisobga olish. Ishlab 
chiqarishda paxtaga ishlov berilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun 
xo‗jalik zavodga bu masalada huquq berilgan o‗z vakilini tayinlaydi. 
Qayta ishlash uchun ishlab chiqarishga faqat zavodning bir kecha-
kunduzdagi (sutkalik) ish unumini qoplaydigan darajadan kam bo‗lmagan 
miqdordagi to‗liq paxta to‗dasi beriladi. har bir to‗da paxta alohida qayta ishlanishi 
kerak. 
Paxtani qayta ishlashga berish xom-ashyo va tayyor mahsulotlar bo‗limi 
saralovchisi yoki zavod hududidagi tayyorlov maskanining qayta ishlash 
mo‗ljallangan paxta saqlovi uchun mas‘ul katta saralovchisi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Ishlab chiqarishda paxtani va tayyor mahsulotlarni hisobga olish uchun 
boshlang‗ich hujjatlarning quyidagi shakllari qo‗llaniladi: 
28-XL shakl - Ishlab chiqarish topshiriqnomasi; 
29-XL shakl - Tayyor mahsulot uchun o‗lchovnoma (otves); 


116 
30-XL shakl - Bir kecha-kunduzda presslangan tola ishlab chiqarish haqida 
ma‘lumot; 
31-XL shakl - Bir kecha-kunduzda paxta momig‗i va tolali chiqindilar ishlab 
chiqarish haqida ma‘lumot; 
32-XL shakl - Paxta tolasi, paxta momig‗i va tolali chiqindilar ishlab 
chiqarish haqida axborot (raport); 
33-XL shakl - Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilishini hisobga olish daftari. 
Har bir to‗dadagi paxtani qayta ishlashga berish uchun 28-XL shaklli ishlab 
chiqarish topshiriqnoma asos hisoblanadi. 
28-XL shaklli ishlab chiqarish topshiriqnomani moddiy javobgar shaxs - 
katta saralovchi paxta zavodining rejalash bo‗limi boshlig‗i hamkorligida 6 
nusxada yozadi va zavod bosh muhandisi, xom-ashyo va tayyor mahsulotlar
bo‗limi, texnikaviy nazorat bo‗limi, rejalash bo‗limi boshliqlari hamda bosh 
buxgalter imzolaydi. 
Urug‗lik paxtani tozalashda etti nusxada ishlab chiqarish topshiriqnomasi 
yoziladi. Ettinchi nusxa urug‗lik laboratoriyasi rahbariga beriladi. 
Zavod direktori tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish topshiriqnomasi 
to‗daga qayta ishlov berish boshlangunicha 48 soat ichida ijro uchun bosh 
muhandisga, xom-ashyo va tayyor mahsulotlar bo‗limi, texnika nazorati bo‗limi 
(TNB), smena boshliqlariga topshiriladi. Topshiriqnomaning ikki nusxasi zavod
rejalash bo‗limi boshlig‗ida qoldiriladi. 
Ishlab chiqarish topshiriqnomasining I-qismi paxta uchun 8-XL shaklli
pasport va paxta zavodida paxta harakatini hisobga olishning 27-XL shakli 
asosida to‗ldiriladi. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling