O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Ichki zavod transporti, ombor va yong„indan muhofaza xo„jaligi
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.6-rasm. Transport turlari Ichki zavod transporti
6.3 Ichki zavod transporti, ombor va yong„indan muhofaza xo„jaligi
Korxonalardagi transport xo‗jaliklari xizmat qilish joyiga ko‗ra tashqi, ishchi va sexlararo transportga bo‗linadi. Tashqi transport iste‘molchilar va ta‘minlovchilar bilan aloqa bog‗lashga xizmat qiladi. Sexlararo transport vositalari materiallar, yarim fabrikat, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‗lgan chiqindilarni sexlar orasida tarqatadi va ularga xizmat qiladi. Sex ichki transporti esa yuqorida aytib o‗tilgan materiallarni sex ichida tashish va sexlararo aloqalar uchun xizmat qiladi (6.6-rasm). Paxta tozalash korxonalarida paxta xom-ashyoi va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida zarur bo‗lgan material, asbob-uskuna va yoqilg‗ilarni doimiy ravishda bir joydan ikkinchi joyga 135 ko‗chirib yuriladi. Ushbu ishlar ichki zavod transporti yordamida amalga oshiriladi. 6.6-rasm. Transport turlari Ichki zavod transporti deganda korxona ixtiyoridagi va unga xizmat ko‗rsatadigan transport vositalarining majmuasi tushuniladi. Paxta tozalash korxonasining sanoat transporti tarkibiga quyidagilar kiradi: Pnevmotransport; Avtomobil transporti; Temir yo‗l transporti; Mexanizatsiya vositalari. Paxta tozalash korxonalaridagi asosiy yuk tashish vositasi- pnevmotransportdir. 136 Pnevmotransport tuzilmalari truboprovod va ventilyatorlar tizimidan iborat bo‗lib, ular yordamida dam beriladigan havo oqimida yuklar bir joydan ikkinchi joyga ko‗chiriladi. Pnevmotransport vositasida omborlardan asosiy ishlab chiqarish oqimiga paxta olib boriladi, tola va chigit ichki ishlab chiqarish joylariga etkazib beriladi. Zavod ichida chigitlarni tashishda ustiga shneklar yoki konveyerlar joylashtiriladigan estakadalardan ham foydalaniladi. Shu boisdan ham paxta tozalash zavodlarining uzluksiz ishlashidagi asosiy shartlardan biri-pnevmotransport quvvatini asosiy texnologik mashinalar va avvalo jinlarning quvvati bilan nihoyatda moslashtirishdan iboratdir. Paxta tozalash korxonasi tashqarisidagi tayyorlash maskanlaridan paxtani zavodlarga avtomobil va temir yo‗l transporti bilan tashib keltiriladi. Yuklarni yaqin masofaga tashishda faqat avtotransportdan foydalanish lozim va temir yo‗l transportidan foydalanish mumkin emas. Paxta tozalash korxonalarining bir qismidagina mavjud bo‗lgan pod‘ezdli temir yo‗llardan asosan paxta tolasi va chigitini jo‗natish uchun foydalaniladi. Paxta tozalash korxonalarining uzluksiz ishlarini ta‘minlash va ular ishlab chiqargan mahsulotni tegishli joylarga o‗z vaqtida etkazib berish uchun transport ishining qat‘iy rejasini ishlab chiqarishga tushiriladigan chigitli paxta partiyalarini butlash rejasi bilan muvofiqlashtirish talab etiladi. Shu maqsadda (paxta partiyalarini butlash va ularni ishlab chiqarishga topshirish rejasiga muvofiq) tayyorlash maskanlaridan paxta zavodlariga paxta tashib keltirish rejasi tuziladi, paxta mahsulotini tashish grafiklari tuziladi va shu asosda temir yo‗l transportiga buyurtmalar yoziladi. Tashish rejasida zavoddan tashqari va zavod qoshidagi tayyorlash maskanlaridan o‗z zavodiga va boshqa zavodlarga paxta tashish, shuningdek boshqa zavodlardan paxtaning kelib tushishi ko‗rsatiladi. Mahsulot tashish grafiklari ishlab chiqarish rejasi va topshiriladigan mahsulotlarga oid bo‗lgan naryadlar asosida tuziladi. 137 Toylangan tolali mahsulotni tashishda akkumlyatorli yuk ortuvchilar, chigit ortiladigan transport vositalariga yuklashda maxsus chigit ortuvchi mexanizmlar qo‗llaniladi. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling