O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„z-o„zini tekshirish va nazorat qilish uchun savollari
- VII BOB. SANOAT KORXONALARIDA MEHNAT VA MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH 7.1 Mehnatni ilmiy tashkil etish
- 7.1-rasm. Mehnatni ilmiy tashkil etishning mazmuni
Tayanch iboralar: joriy tiklash, kapital tiklash, rejali-ehtiyot tiklash tizimi,
tiklash sikli, tiklashlararo davr, modernizatsiya, arra-kolosnik sexi, energiya ta‘minoti, quvvat, energobalans, ichki zavod transporti, ombor xo‗jaligi, yong‗indan muhofaza xo‗jaligi. O„z-o„zini tekshirish va nazorat qilish uchun savollari: 1. Paxta tozalash korxonalari yordamchi ishlab chiqarishlarga nimalar kiradi? 2. Ta‘mirlash bo‗limi ishi qanday tashkil etiladi? 3. Modernizatsiya deganda nimani tushunasiz? 4. Energiya ta‘minoti xo‗jaligi vazifalari nimalardan iborat? 5. Korxona energobalansi qanday tuziladi? 6. Aktiv quvvat deganda nima tushuniladi? 7. Ichki zavod transporti ishi qanday tashkil etiladi? 8. Paxta tozalash korxonalarida ombor xo‗jaligining o‗ziga xos xususiyatlariga nimalar kiradi? 9. Yong‗indan muhofaza qanday tashkil etiladi? 139 VII BOB. SANOAT KORXONALARIDA MEHNAT VA MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH 7.1 Mehnatni ilmiy tashkil etish Hozirgi vaqtda mehnatni ilmiy tashkil etish deganda shuni tushunish kerakki, ya‘ni, mehnatni tashkil qilish ilmiy tajriba asosida mehnat qiluvchi bilan asbob-uskunani yagona ishlab chiqarish jarayonida birlashtirish natijasida vaqtdan samarali foydalangan holda mehnat unumdorligini oshirish va mehnat jarayonida ishchilarning sog‗ligini va ish qobiliyatini saqlab turish tushuniladi (7.1-rasm). 7.1-rasm. Mehnatni ilmiy tashkil etishning mazmuni Shu sababli mehnatni oqilona tashkil etish, uni maqsadga muvofiq, me‘yorli sarflash, isrof bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik va shular asosida ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish hozirgi davrning muhim muammolaridan biridir. 140 Odatda mehnat ikki xilga, ya‘ni jonli va o‗tmishdagi mehnatga bo‗linadi. Jonli mehnat fiziologik jarayon bo‗lib, bunda ishchilar jismoniy va aqliy quvvat sarflaydi. Aqliy energiya sarfi bilan jismonny energiya sarfining turli nisbatda bo‗lishi esa mehnatning mazmuniga hal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Mehnat jarayonining murakkabligi va xilma-xilligi, mehnatning usul va uslublari bajarilishini mustaqil tanlash, hisoblash, loyihalashtirish va rejalashgirish imkoniyatlari mehnatning mazmuniga muhim o‗zgarishlar kiritadi. SHu bilan bir qatorda mehnatni ilmiy tashkil etishning mazmuni quyidagilardan iborat: • korxonalarda texnika, texnologiyaning va ishlab chiqarishni tashkil etish ishining rivojlanishi; • xodimlarning madaniy-texnik darajasi o‗sib borishi munosabati bilan mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini takomillashtirishi; • ijrochilarni joy-joyiga qo‗yishni va ish vaqtidan foydalanishning eng maqsadga muvofiq yo‗llarini belgilashi; • ish joylarini tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatishni uzluksiz yaxshilab borish, u joylarni ijrochining fiziologik va antropometrik ko‗rsatkichlariga mos bo‗lgan asbob-uskunalar bilan ta‘minlash, ish joylariga ish vaqtining isrof bo‗lishini yo‗qotadigan eng samarali xizmat ko‗rsatadigan tartiblarni joriy qilishi: • mehnat jarayonini takomillashtirish, mehnatning ilg‗or usul va uslublarini joriy qilish; xodimlarning yuqori mehnat unumdorligini ta‘min etuvchi mehnat jarayonini loyihalash va tadbiq qilish, mehnatning ilg‗or usul va uslublarini aniqlash, o‗rganish, tanlash va joriy qilish; • xodimlarni tanlash, tayyorlash, ularning malakalarini oshirishni tashkil etish ishini va shakllarini yaxshilash, texnika va texnologiya hamda pedogogika fanining hozirgi zamon talablariga javob beradigan ta‘lim shakllari va usullarini tanlashdan iborat. Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil etish uchun bir qancha vazifalarning har birini, bir vaqtning o‗zida va bir-biriga bog‗liq holda kompleks hal etish lozim. Bu Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling