O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

vazifalar asosan quyidagilardan iborat (7.2-rasm): 


141 
7.2-rasm. Mehnatni ilmiy tashkil etishning vazifalari 
 
1. Iqtisodiy vazifalar. Bularga mehnat samaradorligini oshirish, mehnat va 
moddiy resurslardan eng unumli foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish va 
xizmatlar miqdorini oshirish va sifat ko‗rsatkichlarini yaxshilash kabi vazifalar 
kiradi. 
2. Psixofiziologik vazifalar. Bularga ishchilar uchun mehnat qilish sharoitini 
yaxshilash, xodimlarning 
SOG

LIGINI 
muhofaza qilish, texnika xavfsizligini 
ta‘minlash, butun ish vaqti davomida ularning myo‘ridagi ishlash qobiliyatini 
ta‘min etish kiradi. 
3. Ijtimoiy vazifalar. Bularga xodimlarni har tomonlama rivojlantirish
mehnatning mazmundorligini, yoqimliligini va ijodiyligini oshirish kabi vazifalar 
kiradi. 
4. Tashkiliy vazifalar. Bularga ish joyini tashkil etishning sohalar
mutaxassislar va kasblar bo‗yicha namunaviy loyihalarni ishlab chiqish hamda 


142 
bo‗lim va ish joylarida xizmat ko‗rsatishning yangi namunaviy loyihalarini joriy 
qilishdan iborat. 
Shunday qilib, mehnatni ilmiy tashkil etish fanining asosiy vazifasi 
ishchilarning jihozlarni ishlatilishini to‗g‗ri yo‗lga qo‗yish shu bilan birga 
mehnatni sarflashni to‗g‗ri tashkil etish, chunki bu omillar ishlab chiqarish 
samaradorligiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. 
Ish joylarini tashkil etish. Mehnatni tashkil etish jarayoni ma‘lum bir vaqt 
ichida, ma‘lum bir fazoda amalga oshiriladi. O‗sha fazoning jarayoni kerakli 
asbob-uskuna va mashinalar bilan ta‘minlangan, ma‘lum bir mehnat 
jarayonlarining bir yoki bir guruh ishchilar tomonidan bajarilishiga mo‗ljallangan 
joy ish joyi hisoblanadi. 
Ish joyi ishlab chiqarish jarayonining birinchi bosqichi va uning texnik 
tashkiliy asosi hisoblanadi. 
Ish joyida ishlab chiqarishning asosiy uchta elementning birlashuv 
jarayonida mehnat amalga oshiriladi. 
Ish joyida mehnat predmetlari va mehnat resurslari o‗zaro ta‘siri natijasida 
mehnat faoliyati vujudga keladi. Ish joyini tashkil etishdan asosiy maqsad, mehnat 
faoliyatini shakllantirish orqali sifatli mahsulot ishlab chiqarish hisoblanadi. 
Maqsadni amalga oshirish uchun har bir ish joyida mehnatni oqilona tarzda 
shakllantirish lozimdir. Har bir ish joyining samarali faoliyat ko‗rsatishini uning 
tashkil etilishi va xizmat ko‗rsatishi bilan baholash mumkin. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling