O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Ish joyini tashkil etish - bu mehnatning samarali o‗tishi uchun mashinalar, 
asbob uskunalar va boshqa kerakli predmetlarning muvofiq tarzda joylashtirilgan 
tizimidir. 
Ish joyi, ishchining mehnat predmetlari yordamida mehnat faoliyatini tashkil 
etuvchi zonadir. Ish joyida ishchining o‗zidan tashqari ko‗pgina mehnat 
predmetlari ham joylashgan bo‗lishi shartdir, chunki mehnat predmetlarisiz 
mehnat faoliyatining samarasi ancha kam bo‗ladi, ba‘zi hollarda umuman faoliyat 
yuritib bo‗lmaydi. 


143 
Xizmat ko‗rsatuvchi mashinalarning soniga qarab ish joylari bir stanokli va 
ko‘p stanokli turlarga ajraladi. 
Ish joyining joylashgan o‗rniga ko‗ra stansionar va harakatlanuvchan turlari 
mavjuddir. 
Ish joyini tashkil etishda e‘tibor qilinadigan asosiy masala - bu bir ish joyida 
bir-biriga o‗xshash va yaqin jarayonlarni amalga oshirish uchun to‗liq imkoniyatlar 
va sharoitlar yaratishdir, ya‘ni ish joylarini ma‘lum bir faoliyat bo‗yicha
maxsuslashtirish kiradi. 
Ish joylarining maxsuslashtirilishi maxsus jarayonlarning bir joyda sifatli va 
tez vaqt ichida bajarilishini ta‘minlaydi, bu esa o‗z navbatida mehnat 
unumdorligining oshishiga olib keladi. 
Har bir ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatishdan asosiy maqsad, 
ularning har biriga etarlicha sharoit yaratilgan holda sifatli va arzon mahsulot 
ishlab chiqarish kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida ish joylarida mehnat qilishning 
eng muqobil shaklini qo‗llash, ya‘ni eng kam mehnat sarflab, eng ko‗p va sifatli 
mahsulot ishlab chiqarish, jihozlardan va ish fondidan samarali foydalanmoq 
lozimdir.
Ish joyini oqilona tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatish ishlab chiqarish 
tarmog‗iga, texnologik jarayonlarga, ishlab chiqarish turiga, ishchi mehnatining 
xususiyatiga (jismoniy yoki aqliy, og‗ir yoki engil, monotonli yoki turli jarayonli), 
mehnat sharoitlari (qoniqarli yoki qoniqarsiz), mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi 
darajasi va hokazo omillarga bog‗liq . Bu omillar ish joyini tashkil etilishiga, unga 
xizmat ko‗rsatilishiga bevosita yoki bilvosita ta‘sir ko‗rsatadi. SHuning uchun ham 
bu omillarning ma‘lum bir tomonlarini e‘tiborga olish kerakdir. 
Paxta tozalash korxonalarida har bir ish joyi o‗zidan oldingi va keyingi ish 
joylari bilan bevosita texnologik bog‗liqdir. SHuning uchun ham paxta tozalash 
korxonalarida ish joyini tashkil etishda o‗zaro bog‗lanish omillariga e‘tibor berish 
shartdir. 
Ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatishni loyihalashda quyidagi 
ko‗rsatkichlarni aniqlash kerak: 


144 
- ish joyining qaysi jarayonlarga moslanganligi; 
- ish joyining asosiy va yordamchi jihozlar bilan, kerakli moslamalar bilan 
ta‘minlanganligi; 
- ish joyiga xizmat ko‗rsatish tartibi. 
Berilgan hamma omillarning tahlili asosida mehnatning tashkiliy to‗zi 
lishini, qaysi kasbdagi ishchilar tanlanishini va shu ishchilar qanday sharoitlar 
yaratish lozimligini aniqlash mumkin. 
Ish joyini tashkil etish darajasiga qarab va unga xizmat ko‗rsatishning 
loyihasi asosida ishchining mehnatga layoqatligi va qiladigan ishining samarasini 
aniqlash mumkin. Shuning uchun ham ish joyini tashkil etishdagi barcha unga 
ta‘sir etadigan omillarni hisobga olgan holda ta‘minlash juda muhim ahamiyatga 
egadir. 
Ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatishning asosiy yo‗nalishlari, bu 
ish joyining barcha zarur jihoz va moslamalar bilan ta‘minlanishidir. Ish joyi 
quyidagi asosiy elementlar bilan ta‘minlanishi kerakdir: 
- asosiy texnologik jihozlar; 
- yordamchi jihozlar; 
- texnologik asbob-uskunalar; 
- asbob uskunalarni saqlovchi qurilmalar; 
- xom-ashyo va tayyor mahsulotlar saqlovchi qurilmalar; 
- aloqa va signalizatsiya vositalari; 
- ishchilarga sharoit yaratish uchun zarur bo‗lgan vositalar (stullar, stollar, 
moslamalar va hokazo). 
- xavfsizlikni saqlovchi vositalar. 
Ish joyini tashkil etishda kerakli vositalarning ishlash imkoniyatlarini ham 
ko‗zdan kechirish lozim va agar ular ishlab chiqarish talablariga javob bermasa 
ularni almashtirish shart. 
Ish joyini tashkil etishning yana bir elementi - uning rejalashtirilishi. Ish 
joyini rejalashtirish deganda jihozlarning, moslamalarning, yarim fabrikatlarning 
va ishchining o‗zini ish joyiga moslab joylashtirish tushuniladi. Rejalashtirishda 


145 
jihozlarni shunday o‗rnatish kerakki, natijada ishchi faoliyati davomida iloji 
boricha har xil samarasiz harakatlarni kamaytirishga intilsin. 
Material va jihozlarni joylashtirishning ba‘zi bir shartla-ri quyidagilardan 
iborat: 
- materiallar har doim asosiy texnologik jihozga yaqin va bir joyda 
joylashgan bo‗lmog‗i lozim; 
- asboblar ma‘lum bir tartibda va reja asosida joylashilgan bo‗lishi kerak; 
- ko‗p ishlatidadigan asboblar va uskunalar ishchiga yaqin joyda joylashgan 
bo‗lishi kerak. 
Ish joyini oqilona tashkil etishiga - texnikaning rivojlanishi bilan talab oshib 
boradi, chunki ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan unga mos ravishda mehnat sarfi 
ham oshib boradi va texnika-texnologiyalardan samarali foydalanishga ehtiyoj 
yuqori darajada bo‗ladi, ulardan samarali foydalanish esa ish joyining qay tarzda 
tashkil etilganligiga bog‗liqdir. 
Ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatish quyidagi tamoyillarga 
asoslanadi: 
1. Xizmat ko‗rsatishning sharoitga qarab o‗zgaruvchanligi, ya‘ni xizmat 
ko‗rsatish tizimining ishlab chiqarish — tezkor rejalashtirishi bilan mos tushushi; 
2. Xizmat ko‗rsatishning oldindan ogoh berish shakli, ya‘ni ishlab chiqarish 
jarayonidan xabardor bo‗lgan holda ish joyiga xizmat ko‗rsatish; 
3. Kompleksli xizmat ko‗rsatish, ya‘ni mazkur sharoitda kerakli bo‗lgan
barcha xizmat turlarini kompleks tarzda etkazish; 
4. YUqori sifatli xizmat ko‗rsatishni tashkil etish. 
Ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatishning eng samarali yo‗li 
namunaviy loyihalarni ishlab chiqish va uni qo‗llash hisoblanadi.

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling