149
Bu erda, Tsm –
ish vaqtining smena vaqti; Nxv – stakan yoki jixozlar birligiga,
ishlab chiqarish maydonlariga va hokazolarga xizmat ko‗rsatish uchun
sarflanadigan vaqt normasi.
Miqdor (son) normasi – ishlab chiqarishga xizmat ko‗rsatishda
ayrim
funksiyalar bo‗yicha muayyan darajadagi ishni bajarish uchun zarur bo‗lgan
ishlovchilarning har tomonlama asoslangan minimal miqdoridir.
Boshqarish normasi – bu raxbarga berkitilib qo‗yiladigan yoki tarkibiy
bo‗linmalarning muqobil soni.
Mehnat sarfi normalari o‗zgarmasdan turmaydi. Fan-texnika tarakkiyoti
natijasida tashkiliy-texnikaviy sharoitlar o‗zgargan sari,
kadrlar malakasi oshgan
sari u ham o‗zgarib boradi.
Ish vaqtining turkumlanishi. Ishchining ish vaqti va asbob-uskunalardan
foydalanish vaqti tarkibiy qismlarga bo‗lib o‗rganiladi. Bu haqda batafsil
tushuntirish berilgan. Ish vaqtidan foydalanishda ular 2 guruhga bo‗linadi:
- ish vaqti;
-dam olish vaqti (7.4-rasm).
Ish
vaqti tayyorlash va yakunlash, asosiy, yordamchi, ish joyiga xizmat
ko‗rsatish vaqti bo‗lakchalaridan tashkil topadi.
Dam olish vaqtiga ishchiga bog‗liq bo‗lmagann va ishchiga bog‗liq bo‗lgan
dam olish vaqtlari kiradi.
Asosiy ish vaqti belgilangan asosiy ishni
bajarish uchun texnologik
jarayonlarga sarflangan vaqtni anglatadi. har bir mahsulot birligi asosiy ish vaqti
qaytarilishi bilan ifodalanadi.
Yordamchi ish vaqti – asosiy ishni amalga oshirish uchun yordamchi ish
jarayonlarga sarf bo‗ladigan vaqtdir.
Ishchiga bog‗liq bo‗lgan dam olish vaqti asosan ishchiga bog‗liq bo‗lib, u 2
ga bo‗linadi:
- belgilangan dam olish va shaxsiy ehtiyoj uchun zarur vaqt;
- mehnat intizomini buzganligi sababli.