O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Mehnat normasining asosiy maqsadi – belgilangan miqdordagi ishni 
bajarish uchun sarf bo‗ladigan ijtimoiy ish vaqtini belgilash yoki belgilangan vaqt 
birligida tayyorlangan mahsulot hajmini aniqlash. 
Sanoatda yangi texnika va texnologiyani rivojlantirish va joriy qilishda har 
bir soxada belgilangan mehnat normasidan foydalaniladi. 
Xizmat ko„rsatish normasi deb-bir yoki bir necha ishchi muayyan ishlab 
chiqarish sharoitida sex va uchastkalarda ishlab turuvchi asbob-uskunalar birligiga 
xizmat qiluvchi ishchi soniga aytiladi. Xizmat ko‗rsatish normasi oshirilib borilsa, 
mehnat unumdorligi ko‗tarilib mahsulot tannarxi kamayadi. U quyidagicha 
aniqlanadi: 
;
Нхв
Тсм
Нх

(7.3) 


149 
Bu erda, Tsm – ish vaqtining smena vaqti; Nxv – stakan yoki jixozlar birligiga, 
ishlab chiqarish maydonlariga va hokazolarga xizmat ko‗rsatish uchun 
sarflanadigan vaqt normasi. 
Miqdor (son) normasi – ishlab chiqarishga xizmat ko‗rsatishda ayrim 
funksiyalar bo‗yicha muayyan darajadagi ishni bajarish uchun zarur bo‗lgan 
ishlovchilarning har tomonlama asoslangan minimal miqdoridir. 
Boshqarish normasi – bu raxbarga berkitilib qo‗yiladigan yoki tarkibiy 
bo‗linmalarning muqobil soni. 
Mehnat sarfi normalari o‗zgarmasdan turmaydi. Fan-texnika tarakkiyoti 
natijasida tashkiliy-texnikaviy sharoitlar o‗zgargan sari, kadrlar malakasi oshgan 
sari u ham o‗zgarib boradi. 
Ish vaqtining turkumlanishi. Ishchining ish vaqti va asbob-uskunalardan 
foydalanish vaqti tarkibiy qismlarga bo‗lib o‗rganiladi. Bu haqda batafsil 
tushuntirish berilgan. Ish vaqtidan foydalanishda ular 2 guruhga bo‗linadi: 
- ish vaqti; 
-dam olish vaqti (7.4-rasm). 
Ish vaqti tayyorlash va yakunlash, asosiy, yordamchi, ish joyiga xizmat 
ko‗rsatish vaqti bo‗lakchalaridan tashkil topadi. 
Dam olish vaqtiga ishchiga bog‗liq bo‗lmagann va ishchiga bog‗liq bo‗lgan 
dam olish vaqtlari kiradi. 
Asosiy ish vaqti belgilangan asosiy ishni bajarish uchun texnologik 
jarayonlarga sarflangan vaqtni anglatadi. har bir mahsulot birligi asosiy ish vaqti 
qaytarilishi bilan ifodalanadi.
Yordamchi ish vaqti – asosiy ishni amalga oshirish uchun yordamchi ish 
jarayonlarga sarf bo‗ladigan vaqtdir. 
Ishchiga bog‗liq bo‗lgan dam olish vaqti asosan ishchiga bog‗liq bo‗lib, u 2 
ga bo‗linadi: 
- belgilangan dam olish va shaxsiy ehtiyoj uchun zarur vaqt; 
- mehnat intizomini buzganligi sababli. 


150 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling