O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Mehnat unumdorligi va uni oshirish omillari. Mehnat unumdorligi
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.8-rasm. Mehnat unumdorligi ko„rsatkichi
Mehnat unumdorligi va uni oshirish omillari. Mehnat unumdorligi
ma‘lum vaqt oralig‗ida (soat, kun, oy, yil) kishi boshiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini bildiradi. Natija qanday ko‗rsatkichlar bo‗lishi mumkin? Paxta tozalash sanoatida u tovar mahsuloti hajmi bilan ifodalanadi. Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar uchun sotilgan mahsulot hajmi ham muhimdir. SHu jihatdan ko‗p hollarda sotilgan mahsulot hajmi olinadi. Mehnat potensialining natijaviyligi (mehnat unumdorligi) quyidagi formula bilan hisoblanadi: Mu = Мп Q yoki Mu = Ч Q (7.4) Ko‗rsatkichning birinchisi 1 so‗m mehnat potensialiga qancha so‗m miqdorida natija (mahsulot) to‗g‗ri kelganligini ifodalasa, ikkinchisi har bir sanoat 156 ishlab chiqarish personali tomonidan qancha mahsulot ishlab chiqarilganlikni ifodalaydi (7.8-rasm). 7.8-rasm. Mehnat unumdorligi ko„rsatkichi Ishlab chiqarish faoliyati va mahsulot hajmini ko‗rsatuvchi barcha ko‗rsatkichlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: natural, shartli-natural, mehnat va qiymat. Ishlab chiqarish hajmini to‗laqonlik aks ettiradigan ko‗rsatkich bu natural holatdagi ko‗rsatkichdir. SHu bilan birga bu ko‗rsatkich ham mehnat unumdorligini hisoblashda real holatda kamchiliklarga yo‗l qo‗yadi. Bu ko‗rsatkich bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar uchun qo‗llaniladi, (masalan, ko‗mir, g‗isht ishlab chiqarishda). Korxonalar faoliyatini umumlashtiruvchi birdan bir usul bu qiymat usulidir. Bu usulning afzallik tomoni mahsulotni hisobga olishda oddiyligidir. SHu boisdan, 157 mehnat unumdorligini tarmoq miqyosida hisoblashda qiymat usulidan foydalaniladi. Mehnat shaklida - har bir mahsulot birligi uchun kishi-soat hisobida qancha mehnat sarflanganligini ko‗rsatadi. Ushbu usulning afzalligi shundaki, bu usul bilan mehnat unumdorligi ko‗rsatkchini korxona bo‗yicha umuman va ayrim sexlar, bo‗limlar, alohida jarayonlar, smenalar hamda brigadalar bo‗yicha aniqlash mumkin. Mehnat unumdorlishigi rejalashtirish va hisobga olishda, odatda, ikki xil ko‗rsatkichdan foydalaniladi: ish vaqti birligida mahsulot ishlab chiqarish va mahsulotning ko‗p mehnat talabligi. Mahsulotning ko‗p mehnat talablik ko‗rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblanadi: , Q Т К (7.5) bu erda, К - ishlab chiqarilgan mahsulot birligi uchun kishi-soat hisobiga sarflanagn vaqt; Т - kishi-soat hisobiga sarflangan ish vaqti; Q - ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi. Ko‗p mehnat talablik ko‗rsatkichi mahsulot birligi uchun sarflanagn ish vaqtini va mehnat unumdorligi darajasini tavsiflashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ko‗rsatkich uch turda bo‗ladi: me‘yory, rejali va haqiqiy. Me‘yoriy ko‗p mehnat talablik deb amaldagi ishlab chiqarish (ish vaqtiga yoki xizmat ko‗rsatish me‘yoriga asosan) me‘yoriga asosan hisoblangan mahsulot tayyorlash uchun zarur ish vaqti sarfiga aytiladi. Rejali ko‗p mehnat talablik deb kelgusi rejali davrda mahsulot birligiga sarflanishi zarur bo‗lgan ish vaqtiga aytiladi. Haqiqiy ko‗p mehnat talablik deb mahsulotni tayyorlash uchun ketgan haqiqiy ish vaqtiga aytiladi. Rejali ko‗p mehnat talablik odatda haqiqiy ko‗p mehnat talablikdan kam bo‗lish kerak. Mehnat unumdorligini oshirishning quyidagi omillari mavjud: 158 1)Material-texnik omillarga quyidagilar kiradi: mehnat qurollari, uskunalarning tarkibi va texnik darajasi, mehnat predmetlari va sifati, ishlab chiqarishni mehanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi va boshqalarni yaxshilash; 2) Tashkiliy omillarga - ishlab chiqarishni yiriklashtirish va ixtisoslashtirish darajasi; uning to‗xtovsizligi, maromlilik holatini ta‘minlash; ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish; ish joyini to‗g‗ri tashkillashtirish; ish sharoitini yaxshilash; 3) Iqtisodiy omillarga - ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda har bir ishchining, jamoaning moddiy qiziqishini oshirish; mehnat unumdorligining oshishini ta‘minlovchi moliya, reja va boshqa iqtisodiy stimullarni yaratish; 4) Sotsial omillarga - kadrlar madaniy-texnik va siyosiy darajasini, ular malakasini oshirish va shu kabilar. Mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni rivojlantirish bazasi bo‗lib fan-texnika taraqqiyoti xizmat qiladi. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling