O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Paxta tozalash, to„qimachilik va engil sanoat korxonalarida mehnatga
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.9-rasm. Mehnatga haq to„lashning iqtisodiy mazmuni
7.3 Paxta tozalash, to„qimachilik va engil sanoat korxonalarida mehnatga haq to„lashni tashkil qilish Iqtisodiy jihatdan olganda mehnatga haq to„lash ishchi kuchining doimiy, butun mehnat faoliyati davomida takror ishlab chiqarilitshi uchun zarur bo‗lgan sarf-xarajatlarni ifodalaydi. Mehnatga haq to‗lash ijtimoiy-iqtisodiy tushuncha sifatida uning xodim va ish beruvchi uchun ahamiyatini hisobga olgan holda olib qaralishini talab qiladi. Xodim uchun mehnat haqi uning shaxsiy daromadidagi bosh va asosiy manba, uning va oilasining farovonligini ta‘minlash va yuksaltirish vositasi bo‗lib hisoblanadi. Ish beruvchi nuqtai nazaridan xodimlarning ish haqi – bu ishchining jalb qilingan yollanma ishchi kuchidan foydalanishga sarflaydigan mablag‗i bo‗lib, bu 159 ishlab chiqariladigan tovar va xizmat tannarxidagi xarajatning asosiy bandini tashkil etadi (7.9-rasm). 7.9-rasm. Mehnatga haq to„lashning iqtisodiy mazmuni Mehnat haqini muqobil muvofiqlashtirish xodimdan chiquvchi mehnat taklifi va ish beruvchining mehnatga bo‗lgan talabi o‗rtasida har ikki tomonga maqbul asosdagi muvofiqlikka erishishga yordam beruvchi shart-sharoitini yaratish maqsadiga egadir. Bunday vazifani bajarish tajribasi mehnat bozorida narxning shakllanish mexanizmini va shunga bog‗liq ravishda bozor munosabatlarini o‗rganishga tayanilgandagina muvaffaqiyatli bo‗lishi mumkin. Bu esa bozordagi maxsus tovar- ishchi kuchi narxiga bog‗liq ikki tushuncha ish kuchi narxi va mehnat narxini farqlashni shart qilib qo‗yadi. Ish kuchi narxi uning qiymatining mehnat bozorida talab va taklif o‗rtasida hosil bo‗lgan munosabatni hisobga olgan holda ishchi kuchini qayta tiklashga kerakli hujjatlarning puldagi ifodasidir. 160 Mehnat narxi iqtisodiy tushuncha sifatida mehnatning har xil miqdorini pulga ifodalash, xodim tomonidan amalga oshirilayotgan kundalik mehnat miqdorini uning to‗lovini bilan solishtirish imkonini beradi. Paxta tozalash korxonalarida ish xaqining umumiy darajasi quyidagi asosiy omillarga bog‗liqdir; korxonada ishlab chiqariladigan paxtachilik mahsulotlari sifati va xodim bajaradigan ish sifatiga; paxta tozalash korxonasining xo‗jalik yuritish faoliyatining natijaviy ko‗rsatgichlariga; hududdagi ishsizlik darajasiga; korxonaning xodimlar bilan ishlash siyosatiga; kasaba uyushmalari, raqobatchilar va hukumat ta‘siriga; korxonaning jamiyat bilan munosabatlar sohasida olib borayotgan siyosatiga va boshqalar. O‗zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan korxonalarning aksariyatida mehnatga haq to‗lash quyidagi tamoyillarga asoslanadi: ish sifati va miqdoriga qarab haq to‗lash; ishchining malakasiga, ish sharoitiga, korxonaning qaysi tarmoqqa taalluqli ekanligiga bog‗liq holda ish haqini tabaqalashtirish; real ish haqining muntazam oshib borish, ya‘ni naminal ish haqi miqdori o‗sish sur‘atining inflyasiyadan oldinda borishi; mehnat unumdorligi o‗sish su‘ratining o‗rtacha ish haqining o‗sish su‘ratidan oldinda borishi. Ish haqi ish natijasiga qarab beriladi va uch qismdan iborat bo‗ladi; a) asosiy ish haqi; b) mukofatlar; v) ish vaqtidan so‗ng (ishdan keyin, dam olish va bayram kunlari) bajariladigan ish uchun beriladigan ustama pul to‗lovlari. Mehnat yaratgan tovar yaxshi sotilsa, uning o‗ziga bo‗lgan talab ham oshadi. Ammo, mehnatga talab bundan tashqari ish haqqiga ham bog‗liq bo‗ladi. Ish haqi esa o‗z navbatida mehnatning me‘yoriy unumdorligi bilan belgilanadi. Me‘yoriy 161 unumdorlik qo‗shimcha jalb etilgan mehnat keltirgan unumdorlikdir. Uni quyidagi formula orqali hisoblash mumkin: Um = N Q (7.6) bu erda, Um -me‘yoriy unumdorlik, Q- mahsulot ishlab chiqarishning o‗sishi; N - mehnat miqdorining o‗sishi. Masalan, paxta tozalash korxonasi qo‗shimcha 20 kishini ishga oldi, ular qo‗shimcha 2 mln so‗mlik mahsulot yaratgan deb, faraz qilaylik, bu holda me‘yoriy unumdorlik quydagicha bo‗ladi: Um = 2000000 = 100000 so‗m. (7.7) 20 Demak, har bir qo‗shimcha ishga olingan ishchi 100 ming so‗mlik qo‗shimcha mahsulot bergan bo‗ladi. Ammo, paxta tozalash korxonasini qo‗shimcha mehnatning o‗zi emas, balki u keltirgan qo‗shimcha daromad qiziqtiradi. SHu boisdan, qo‗shimcha mehnat yaxshi daromad keltirmasa, ishlovchilar soni ko‗paytirilmaydi. Qo‗shimcha (me‘yoriy) daromad quyidagicha hisoblanadi: Dm = N F (7.8) bunda, Dm- qo‗shimcha daromat; F-qo‗shimcha foyda, N-qo‗shimcha mehnat. Oldingi misolga qaytsak, qo‗shimcha ishga olingan 20 kishi yaratgan mahsulot 2 mln so‗m bo‗lsa, unga ketgan xarajat 1 mln. 400ming so‗m, shundan 1 mln. so‗m qo‗shimcha ish haqi sarfi deb olamiz. Bunda foyda 600 ming so‗m. 162 Demak, korxona ish haqiga 1ming so‗m sarflab 600 ming so‗m foyda ko‗rgan. Bunda: Dm = N F = 6 , 0 1000 600 ming so‗m (7.9) Demak, qo‗shimcha ish kuchini yollab ishlatish bir so‗m ish haqi sarfiga 0,6 so‗m foyda keltirdi, vaholanki oldin yollangan ishchilar mehnat 1 so‗m sarfiga 0,5 so‗m foyda bergani uchun qo‗shimcha mehnatni jalb etish uchun qulay bo‗lgan, chunki 0,6 > 0,5. Agar qo‗shimcha mehnat 0,4 so‗m bersa, qo‗shimcha ishchi kuchini jalb etish qulay emas, chunki 0,4 > 0,5 bo‗ladi. Foydani maksimallashtirish qoidasi ishlovchilar sonini keragidan ortib ortib ketishiga yo‗l qo‗ymaslikni talab qiladi. Bevosita paxta tozalash korxonasining o‗zida mehnatga haq to‗lashning tashkil etilishi quyidagi asosiy elementlardan iborat: ish haqi fondining shakllanishi; mehnatni me‘yorlashtirish; tarif tizimini belgilash; ish haqi tizimi va shaklini belgilash. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling