171
sifatda bo‗lishini istaydi, bu mahsulotga qancha pul to‗lashga tayyor, bu tovarga
qaerda va qancha talab paydo bo‗ladi? Bu kabi savollar puxta o‗rganilib, ularning
barchasi har bir menejerga, dizaynerga va ishlab chiqaruvchiga etkazilishi lozim.
Marketing
mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarishni rejalashtirish, iqtisodiy tahlil,
taqsimot, sotish va sotilgan mahsulotga xizmat ko‗rsatish kabi masalalarga ta‘sir
ko‗rsatishi lozim. Marketing konsepsiyasi bilan qurollangan korxonalarning
tashkiliy tizimi shu tamoyillar asosida tashkil etiladi. Vaqt o‗tishi
bilan
marketingni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi ham muayyan o‗zgarishlarga
uchradi. Bugungi kunda korxonalar tarkibiy tuzilmaning bir qancha turlaridan
foydalanadi va shunga muvofiq ravishda ularda marketing boshqaruvi har xil
mavqeini egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: