177
marketing
xizmatisiz, marketing tadqiqotlarisiz ishlab chiqaruvchilarga keskin
raqobat muhitida o‗zini saqlab qolish ancha mushkul bo‗ladi.
Marketingni boshqarish – bu uni tashkil qilishda firma (korxona) oldiga
qo‗yilgan
maqsadlarga erishishi, tahlil, rejalashtirish,
amaliyotga tadbiq etish va
nazorat qilish bosqichlarini o‗z ichiga oladi.
Marketing faoliyatida samarali natijalarni ro‗yobga chiqarish, asosan,
mahsulot, uning narxi va bozorda qay darajada harakatlanishi hamda joylashishdan
iborat. Marketing boshqaruvi tashkiliy tizimi – butun organlar tizimi xo‗jalik
sub‘ekti oldiga qo‗ygan maqsadga erishishdagi unumli ishidan iborat. Marketingni
boshqarish
tashkiliy tizimi, ma‘lum faoliyat turini alohida ishbilarmon menejer
yoki alohida tizimli qismlar o‗rtasida taqsimlashni belgilaydi.
Marketingni boshqarish jarayoni ajralmas uch qismdan iborat:
1.
Tashkiliy – korxona bo‗limlarini zaruriy
bozor axborotlari bilan
ta‘minlovchi.
2.
Izlanishlar olib boruvchi – korxona marketing faoliyatidagi – bozor,
tovar, iste‘molchi, narx, reklama doiralarida uslubiy va tadqiqot ishlarini bajarish.
3.
Dasturiy – nazorat
ishlarini - maqsadli dasturlar, strategiya va taktikani
shakllantirish va bozor faoliyatining joriy nazoratini olib boradi.
Marketingni boshqarish uning maxsus xizmati orqali amalga oshiriladi.
Marketing xizmati har bir korxonada bajarilishi ko‗zda tutilgan o‗ziga
xos aniq
vazifalar, ishlovchilarning huquq va burchlari, korxonaning boshqa bo‗limlari
bilan o‗zaro munosabati va boshqalar hisobga olingan.
Nizom asosida tashkil
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: