O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti “tasdiqlayman”
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasi tijorat banklarini litsenziyalash amaliyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Himoyaga tavsiya etiladi” “Bank ishi”
- KIRISH
- AMALIYOTI
- III Bob MAMLAKATIMIZ TIJORAT BANKLARIDA LITSENZIYALASH AMALIYOTINI
1
TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI KREDIT-IQTISOD FAKULTETI “TASDIQLAYMAN” Kredit-iqtisod fakulteti dekani, i.f.n., dots. Sattarov O.B. __________ “____” ________________2014 y.
Ilmiy rahbar: k.o‘q.Ernazarova M. ___________________________ “___” _____________ 2014 y. “Himoyaga tavsiya etiladi” “Bank ishi” kafedrasi mudiri ___________dots.D.Saidov. “___” _____________ 2014 y.
Toshkent - 2014 2
MUNDARIJA
3
7 1.1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari
7
Tijorat banklarining iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati 13
19
2.1. O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziyalash tartibi
19 2.2. Tijorat banklari faoliyatining joriy holati tahlili 32 2.3
Chet el kapitali ishtirokida banklar faoliyatini tashkil etilishi 45
51
XULOSA 63
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 66
ILOVALAR 71
3
KIRISH Bitiruv malakavi ishining dolzarbligi. Bozor munosabatlarining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Yaxshi taraqqiy etgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo‘lmagan jamiyat rivojlana olmaydi. Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlaridan biri bo'lib moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat ko'rsatuvchi bank tizimi hisoblanadi. Har bir mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va kelajakdagi taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda barpo etilgan va muntazam ravishda takomillashtirib boriladigan bank tizimining faoliyatiga bog’liqdir. Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim sub’ekti bo‘lgan tijorat banklar faoliyatini o‘rganishni, ularning ishlash mexanizmi, funksiya va operatsiyalarini bilishni taqozo qiladi. Banklarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ular o'z mablag’lari bilangina emas, balki omonatchilar va kreditorlar, aksionerlar hamda mijozlar ularga ishonib topshirgan mablag’lar bilan, ya'ni keng jamoatchilik bilan ish ko'radi. Hozirgi kunda insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki banklar xo'jalik sub'ektlarini kredit mablag’lari bilan ta'minlab, ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Jahon bozor infratuzilmasining eng rivojlangan bo’g’inlaridan biri bu shubhasiz, bank tizimidir. Bank ishining samaradorligi va uning bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshliligini asosan bankning litsenziyalash amaliyoti bilan bog’liq. Bugungi kunda bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar davlatimiz siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biriga aylandi. Bunda muhtaram Prezidentimizning mustaqil O’zbekistonning milliy iqtisodiyotini yaratish, uni yanada rivojlantirishga qaratilgan keng chora-tadbirlari dasturilamal bo’lib
4
hisoblanadi. Respublikamizda bank infratuzilmasining kengayib borishi banklar o'rtasidagi raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmat turlari sifati va ko'lamining oshishiga xizmat qilmoqda. 2013 yil davomida bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar doirasida tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish bo'yicha aniq belgilangan chora-tadbirlar davom ettirildi 1
eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturning joriy etishdan ko’zlangan asosiy maqsad - O’zbekistonning demokratik va bozor islohotlarini amalga oshirish, jahon hamjamiyatiga keng integratsiyalashuvi va barqaror olg’a borishi uchun mustahkam zamin yaratishdir. Prezidentimiz I.A. Karimov: «Oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa - bu izchil iqtisodiy o’sish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, butun bank tizimini mukammallashtirish va ilg’or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo’lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir» 2 deb ta’kidlagan. Bu, Respublika iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan barcha banklarning faoliyatini xalqaro talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqishi va bank tizimining har bir bo’g’inida moddiy texnik ba’zasini rivojlantirishni talab etadi. Iqtisodiyot rivojlanishining hozirgi bosqichida respublikamizda faoliyat yuritayotgan banklarning roli tobora ortib bormoqda. Chunki xo’jalik yurituvchi subektlarning hech biri bank xizmatini chetlab o’tib faoliyat yurita olmaydi, o’zaro hisob-kitoblarkni bank yordamisiz o’tkaza olmaydi. Shu sababli bank tizimini mustahkamlash, ularning erkinligini oshirish yo’lida islohotlarga hukumat miqyosida e’tibor berib kelmoqda. Chunki bank tizimida o’tkazilayotgan islohotlar
1 O’zbekiston Respublikasining 2013 yil yakunlari va 2014 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari 1 Karimov I.A. “Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to'g’risida” 1 . Toshkent: O'zbekiston, 2005 y.
5
nafaqat banklarning, balki butun iqtisodiyotning barqarorligini ta'minlashga asos bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438- sonli «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g’risida»gi Qarorining qabul qilinishi respublikada faoliyat yuritayotgan banklarning rivojlanishiga katta hissa qo’shadi. Ushbu qarorda respublikamiz bank tizimini xalqaro standartlarga va bazel qo’mitasining talablariga moslashtirish, mamlakatimiz bank tizimining butun tarmog’ini yanada takomillashtirish masalalari tartibi belgilab berilgan. Hozirgi kunda bank tizimi rivojlanib borar ekan, banklarning tashkiliy tuzilishi, litsenziyalash amaliyotini takomillashtirish talab etiladi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi respublikamiz bank tizimi litsenziyalash amaliyotini o‘rganish, bank infratuzilmasini tashkil qiluvchi elementlarni o‘rganish, respublikamiz banklarining faoliyatini tahlil qilish, shuningdek banklarni litsenziyalash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Bitiruv malakaviy ishida ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: 1. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning nazariy va huquqiy asoslarini tadqiq qilish; 2. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash tartibi va tahlilini o‘rganish; 3. Tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash amaliyotida mavjud
kamchiliklarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan va tegishli xulosalar shakllantirish; 4. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish va litsenziyalash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
6
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti respublikamiz tijorat banklarini litsenziyalash amaliyotini va ularning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti bo‘lib, tijorat banklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziyalash tartibini Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlar, talablar asosida tashkil qilish hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining nazariy asoslari bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, - I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish bo‘yicha nazariy qarashlar va Prezident Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda respublika Markaziy bankining me’yoriy-xuquqiy hujjatlari, amaliy tajriba va xulosalar hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Talabalarga “Pul, kredit va banklar”, “Bank ishi” va “Bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish” fanlarini o‘qitishda foydalanish mumkin. Respublikamiz tijorat banklarining raqobatbardoshligi, tijorat banklari litsenziyasida ko‘rsatilgan opersiyalarni bajarishi, qolaversa, tijorat banklarining mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida banklarimizning iqtisodiyot rivoji uchun maqsadli hamda uzoq muddatli kreditlar va investitsiyalar ajrata olishi, resurs bazalarini yanada mustahkamlashi, shu bilan birgalikda o‘z likvidliligini me’yor darajasida saqlab turishi va yuqori darajada daromadga erishishi bugungi kundagi eng asosiy masalalardan biridir. Bu masalalarning o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlash tijorat banklari faoliyatining to‘g‘ri tashkil etilganligidan dalolat beradi. Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi - kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. 7
I Bob. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING IQTISODIY VA HUQUQIY ASOSLARI 1.1.Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari Bank - bu tijorat muassasi bo‘lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ularni o‘z nomidan, to‘lov, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi. Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shu vaqt ichida bo‘lg‘usi ta’sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar. Bozor munosabatlarini qaror topishi va rivojlanishi bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan bank tizimi va ular faoliyatini boshqarishning qonuniy asoslarini shakllantirish zaruratini keltirib chiqardi. Bank va bank faoliyatiga oid huquqiy islohotlar respublikamizda bozor iqtisodiyoti jarayonlariga moslashayotgan hozirgi rivojlanish davri bilan uzviy bog‘liq holda vujudga kelmoqda. Huquqiy ta’minot bank menejmentining muhim elementi hisoblanib, banklar faoliyatini boshqarishning huquqiy asoslarini belgilab beradi. Har qanday munlsabatlar singari banklar va ularning boshqa sub’ektlar bilan bo‘ladigan munosabatlari albatta huquqiy asosga ega bo‘lishi lozim. Chunki bank va mijozlar o‘rtasida yuzaga keladigan turli holatlar ma’lum bir me’yorlar asosida muvofiqlashtirilishi lozim. Bu esa, o‘z navbatida huquqiy asosni shakllantirishni talab qiladi. Tijorat
banklarini ruyxatga olish va
litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida», «O‘zbekiston
8
Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida», «Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 martdagi PF-3047- sonli «Pul massasi usishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish ma’suliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni va boshka qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi xududida banklarni ruyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi xamda shartlari belgilab kuyilgan. Tijorat banklarini tashkil kilish buyicha eng asosiy me’yoriy xujjatlardan biri sifatida 15 avgust 2009 yilda qaytadan o‘zgartirishlar kiritilib, qabul kilingan « Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida»gi 730-sonli Nizom asosida olib boriladi. Banklar Fukarolik Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida», «Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlar xukukini ximoya kilish to‘g‘risida»gi Konunlari va boshka konunchilik xujjatlariga muvofik odatda ochik yoki yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etiladi. Huquqiy asoslarini yoritishda ularni 4 ta bo‘limga bo‘lib o‘rganamiz. Ular quyidagilar: 1- bo‘lim. Kodeks va qonunlar. Biz yuqorida keltirib o‘tgan qonunlar 1 blokka kiritiladi. 2- bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari kiritiladi. 3- bo‘lim. Qonun osti hujjatlarni ishlab chiquvchi davlat organlari – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi va boshqa shu kabi organlar tomonidan ishlab chiqiladigan yo‘riqnoma, nizom va tartiblar kiradi. 4- bo‘lim. Tijorat banklari tomonidan mustaqil ishlab chiqiladigan ichki tartib va siyosatlari kiradi. Banklar ichki tartib va siyosatini amaldagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqadi va o‘z faoliyatida ulardan foydalanadi. 9
Bank va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish, ularni ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish dolzarb masalalardan bo‘lib, ushbu muammolarni rivojlangan mamlakatlarning bank qonunchiligi bilan solishtirish asosida ularni tajribasini o‘rgangan holda xulosa va tavsiyalar berish, respublikamiz bank qonunchiligini takomillashtirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish tartibini Markaziy bank belgilaydi. Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari bo`lib, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» , «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» va «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qonunlari hisoblanadi. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi” deb nomlanib o‘z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi . Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Tijorat banklarini tashkil qilish “Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi 703-sonli Nizom asosida olib boriladi. Ushbu nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
10
Yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari va aksiyadorlari bo‘lishi mumkin. Banklarning qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan banklar ustav kapitalida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, xorijiy kapital ishtirokidagi banklar va sho‘‘ba banklarni tashkil etish hollari bundan mustasno. Bir yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud bitim orqali o‘zaro bog‘langan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi bir guruh yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida bank aksiyalarining besh foizidan ortig‘i sotib olinsa, bu haqda Markaziy bankka xabar berilishi, yigirma foizidan ortig‘i sotib olinsa, Markaziy bankdan oldindan rozilik olinishi lozim. Agar shaxs yuridik shaxsni boshqarish yoki uning siyosatiga katta ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u bunday yuridik shaxs mulkini nazorat qiluvchi hisoblanadi. Bunda shaxs quyidagi hollarda katta ta’sir o‘tkazuvchi hisoblanadi: Mazkur yuridik shaxsning yirik ishtirokchisi bo‘lsa; aksiyadorlar, rahbariyat yoki ishtirokchilar bilan rasmiy ravishda bitim tuzib yoxud boshqa tarzda huquqiy shaxs faoliyatiga rahbarlik qilish yoki uni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lsa. Yuridik shaxsning yirik aksiyadori yoki ishtirokchisi deganda o‘zaro bitim bilan bog‘langan va ushbu yuridik shaxs ustav kapitali yoki ovoz beruvchi aksiyalarining 10 va undan ortiq foiziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki vositali tarzda egalik qiluvchi bir yoki bir necha shaxslar tushuniladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri egalik qilish deganda aksiyador (ishtirokchi) tomonidan ovoz beruvchi aksiyalarga bevosita egalik qilish tushuniladi. Vositali tarzda egalik qilish deganda yuridik shaxs ovoz beruvchi aksiyalariga sho‘ba korxonalar va jamiyatlar orqali egalik qilish tushuniladi. Agar ikki va undan ortiq shaxslar rasmiy bitim asosida harakat qilsa yoki bank aksiyalariga jamoa bo‘lib to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoxud bilvosita egalik qilish maqsadida ongli ravishda parallel birgalikdagi faoliyatni olib borish hollari mavjud 11
bo‘lsa ular bank aksiyalariga egalik qilish maqsadida bitim bilan o‘zaro bog‘langan shaxslar hisoblanadi. Agar bir shaxs va boshqa yuridik shaxs bank aksiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita egalik qilsalar, hamda mazkur shaxs ushbu yuridik shaxsning yirik ishtirokchisi yoki bunday shaxsning boshqaruvi, kuzatuv kengashi a’zosi yoxud vakili bo‘lsa, mazkur shaxs yuridik shaxs bilan kelishuv asosida faoliyat yurituvchi hisoblanadi. Quyidagi ikki yoki undan ortiq shaxslar bir-biri bilan kelishuv asosida faoliyat yurituvchilar hisoblanadi: Agarda ular ushbu barcha shaxslarning yirik ishtirokchisi, a’zosi (sherigi) yoki yuridik vakili hisoblangan hech bo‘lmaganda bir shaxs bilan bog‘liq bo‘lsa; Agar ular bank aksiyalari egasi hamda ayni vaqtda o‘sha yuridik shaxsning boshqaruvi, kuzatuv kengashi a’zosi, yirik ishtirokchisi (sherigi) yoki yuridik vakili bo‘lsa (mazkur bankdan tashqari) yoxud ushbu shaxslar yaqin qarindosh bo‘lsa. SHaxsning yaqin qarindoshlari turmush o‘rtog‘i (eri yoki xotini), ota-onasi, farzandlari (jumladan, o‘gay), aka-ukalari va opa-singillari hisoblanadi. Mazkur hujjatlar bu shaxslar tomonidan bunday miqdordagi aksiyalar jamoaviy tarzda sotib olingunga qadar taqdim etilishi lozim. Bunday mulk bu shaxslar tomonidan bir-biriga bog‘liq bo‘lmay va bir-birini xabardor qilmay sotib olinishi hollari bundan mustasno. Bank muassislari u ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida bank aksiyadorlari tarkibidan chiqishga haqli emaslar. Bank muassislari benuqson ishbilarmonlik va shaxsiy obro‘-e’tiborga ega bo‘lishlari lozim. Quyidagi shaxslar benuqson ishbilarmonlik va shaxsiy obro‘-e’tibor mezonlariga nomuvofiq deb hisoblanadilar: bankrotlikka uchragan yuridik shaxsning sobiq rahbarlari, boshqaruvi va kuzatuv kengashi a’zolari yoki yirik ishtirokchisi va yuridik shaxsning bankrotligi ularning harakatlari oqibatida yuzaga kelganligi faktlari ma’lum bo‘lsa; 12
O‘zining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida ishlarni noto‘g‘ri boshqarish va vijdonan yuritish mumkin emasligini namoyish qilgan shaxslar. Agarda muassis yuridik shaxs bo‘lsa, yuqorida qayd etilgan talablar bunday muassisning rahbar xodimlari, boshqaruvi va kuzatuv kengashi a’zolari, ustav kapitalida 10 va undan ortiq foiz miqdorida ovoz beruvchi aksiyalar yoki ulushlar egalariga nisbatan qo‘llaniladi. Bank muassislari moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishlari lozim. Yuridik shaxsning moliyaviy beqarorligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: balansning nolikvidligi; to‘lovga qobiliyatsizlik yoki bankrotlik; bu yuridik shaxs rasmiy ravishda bankrot deb e’lon qilinishidan qat’i nazar uning passivlari aktivlaridan oshib ketishi; bunday shaxsning majburiyatlari bank barqarorligiga nisbatan muayyan tavakkalchilikni yuzaga keltirsa; yuridik shaxs taqdim etgan balans bu shaxs zarur hollarda ustav kapitalini oshira olmasligini ko‘rsatsa; bunday shaxs tomonidan bankda mulk sotib olinishi ko‘zda tutilishi natijasida bankka yoki uning omonatchilariga moliyaviy xavf solinishi mumkinligini ko‘rsatuvchi boshqa hollar ma’lum bo‘lsa. Muassislar aksiyadorlik jamiyati shaklidagi bankni yaratish sari dastlabki qadam sifatida ta’sis shartnomasini imzolaydilar, so‘ngra ta’sis yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radilar. Mazkur harakatlar muassislar tomonidan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi qonunlar hamda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Banklar
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlari hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etiladi.
13
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling