O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti “tasdiqlayman”
Chet el kapitali ishtirokida banklar faoliyatini tashkil etilishi
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasi tijorat banklarini litsenziyalash amaliyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- III Bob. MAMLAKATIMIZ TIJORAT BANKLARIDA LITSENZIYALASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH VA BANK TIZIMI BARQARORLIGINI TA’MINLASH YO‘LLARI
2.3 Chet el kapitali ishtirokida banklar faoliyatini tashkil etilishi Chet el bankining sho‘‘ba banki – ustav kapitali to‘laligicha norezident bank tomonidan shakllantiriladigan bank. Norezident bank – xorijiy davlat hududida ro‘yxatga olingan bank hisoblanadi. Chet el kapitali ishtirokidagi bank – chet ellik investorlarning ishtiroki ustav kapitali umumiy summasining kamida o‘ttiz foizini tashkil etadigan bank. Bunda, chet ellik investorlardan biri yuridik shaxs bo‘lishi lozim. Bunday bankning ustav kapitalini shakllantirishda rezident jismoniy va yuridik shaxslar hamda norezident jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek norezident banklar ishtirok etishlari mumkin.
Faqat moliyaviy ahvoli mustahkam va obro‘ga ega bo‘lgan norezident banklarga O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z sho‘ba banklarini ochishga yo‘l 46
qo‘yiladi. Bunda, qisqa muddatli majburiyatlari IVSA, Moody's yoki Standart and Poor's tasniflari bo‘yicha A1 (yoki A+)dan past bo‘lmagan reytingga ega bo‘lgan norezident banklar ustunlikka egadirlar. O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z sho‘ba bankini ochish yoki bank ustav kapitalida ishtirok etish istagini bildirgan norezident bankning ustav kapitali 500 mln. evro ekvivalentiga teng summadan kam bo‘lmasligi kerak. Norezident jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan, shuningdek, ellik foizdan ortiq aksiyalari (ishtirokchilar badallari) norezident jismoniy yoki yuridik shaxslarning egaligida, foydalanuvida yoki tasarrufida bo‘lgan rezident yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan banklarning aksiyalarini sotib olish, ularga egalik huquqini berish va shu kabi boshqa munosabatlar bo‘yicha kelishuvlar faqat Markaziy bankning oldindan ruxsati olinganidan so‘ng amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida norezident banklarning filiallarini tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Chet el kapitali ishtirokidagi banklar va chet el bankining sho‘ba banklarida – bosh buxgalter, boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimlariga, boshqaruv raisi o‘rinbosarlari bir kishidan ko‘p bo‘lgan banklarda esa – birinchi o‘rinbosar lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tayinlanadi. CHet el kapitali ishtirokidagi banklarda bank kengashi a’zolarining hech bo‘lmaganda bittasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim, chel bankining sho‘ba banklari bundan mustasno. Bankni tashkil etishda norezident bank ishtirok etgan hollarda Markaziy bank qo‘shimcha ravishda quyidagi omillarni ko‘rib chiqadi: - norezident bank mamlakatidagi nazorat darajasi va sifati; - norezident bankning IBCA, Moody’s yoki Standart and Poor's tasniflari bo‘yicha kredit reytingi; - norezident bank mamlakatida omonatlarni muhofaza qilish tizimi; - norezident bank mamlakatidagi iqtisodiy ahvol. - Markaziy bank mazkur bandda qayd etilgan omillarni belgilash maqsadida
47
quyidagilar bilan munosabatlarni o‘rnatadi: - norezident bank mamlakatida bank nazoratini amalga oshiruvchi organ bilan;
- norezident bank mamlakatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan; - norezident bank mamlakatidagi fiskal organlar bilan. Bankni tashkil etishda norezident bank ishtirok etsa, muassislar keltirilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: a) norezident bankning tegishli organi tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi hududida bank tashkil etishda qatnashish to‘g‘risida qaror; b) muassis-norezident bankning ustavi; v) muassis-norezident bank joylashgan mamlakatdagi bank nazorati organining muassis-norezident bankning bank faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega ekanligi, jumladan, o‘z mamlakatida qaytarib berish sharti bilan pul depozitlar va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga ega ekanligi haqidagi yozma tasdiqnomasi; g) bank nazorati organining muassis-norezident bank joylashgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda nazoratda ekanligini tasdiqlovchi yozma tasdiqnomasi; d) auditorlik firmasi tomonidan tasdiqlangan muassis-norezident bankning oxirgi uch yillik moliyaviy hisoboti; e) bank
nazorati organining muassis-norezident bank
O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan bank ustav kapitalida qatnashishi uchun bergan yozma ruxsatnomasi yoki muassis-norezident bank mamlakati qonunlariga ko‘ra bunday ruxsatnoma talab etilmasligi to‘g‘risidagi yozma tasdiqnomasi; j) muassis-norezident bank aksiyadorlari (ishtirokchilari) haqidagi quyidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun), firma nomi (yuridik shaxslar uchun); tug‘ilgan sanasi va joyi (jismoniy shaxslar uchun), davlat ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanasi va joyi (yuridik shaxslar uchun); Norezident banklar O‘zbekiston Respublikasining faoliyat ko‘rsatayotgan
48
banklari ustav kapitali ulushini sotib olgan hollarda ham mazkur banda keltirilgan hujjatlar taqdim etiladi. Bankni tashkil etishda bank bo‘lmagan norezident yuridik shaxslar qatnashsa, qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) muassis vakolatli organining uning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bank ustav kapitalida ishtirok etishi to‘g‘risidagi qarori nusxasi; b) auditorlik firmasi tomonidan tasdiqlangan muassisning oxirgi uch yillik moliyaviy hisoboti; v) agar muassisning mamlakati qonunlari talab qilsa, muassis joylashgan mamlakat nazorat organining uning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bank ustav kapitalida ishtirok etishiga roziligini tasdiqlovchi hujjati; g) muassisning to‘lovga layoqatliligi to‘g‘risida birinchi darajali chet el banki tomonidan berilgan tasdiq; d) muassisning ta’sischilari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar: ta’sischi-yuridik shaxslar uchun – firma nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va joyi, muassisning ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi; ta’sischi-jismoniy shaxslar uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi (to‘liq manzili), ishbilarmonlik yoki professional faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, muassisning ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi. O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi yoki muassis-norezident bank ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatdagi vakolat berilgan boshqa konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanadi. Bankni tashkil etishda norezident jismoniy shaxs qatnashsa, uning to‘lovga layoqatliligini (ustav kapitalidagi o‘z ulushini to‘lashga layoqatliligini) tasdiqlovchi birinchi darajali chet el banki tomonidan berilgan tasdiq, shuningdek, uning mablag‘larining qonuniyligi to‘g‘risidagi xorijiy davlat vakolatli organining ma’lumotnomasi ilova qilinadi. Birinchi darajali chet el banki bo‘lib qisqa muddatli majburiyatlari IVSA, Moody’s yoki Standart and Poor’s tasniflari bo‘yicha A1 (yoki A+)dan past bo‘lmagan reytingga ega bo‘lgan bank hisoblanadi. Norezidentlarning arizasini ko‘rib chiqish va ularning moliyaviy ahvolini
49
baholashda, Markaziy bank norezidentlar mamlakatining nazorat organi ma’lumoti va fikr-mulohazalariga tayanadi. Zarurat bo‘lganda, Markaziy bank o‘z mezonlari va fikr-mulohazalarini qo‘llash huquqiga ega. Chet el kapitali ishtirokidagi banklar va chet el bankining sho‘‘ba banklarini ro‘yxatga olishda ularning chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishga tayyor bo‘lishlari majburiydir. Norezidentlar tomonidan bankni tashkil etishga berilgan arizalarni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin: mahalliy iqtisodiyotga yoki raqobat muhitiga yomon ta’sir o‘tkazish xavfining mavjudligi; biznes-rejaning asoslanmaganligi va moliyaviy institutning muvaffaqiyatli ish olib borishiga yordamlashmasligi; ularning mamlakatida bank nazoratining etarli darajada emasligi (norezident bank ishtirok etsa); norezident mamlakatining nazorat qiluvchi organlari tomonidan rad etish tavsiya qilinsa; norezidentning ustav kapitalida jinoiy faoliyatdan olingan mablag‘larning mavjud bo‘lishi yoxud ularning aksiyadorlari tarkibida offshor hududlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslarning mavjud bo‘lishi; norezidentning moliyaviy holati qoniqarsiz bo‘lsa; bankning chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishga tayyor emasligi; bank kengashi (chet el bankining sho‘ba banki bundan mustasno) va boshqaruvi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining bo‘lmasligi; bankning xavfsiz va barqaror faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi boshqa holatlar. Chet el banklari bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatish bankning xalqaro xisob-kitoblarni amalga oshirishi uchun eng zarur shart xisoblanadi. Vakillik
50
munosabatlarini o‘rnatish bank operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi kelishuvdan iborat. Xalqaro xisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun o‘zaro xisobvaraqlarni ochilishi ko‘pincha talab qilinmaydi. Bunday xolda vakolatli bank xisob-kitoblarni chet el banklarida vakillik xisobvaraqlari bo‘lgan boshqa vakolatli bankdagi o‘z vakillik xisobvarag‘i orqali bajarishni ko‘zda tutadi xamda chet el banklari bilan vakillik munosabatlari o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday vakillik munosabatlarini o‘rnatish uchun kamida telegraf kalitlari va vakolatli shaxslar imzosi namunalari bilan o‘zaro almashish lozim. Bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasida 4ta chet el kapitali ishtirokidagi bank faoliyat yuritib kelmoqda. Bular: 1. “KDB Bank O’zbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyati 2. "O’T-Bank" O’zbek-Turk yopiq aksiyadorlik jamiyati 3. Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” ochiq aksiyadorlik tijorat banki 4. Eron "Soderot" Bankining O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahridagi sho’ba banki
. Markaziy bank chet el kapitali ishtirokidagi banklar oldiga ko‘shimcha talablar ko‘yish, shu jumladan chet davlatlar banklaridan ular o‘zlari joylashgan va ro‘yxatga olingan erdagi tekshiruv organi nazorati ostida ekanliklarining tasdiknomasini talab kilish xukukiga ega. Chet el banklariga litsenziyalar, basharti, chet davlat banki o‘z mamlakatida kaytarib berish sharti bilan pul depozitlari va boshka boyliklarni kabul kilish xukukiga ega bo‘lsagina beriladi.
51
LITSENZIYALASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH VA BANK TIZIMI BARQARORLIGINI TA’MINLASH YO‘LLARI Respublikamiz bank tizimini vujudga keltirish jarayoni 1995 yil 21 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida” va 1996 yil 25 aprelda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarini qabul qilinishi bilan mustahkamlandi. Bu muhim hujjatlar respublikamiz bank tizimining jahon andozalariga muvofiq faoliyat ko‘rsatishi uchun xuquqiy asos yaratib berdi. O‘zbekiston bank tizimi shakllanishining o‘ziga xos jihatlaridan biri uning xalqaro moliya jamoatchiligiga qo‘shilish jarayoni hisoblanadi. 1992 yilda respublikamiz Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi a’zosi bo‘ldi va mamlakatimizda ularning qator loyihalari amalga oshirilmoqda. Hozir «Evropa Tiklanish va Taraqqiyot banki», «Osiyo Taraqqiyot banki», «Xalqaro moliya korporatsiyasi» kabi xalqaro moliyaviy tashkilotlar. AQSH, Germaniya, YAponiya, Angliya, SHveysariya, Belgiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston kabi mamlakatlarning milliy moliya institutlari O‘zbekiston banklarining hamkorlaridir. Bundan tashqari, tijorat banklari mavqeini jahon talablariga ko‘tarish, respublika bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda respublika iqtisodiyotiga chet el sarmoyalarini tijorat banklari orqali jalb qilishda bank auditining roli zarurligini hisobga olgan holda Markaziy bank tomonidan tijorat banklarida o‘tkazilayotgan tashqi audit tekshiruvlari sifatiga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro nufuzli audit tashkilot(Pricewaterhousecoopers, KPMG, Delloitte & Touch, Ernest & Young)larining tekshirish yakunlari hamda xalqaro moliya tashkilotlari yordami natijasida xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi qo‘shma banklar tashkil etildi. O‘sha paytda respublikamizda “O‘zprivatbank”, “O‘zDEUbank”, O‘zABN Amrobank, O‘T bank (UzbekTurkish bank) hamda “O‘rta Osiy hamkorlik va Taraqqiyot” banki va Eron «Soderat» bankining Toshkent shahridagi sho‘‘ba banklari faoliyat yuritishgan. 52
Ayni paytda respublika xududida UzKDB(UzbekKorean Development Bank) banki, O‘T bank (Uzbek-Turkish bank) hamda Eron «Saderat» bankining Toshkent shahridagi sho‘ba banklari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda lokomotiv vazifasini bajaruvchi bank tizimi mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida bu soha respublikamiz hukumati tomonidan qo‘llab quvvatlanmoqda. Jumladan, 1994-1997 yillarda respublikamiz iqtisodiyotidagi mavjud muayyan qiyinchiliklarga qaramasdan banklarimiz to‘rt yil muddatga budjet soliqlar to‘lashdan ozod etilgan edi. Buning evaziga: banklar infratuzilmasi tubdan o‘zgartirilib, zamonaviy binolar qurilib, kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlandi; elektron to‘lovlar tizimi joriy qilindi; kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratildi. Xususiy banklarning tashkil etilishi tufayli mamlakat iqtisodiyotiga xususiy sarmoyalarni jalb etish orqali samaradorligi yuqori, ilg‘or investitsiya loyihalariga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar ko‘payadi hamda kichik va o‘rta tadbirkorlarga bank xizmati ko‘rsatish saviyasi oshadi. Bu jarayon yangi turdagi bank xizmatlarining rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 24 apreldagi «Xususiy tijorat banklarini tashkil
etishni rag‘batlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining qabul qilinishi respublikamizda xususiy banklarni tashkil etish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur Farmonga muvofiq, xususiy banklarga qaysi banklarni kiritish mumkinligi ko‘rsatildi va tashkil etilayotgan xususiy banklarga bir qator imtiyozlar berildi. Jumladan, xususiy banklar tashkil etilgan paytdan boshlab, ikki yil mobaynida daromad solig‘i to‘lashdan ozod qilinib, bundan bo‘shaydigan mablag‘lar ularning moddiytexnika bazasini mustahkamlashga va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, aksiyadorlik tijorat banklarini ochish uchun ustav sarmoyasining eng kichik miqdori 2,5 mln. AQSH dollari bo‘lgani holda, xususiy 53
banklar uchun eng kichik ustav sarmoyasi miqdori 300 ming AQSH dollarining Markaziy bank rasmiy kursidagi ekvivalentiga teng qilib belgilandi. Bu imtiyozlarning berilishi natijasida xususiy bank ochilishi sezilarli ravishda ko‘paydi. Bank tizimini rivojlantirishning ikkinchi bosqichida qo‘lga kiritilgan muhim yutuqlardan yana biri, shubhasiz, banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning yangi tizimiga o‘tilganligidir. Mazkur tizimga o‘tish 1994 yildan boshlandi. 1996 yilning ikkinchi yarmida o‘sha paytdagi dunyodagi o‘ta nufuzli kompaniyalardan biri “Artur Andersen” konsalting firmasi bilan hamkorlikda Markaziy bank mutaxassislari tomonidan banklar uchun buxgalteriya hisobi tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi. Mazkur bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 24 apreldagi «Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag‘batlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining qabul qilinishi xususiy banklar rivojlantirishga sezilarli darajada ijobiy ta’sir qildi. Mazkur Farmonga ko‘ra nizom jamg‘armasida jismoniy shaxslarning ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan holda xususiy tijorat banklarini ochish uchun bir qator imtiyozlar berildi. Jumladan, yangi tashkil etilayotgan xususiy banklar minimal ustav fondi 300 ming AQSH dollari qilib belgilash; yangi tashkil etilgan xususiy banklar tashkil etilgan paytdan boshlab 2 yil daromad solig‘idan ozod qilish; yangi tashkil etilgan xususiy banklarga 6 oy ichida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish kabi imtiyozlar berildi. Milliy bank
tizimida banklarni korporativ boshqarish tizimini mustahkamlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 2 oktyabrdagi «Aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni muhim rol o‘ynaydi. Mazkur Farmon tijorat banklarini boshqarishda aksiyadorlarning va bank Kengashlarining rolini oshirishga doir tadbirlar majmuini belgilab berdi. Farmonda davlat ulushi bank kapitalida 25 % dan oshgan holda bank Kengashi tarkibiga Markaziy Bankdan ishonchli vakil
54
kiritilishi aytib o‘tildi. Farmon chiqqunga qadar bank Kengashlari, ular zimmasiga bank faoliyati ustidan nazoratni, jumladan, omonatchilar va aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida to‘g‘ri kreditlash va mablag‘larni investitsiya qilish ustidan nazoratni amalga oshirish mas’uliyati yuklatilganligiga qaramasdan, o‘z majburiyatlarini bajarishga yuzaki munosabatda bo‘lib kelishardi. Bu esa, pirovard natijada, banklarning kredit va qimmatli qog‘ozlar portfelining sifatini yomonlashuviga olib kelardi. O‘zbekiston bank tizimining rivojlanishining beshinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan boshlandi. Ushbu qaror asosida “2005-2007 yillarda bank sektorini yanada isloh qilish va rivojlantirish dasturi” qabul qilindi. Dasturda yangi tashkil etilayotgan banklar ustav kapitali miqdorini xalqaro Bazel qo‘mitasi tamoyillariga moslashtirish va bosqichma-bosqich oshirib borish maqsad qilib olindi. Ushbu vazifalarni hal etish bilan bog‘liq bank sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 56- sonli Qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan «2005-2007 yillarda bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish Dasturi»da o‘z aksini topdi. Qaror asosida tijorat banklari barqarorligini mustahkamlash, ularning o‘z mablag‘lari kapitalini bir maromda o‘sib borishini ta’minlash, aktivlar sifatini yaxshilash va daromadliligini oshirish, loyihalarni moliyalashni yanada takomillashtirish, mahalliy ishlab chikaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xizmatlarni, shu jumladan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan xalq iste’moli mollari xarid qilishga iste’mol kreditlarini va boshqa bank xizmatlarini keng taklif qilish va rivojlantirib borish bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashitrishninig ustuvor yo‘nalishlari qilib belgilandi. Shu maqsadda, 2007 yil 1 yanvariga qadar yangi tashkil etiladigan tijorat banklarining ustav kapitalini so‘m ekvivalentida 5 million AQSH dollariga, 55
xususiy baiklarning ustav kapitalini esa 2,5 million AQSH dollariga etkazilishi belgilandi. 2007 yil 7 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish chora- tadbirlari to‘g‘risida» PQ-726-sonli Qarori bilan «2007-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va rivojlantirish dasturi» tasdiqlandi. Qarorda 2008 yil 1 yanvaridan boshlab, yangi tashkil etilayotgan banklar ustav kapitalining eng kam mikdori tijorat banklari uchun so‘m ekvivalentida 5 mln. Evro, xususiy banklar uchun so‘m ekvivalentida 2,5 mln. Evro miqdorida belgilandi. Ushbu talab mamlakat Prezidentining 2010 yil 6 apreldagi PQ-1317- sonli qaroriga muvofiq mos ravishda 10 mln. Evro va 5 mln. Evro ekvivalenti mikdorida belgilandi. Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan ham «O‘zbekiston bank tizimi global moliyaviy inqiroz ta’sirlariga yaxshi bardosh berganligi, shu bilan birga O‘zbekiston Hukumati bank nazoratini yanada takomillashtirish va bank tizimi ishonchliligini mustahkamlash masalalariga jiddiy e’tibor berayotganligi» qayd etilgan holda, O‘zbekiston bank tizimi barqaror rivojlanib borayotganligi bir necha bor e’tirof etildi. 2008 yilda AQSHda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish zarurligi va bu borada qattiq talablar ishlab chiqilishi lozimligini isbotladi. Davlatimiz rahbarining 2009 yilda chop etilgan «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarlarida «...global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligini hamda banklar faoliyati ustidan etarli darajada nazorat yo‘qligini tasdiqladi...» deya ta’kidlab bildirgan fikrlari ham bank nazoratining doimo takomillashtirib borish zarurligidan dalolat beradi. Qayd etish lozimki, bugungi kunda ham asoratlari kuchayayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siridan chiqish va kelajakda shu kabi
56
inqirozlarga nisbatan tijorat banklarining bardoshligini oshirish maqsadida, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan «Bazel-3» nomini olgan, banklarning kapitallarini oshirish va likvidligiga qo‘yilgan talablarni kuchaytirish hisobiga bank tizimining moliyaviy barqarorligini oshiruvchi talablar majmuasi ishlab chiqildi va 2010 yil noyabr oyida Seul (Janubiy Koreya)da bo‘lib o‘tgan katta yigirmatalik – G-20ga kiruvchi mamlakatlar rahbarlarining Sammitida qabul qilindi. Ushbu yangi standartlar bank kapitali yetarliligiga va likvidligiga minimal talablarning tobora kuchaytirishni nazarda tutadi. Ushbu yangi standartlarga katta yigirmatalik davlatlarida 2013-2019 yillarda bosqichma-bosqich o‘tilishi kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PQ-1438-sonli Qarori ushbu vazifalarning ijrosini ta’minlash borasida qabul qilingan dasturiy me’yoriy-huquqiy hujjat hisoblanadi. 2013 yilda respublika bank tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirishda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2011-2015 yillarda respublika moliya- bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar» Dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi. Jumladan: – banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini yanada oshirish maqsadida ular kapitallashuvini oshirish, resurs bazasini ko‘paytirish va aktivlar sifatini yaxshilash, bank sohasiga xususiy kapitalni keng jalb etish; – respublika tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va bank nazorati tizimini Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi talablaridan kelib chiqqan holda xalqaro andozalar asosida takomillashtirib borish; 57
– mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatini yetakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan me’yor va ko‘rsatkichlar asosida baholash amaliyotini kengaytirish va ushbu darajalarga erishish tadbirlarini amalga oshirish; – iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yo‘naltirilgan bank kreditlari hajmini yanada ko‘paytirish; – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda, yoshlar va ayollar bandligini oshirishga qaratilgan biznes- loyihalarni moliyalashtirishga kreditlar ajratish hajmini oshirish; – xalqaro andozalar va tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-bank sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi. 2013 yilda bank tizimida amalga oshirilgan izchil va aniq maqsadli islohotlar banklar kapitallashuv darajasi va depozit bazasining yuqori sur’atlarda o‘sishiga imkon berdi va natijada bank tizimining moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, moliyaviy vositachilik roli kengaydi hamda ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifati yanada oshdi. Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va rivojlanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvardagi PQ-1464-sonli Qarori bilan tasdiqlangan indikatorlar tizimiga asosan tahlil qilinganda, bank tizimining barcha ko‘rsatkichlari «yuqori darajada»gi indikator baholariga muvofiq kelmoqda. Jumladan, 2013 yil bo‘yicha bank tizimida kapitalning etarlilik darajasi 24,3 foizni tashkil etdi. Bu esa, Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan belgilangan xalqaro me’yordan 3 barobar yuqoridir. Bank tizimi barqarorligining yana bir muhim ko‘rsatkichi hisoblangan likvidlik darajasi 2013 yilda ham 65 foizdan yuqori darajada saqlanib qolayotganligi va ushbu ko‘rsatkichning talab etiladigan minimal darajadan 2,2 barobar ortiqligi mamlakatimiz bank tizimining mustahkamligini hamda har qanday tashqi va ichki salbiy ta’sirlarga to‘la bardosh bera olishini tasdiqlaydi. 58
SHu munosabat bilan, 2010 yil 26 noyabrda Prezidentimiz tomonidan imzolangan «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PQ-1438-sonli Qaror, mamlakatimizda moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini mustahkamlash, qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko‘rsatkichlariga muvofiq, bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga olib chiqish uchun dasturulamal sifatida xizmat qilmoqda. Mazkur Qarorga asosan, Bazel qo‘mitasi tomonidan belgilangan xalqaro standartlar talablariga muvofiq, tijorat banklarini yanada kapitallashtirish, ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb etish, banklar resurs bazasini ko‘paytirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank ishini takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini oshirish respublika bank tizimini yanada isloh qilish asosiy yo‘nalish etib belgilandi. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, Markaziy bank bank tizimi barqarorligini oshirish maqsadida bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini joriy qilish, bank nazoratini amalga oshiruvchi Markaziy bank xodimlari malakalarini oshirish hamda bank nazoratiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Qayd etish lozimki, bugungi kunda ham respublika bank-moliya tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning barqarorligini oshirish, banklar faoliyatini va butun bank tizimini baholashga nisbatan yondashuv va uslublarni tubdan o‘zgartirish, uning umum qabul qilingan xalqaro prinsiplar, standartlar va me’yorlarga hamohang tarzda rivojlantirishni ta’minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib qolmoqda. SHu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 20 apreldagi 117-sonli qarori asosida 2012 yilning 1 iyulidan boshlab joriy etilgan, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, shu jumladan, moliya-bank sohasi faoliyatini baholovchi indikatorlarning har chorakdagi tahlili natijalari 59
tijorat banklarining hududlardagi filiallari ko‘rsatkichlarining yuqoriligini ko‘rsatdi. Respublikamizdagi tijorat banklari bilan keng qamrovli va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida mamlakatimizda xorijiy yirik banklarning 6 ta vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. Bank infratuzilmasining kengayib borayotganligi, o‘z navbatida, moliya bozorida raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmatlari sifatining yanada oshishiga xizmat qilmoqda. 2013 yilda banklar kapitallashuvini oshirishning barcha vositalaridan samarali foydalanish, jumladan, qo‘shimcha aksiyalar va qarz qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hamda joylashtirish orqali aholi va xo‘jalik sub’ektlarining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish ko‘lamlarini kengaytirish natijasida tijorat banklarining umumiy kapitali hajmi 2012 yilga nisbatan yanada oshirish borasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va ularda belgilangan tadbirlar ijrosining ta’minlanganligi muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Xususan: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 29 martdagi «Mikrokreditbank» ochiq aksiyadorlik-tijorat bankining kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1945-sonli Qaroriga muvofiq, «Mikrokreditbank»ning ustav kapitali 40 mlrd. so‘mga; – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 martdagi «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ochiq aksiyadorlik-tijorat banki kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 83-sonli qaroriga muvofiq, «O‘zsanoatqurilishbank»ning ustav kapitali 152 mlrd. so‘mga oshirildi. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 16 maydagi «Agrobank» ochiq aksiyadorlik-tijorat banki kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1966-sonli Qaroriga muvofiq, 2013- 2014 yillarda «Agrobank»ning ustav kapitalini 123,8 mlrd. so‘mga oshirish belgilandi va shundan 2013 yilda 94,1 mlrd. so‘mlik mablag‘lar «Agrobank» ustav kapitaliga yo‘naltirildi.
60
2013 yilda moliya-bank tizimi, xususan, kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni xalqaro andozalar va tamoyillarga muvofiq yanada takomillashtirish borasidagi ishlar davom ettirilib, bu yo‘nalishda qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. O‘z navbatida, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 53-moddasiga asosan banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarini belgilovchi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, ularga nisbatan Markaziy bank tomonidan tegishli choralar va sanksiyalar qo‘llanildi.
2014 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha tijorat banklari «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklarining «barqaror» reytingiga ega bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, respublikamizning etakchi banklari – Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «Asakabank», «Ipoteka-bank», «O‘zsanoatqurilishbank», «Hamkorbank» va «Ipak yo‘li» banki bir yo‘la ikkita etakchi xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror» reytingiga ega. SHuningdek, respublika bank tizimi kapitallashuv va likvidlik darajalarini oshirish, moliyaviy barqarorligini mustahkamlash hamda bank tizimini xalqaro me’yor va andozalarga muvofiq yanada rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijalari jahon hamjamiyati, xalqaro moliya va reyting tashkilotlari tomonidan yuqori baholanmoqda. Xususan, 2013 yilning 8 avgust kuni «Mudis» xalqaro reyting agentligi «O‘zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqboli» navbatdagi hisobotini e’lon qilib, O‘zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbolini ketma-ket to‘rtinchi yil «barqaror» darajada tasdiqladi. «Mudis» agentligining fikricha, 2010 yildan buyon bank tizimi rivojlanishining istiqboli «barqaror» darajada saqlanishida, avvalo, banklar faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratayotgan mamlakat iqtisodiyotining jadal sur’atlar bilan o‘sib borishi, shuningdek, banklar daromadliligining ijobiy ko‘rsatkichlari va aktivlari sifatining yaxshilanishi, likvidlik darajasining barqarorligi, mijozlar depozitlarining o‘sib borishi, hukumat tomonidan yirik banklarga 61
yo‘naltirilayotgan sezilarli moliyaviy resurslar asosiy ijobiy omillar bo‘lib xizmat qildi. «Standart end Purs» hamda «Fitch Reytings» xalqaro reyting agentliklari tomonidan ham O‘zbekiston bank tizimi barqaror rivojlanish yo‘lida ekanligi e’tirof etilib, ular tomonidan O‘zbekiston banklariga «barqaror» reyting baholari berilgan. Xususan, 2014 yilda respublika bank tizimining barqarorligini yanada oshirish va xalqaro andozalarga muvofiq rivojlanishini ta’minlash hamda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi rolini kengaytirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: 1. Bank tizimi barqarorligini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini xalqaro talablar, jumladan, Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalari asosida yanada takomillashtirish 2. Respublika moliya-bank tizimi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) to‘liq moslashtirish 3. Tijorat banklari kapitallashuv darajasini yanada oshirish, resurs bazasini mustahkamlash va diversifikatsiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettirish. 4. Tijorat banklarining ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash davlat dasturlarini amalga oshirish jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish. 7. Respublika tijorat banklari va bank-moliya tizimi faoliyatini baholashda xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan me’yorlar, mezonlar va andozalarni joriy etish va ularga erishish borasidagi ishlar davom ettirish lozim. Yuqorida keltirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi kelajakda bank tizimi barqarorligini ta’minlashda mustahkam saos bo‘lib xizmat qmladi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling