O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti “tasdiqlayman”
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasi tijorat banklarini litsenziyalash amaliyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval. O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdoriga qo‘yilgan talablarning o‘zgarishi 4
- 2-jadval. Davlat byudjetidan banklar ustav kapitalini oshirish bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar dinamikasi 5
- 2.2. Tijorat banklari faoliyatining joriy holati tahlili
- 2-rasm. O‘zbekiston Respublikasida 2014 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra faoliyat yuritayotgan banklar 6
- Davlat tijorat banki Aksiyadorlik tijorat banki Xususiy banklar
1-rasm. Bank operatsiyalarini bajarishga litsenziya olish uchun belgilangan talablar 3
Bankni ro‘yxatdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish masalasi Markaziy bank talab qilgan barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida hal etilishi kerak. Muassislar bank tashkil etish uchun dastlabki ruxsatnomani olganlaridan keyin litsenziya olish hamda bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-texnikaviy talablarni bajaradilar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan dastlabki ruxsatnoma olti oy davomida yuridik kuchga ega bo‘lib, muassislar ushbu vaqt ichida barcha tashkiliy tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishlari va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni yakunlashlari lozim. Tijorat banki aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilayotgan muassislardan biri yoki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxslar tomonidan bank aksiyalarining 5 foizdan ortig‘ini sotib olayotgani haqidagi xabar, agar bank aksiyalarining 20 foizidan ortig‘i sotib olinayotganida esa bunga rozilik berishni so‘rovchi iltimosnoma taqdim etilayotgan hujjatlar.
3 Banklarni ro`yxatga olish va ular faoliyati litsenziyalash tartibi to`g`risidagi Nizom asosida. 25
O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari o‘z ustav kapitallarini norezident hisobidan ko‘paytirishlari yoki aksiyadorlar tomonidan aksiyalarning norezidentlarga sotilishi uchun belgilangan tartibda Markaziy bankning oldindan roziligini olishlari shart. Ushbu talabga rioya etilmay tuzilgan bilimlar haqiqiy emas deb topiladi va bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya bekor qilinadi. Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun asosiy litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagi asosiy omillarga e’tibor beriladi: -bank biznes rejasining maqbulligi; -bank kapitalining adekvatligi; -daromadlikning kelgusidagi istiqbollari; -ko‘zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro‘ e’tibori; -bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi; -monopoliyaga qarshi choralar. Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo‘lgan zarurat bankni mamlakat iqtisodiy to‘lov qobiliyatiga ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bank operatsiyalarini o‘tkazuvni amalga oshirishi va ro‘yxatga olinishi lozim. Tijorat bankini tashkil etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi. Agar, bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat ko‘rsatsa, bu operatsiyalar qonunga xilof deb topiladi va javobgarlikka tortiladi. Tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida davlat ro‘yxatidan o‘tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tijorat bankini ta’sis etuvchilari hisoblanadi va ular bank hamda uning ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat hokimiyat organlari, jamoa
26
birlashmalari, jamoa fondlar mablag‘lari, shuningdek kreditga olingan mablag‘lar va garovga olingan mablag‘lardan foydalanish man etiladi. Bank ta’sischilari o‘z zimmasiga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, ustav kapitalini shakllantirish, material-texnik bazani yaratish, mijozlar ko‘lamini aniqlash, o‘tkaziladigan bank operatsiyalar turini aniqlash va boshqa qator masalalarni hal etishlari lozim. Ta’sischilar ta’sis shartnomasi yoki aksioner jamiyatni tuzish shartnomasini rasmiylashtiradilar. Bu shartnomada bank boshqaruv shakli, ustav kapitalining taxminiy miqdori va ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalar ulushi aniqlanadi. SHartnomada tomonlar majburiyati, huquqlari va boshqalar aks ettiriladi. Bankni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro‘yxatga olish va litsenziyalash tegishli talablar amalga oshirilgandan keyin bir oy muddat ichida hal etiladi. Banklar o‘z ustavlari asosida faoliyat ko‘rsatadilar. Bank ustavida: - bankning (to‘la va kiskartirilgan) nomi va qayerda joylashganligi (pochta manzili); - bank operatsiyalarining ro‘yxati; - ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti; - bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari xamda vazifalari xaqidagi ma’lumotlar; - bank auditi tartibi, shu jumladan buxgalteriya xisobi xalqaro standartlariga muvofik belgilangan xisobotlar va auditorlik dasturlarining maksadlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. - Bank ustavida, ushbu moddada belgilangan talablardan tashqari, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. - Bank ustaviga kiritiladigan o‘zgartishlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Banklarni mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etish mumkin. Har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bank
27
muassislari sifatida ishtirok eta oladilar. Har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ulushi “Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda ko‘rsatilishicha 2000 yilning 1 yanvaridan boshlab ustav kapitali umumiy miqdorining 20 %, 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab 13% , 2002 yilning 1 yanvaridan boshlab 7% dan oshmasligi 2007 yildan hozirgi kungacha 25% dan oshmasligi belgilangan. SHuningdek banklarning boshqa banklar ustav kapitalida ishtirokiga ruxsat etilmaydi (ammo sho‘‘ba banklar tashkil etish bundan mustasno). Banklarning aksiyalarini olish qonun hujjatlarida alohida ko‘rsatiladi. Bank muassislarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, bank aksiyadorlari tarkibidan u ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar. Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlari to‘lagan pul mablag`laridan tashkil topadi. Kreditga va garovga olingan mablaglardan xamda boshqa jalb etilgan mablag`lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda qonun xujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablag`laridan foydalanilishi mumkin. Bank ro‘yxatga olingandan keyin uning ustav kapitali miqdorida egasi yozilgan aksiyalar chiqariladi va ular muassislar o‘rtasida joylashtiriladi. Tashkil etilayotgan bank kapitalining yetarlilik darajasini belgilashda quyidagilar asosiy omil hisoblanadi: Markaziy bank tomonidan belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori bo‘yicha talablarga muvofiqligi; bank kapitali, shu jumladan ustav kapitali miqdorini doimiy ko‘paytirib borishning rejalashtirilganligi; ko‘zda tutilayotgan daromadlar hamda fondlarni shakllantirish istiqbollari; muassislarning zarur hollarda qo‘shimcha kapital kirita olish qobiliyati. Bank ro‘yxatga olingunga qadar ustav kapitalini shakllantirish uchun muassislar tomonidan Markaziy bankda yoki rezident banklarning birida 28
vaqtinchalik jamg‘arma hisobvarag‘i ochiladi. Bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdori mazkur vaqtinchalik jamg‘arma hisobvaraqda muassislar tomonidan bankni ro‘yxatga olingunga qadar to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Ustav kapitalining eng kam miqdori quyidagi miqdorlarda belgilanadi: Aksioner banklar uchun – 10 mln. evro ekvivalentida; xususiy tijorat banklari uchun – 5 mln. evro ekvivalentida.
Yillar
Aholisi 0.5 mln. kishidan ko‘p bo‘lgan shaharlarda ochilayotgan tijorat Aholisi 0.5 mln. kishidan kam bo‘lgan shaharlarda ochilayotgan tijorat banklari uchun CHet el kapitali ishtirokida ochilayotgan banklar uchun
Xususiy banklar Uchun 1998 yil 1 yanvardan 1.5 mln.AQSH dollari ekvivalentida 0.75 mln. AQSH dollari 5 mln. AQSH dollari ekvivalentida 0.3 mln. AQSH dollari ekvivalentida 1999 yil 1 yanvardan 2.0 mln.AQSH dollari ekvivalentida 1.0 mln. AQSH dollari ekvivalentida 5 mln. AQSH dollari ekvivalentida 0.3 mln. AQSH dollari ekvivalentida 2000 yil 1 yanvardan 2.5 mln.AQSH dollari ekvivalentida 1.25 mln. AQSH dollari ekvivalentida 5 mln. AQSH dollari ekvivalentida 0.3 mln. AQSH dollari ekvivalentida 2002 yil 14
maydan 2.5 mln.AQSH dollari ekvivalentida 1.25 mln. AQSH dollari ekvivalentida 5 mln. AQSH dollari
ekvivalentida 1.25 mln. AQSH dollari ekvivalentida 2005 yil 1 iyuldan* 3 mln. AQSH dollari ekvivalentida Tijorat banklari uchun 5 mln. AQSH dollari ekvivalentida 1.5 mln AQSH dollari ekvivalentida 2006 yil 1 yanvardan 4 mln. AQSH dollari ekvivalentida 5 mln. AQSH dollari ekvivalentida 2 mln. AQSH dollari ekvivalentida 2007 yil 1 yanvardan 5 mln. AQSH dollari ekvivalentida Tijorat banklari uchun 5 mln. AQSH dollari
ekvivalentida 2.5 mln. AQSH dollari ekvivalentida 2008 yil 1 yanvardan 5 mln. evro ekvivalentida Tijorat banklari uchun 5 mln. evro ekvivalentida 2.5 mln. evro ekvivalentida 2011 yil 1 yanvardan 10 mln. evro ekvivalentida Tijorat banklari uchun 10 mln. evro ekvivalentida 5 mln. evro ekvivalentida
www.cbu.uz internet sayti ma`lumoti asosida
29
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rindiki, respublikamizda tijorat banklarining ustav kapitali bosqichma – bosqich oshirilib borilmoqda. Ustav kapitalining bunday bosqichma bosqich oshirib borilishi ijobiy holat. CHunki, ustav kapitali yuqorida ta’kidlanganidek, bank kapitalining eng barqaror manbai hisoblanadi. Bank ustav kapitali miqdori faqat o‘z aksiyalarini bank qaytib sotib olgandagina kamayishi mumkin.
Bank nomi E’lon qilingan ustav kapitali Ko‘shimcha aksiyalar emissiyasi va joylashtirilishi
shu jumladan 2008 yil
2009 yil
2010 yil
2011 yil
2012 yil
Xalq banki 200
120 20
30 30
20
20 Asaka banki 300 147
100 48
- - - O‘zsanoatquri lish banki 100 65
63 2 - - - Mikrokredit bank 150
72 54
18 - - - Agrobank 100 50
22 28
- - - Qishloq qurilishbank 50 36
13 23
- - - Jami
491 272 149
30 20
20
5
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг «Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари» номли асарини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма. – Т.: Иқтисодиёт, 2009. – 120 б.
30
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, davlat tijorat «Xalq banki»ning ustav kapitalini 2009-2012 yillarda 200 mlrd. so‘mga, 2009 yilda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitalini 150 mlrd. so‘mga, «Agrobank» aksiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitalini 100 mlrd. so‘mga, «Qishloq qurilishbank» aksiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitalini 50 mlrd. so‘mga, «Asaka» davlat aksiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitalini 300 mlrd. so‘mga etkazish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2013 yilda banklar kapitallashuvini oshirishning barcha vositalaridan samarali foydalanish, jumladan, qo‘shimcha aksiyalar va qarz qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hamda joylashtirish orqali aholi va xo‘jalik sub’ektlarining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish ko‘lamlarini kengaytirish natijasida tijorat banklarining umumiy kapitali hajmi 2012 yilga nisbatan 25 foizga oshib, 2014 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 6,5 trln. so‘mdan oshdi. Bunda tijorat banklarining ustav kapitalini yanada oshirish borasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va ularda belgilangan tadbirlar ijrosining ta’minlanganligi muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Xususan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 29 martdagi «Mikrokreditbank» ochiq aksiyadorlik-tijorat bankining kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1945-sonli Qaroriga muvofiq, «Mikrokreditbank»ning ustav kapitali 40 mlrd. so‘mga; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 martdagi «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ochiq aksiyadorlik-tijorat banki kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 83-sonli qaroriga muvofiq, «O‘zsanoatqurilishbank»ning ustav kapitali 152 mlrd. so‘mga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 16 maydagi «Agrobank» ochiq aksiyadorlik-tijorat banki kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1966-sonli Qaroriga muvofiq, 2013-2014 yillarda «Agrobank»ning ustav kapitalini 123,8 mlrd. so‘mga oshirish belgilandi va
31
shundan 2013 yilda 94,1 mlrd. so‘mlik mablag‘lar «Agrobank» ustav kapitaliga yo‘naltirildi. Umuman olganda, 2013 yilning o‘zida tijorat banklarining ustav kapitalini oshirish maqsadida jami 534,5 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha aksiyalar investorlar orasida joylashtirildi. Bunda muomalaga chiqarilgan aksiyalarning 25 foizidan kam bo‘lmagan qismi «Toshkent» respublika fond birjasi orqali birlamchi ochiq savdolarda joylashtirib borildi. 2013 yilda respublika bank tizimining asosiy ko‘rsatkichlari o‘zgarishining dinamikasi, tizimning barqaror rivojlanib borayotganligidan dalolat bermoqda. 2013 yilda respublika bank tizimidagi islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” Dasturi hamda respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi, jumladan: - bank nazorati tizimini yanada takomillashtirish, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini tatbiq etish bilan bog‘lik tadbirlarni davom ettirish; - mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatini yetakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan me’yor, andoza va ko‘rsatkichlar asosida baholash amaliyotini kengaytirish; - tijorat banklarining resurs bazasini ularning kapitallashuv darajasi hamda aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb qilish orqali yanada oshirish; - tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan, ularning investitsion faolligini hamda ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha loyihalarni kreditlash hajmlarini oshirish; 32
- tijorat banklari balansiga olingan iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash, ular bazasida tashkil etilgan yangi korxonalarni strategik investorlarga sotish ishlarini yanada faollashtirish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmini kengaytirish; - xalqaro andozalar va tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-bank sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi.
Respublika bank tizimidagi islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” Dasturi hamda respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa hujjatlar asosida olib borilmoqda. Hozirda mamlakatimizda mavjud barcha 27 ta tijorat (1-ilovaga qarang) banklarining barchasi universal faoliyat olib borishmoqda. Barcha tijorat banklarining faoliyati yuqori darajada rivojlantirilmoqda va banklarning barqarorligi ta'minlanmoqda. Islohotlar samarasi o'laroq so'ngi yillarda banklarimiz likvidlilik darajasi 65 % ni tashkil etmoqda, bu esa xalqaro reyting standartlaridan 2 baravar ko'pdir. Respublikamizda bank infratuzilmasining kengayib borishi banklar o‘rtasidagi raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmat turlari sifati va ko‘lamining oshishiga xizmat qilmoqda 33
2-rasm. O‘zbekiston Respublikasida 2014 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra faoliyat yuritayotgan banklar 6 2014 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, respublikamizda 27 ta tijorat banki faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 3 tasi davlat-tijorat banki, 11 tasi aksiyadorlik-tijorat banki, 9 tasi xususiy bank va 4 tasi chet el kapitali ishtirokidagi banklar hisoblanadi. 2013 yilda tijorat banklarining respublika hududlaridagi filiallar tarmog‘i yanada kengayib, 2014 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, ularning soni 837 taga etdi. Bank muassasalarini aholi va ishlab chiqarish korxonalari hududlariga yaqinlashtirish orqali bank xizmatlaridan foydalanish sharoitlarini yanada qulaylashtirish maqsadida tashkil etilgan minibank va maxsus kassalar soni o‘tgan yilda 66 taga ko‘payib, ularning soni 4196 taga etdi, shundan 2156 tasi qishloq joylarida joylashgan. Bundan tashqari, aholidan kommunal va boshqa to‘lovlarni bevosita aholi yashash joylariga borib qabul qiluvchi 505 ta ixtisoslashtirilgan ko‘chma kassa faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Respublikamizdagi tijorat banklari bilan keng qamrovli va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida mamlakatimizda xorijiy yirik banklarning 6 ta vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. Bank infratuzilmasining
6 O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma`lumotlari. 3
11 9
4
0 2
4
6 8
10
12 14
Davlat tijorat banki Aksiyadorlik tijorat banki Xususiy banklar Chet el kapitali ishtirokidagi banklar
34
kengayib borayotganligi, o‘z navbatida, moliya bozorida raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmatlari sifatining yanada oshishiga xizmat qilmoqda.
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling