O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti “tasdiqlayman”


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana21.11.2020
Hajmi1.28 Mb.
#149518
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekiston respublikasi tijorat banklarini litsenziyalash amaliyoti


 

62 

 

XULOSA 

O‘zbekiton  Respublikasi  mustaqillikka  erishganiga  ko‘p  vaqt  bo‘lmagan 

bo‘lsada,  boshqa  barcha  tarmoqlar  va  sohalar  qatorida,  mukammal  bank  tizimini 

yarata    oldi.  Hozirgi  bank  tizimining  holati  va  bank  tizimining  moliyaviy  

ko‘rsatkichlarining  o‘sish  dinamikasi  ham  bunga  yaqqol  isbot  bo‘lishi  mumkin. 

Ammo  shu bilan  bir qatorda  bank  tizimidagi  ayrim  kamchiliklar    mavjudligi,   bu 

kamchiliklarni  o‘z  vaqtida  va  to‘g‘ri  hal  qilinishi    bank  tizimining  istiqbolini 

belgilab beradi.  

Tijorat  banklari  faoliyatini  litsenziyalash  amaliyotini  olib  borish  jarayonida 

uchraydigan  kamchiliklar  quyidagilardan iborat: 

-  litsenziya berishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning  noto‘gri taqdim etilishi;  

-  tijorat banklarida, o‘z imkoniyatlari darajasida  yetarlicha erkinlik yo‘qligi; 

-  bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning markaziy bank talablarga javob 

bermasligi; 

-  muassis va aksiyadorlarning moliyaviy ahvolining  yomonlashuvi; 

-  tijorat banklarida  kapitalizatsiya  jarayoniga amal qilmasligi; 

-  bank rahbar  xodimlarining kasbiga nomuvofiqligi; 

-  bank  hisobot materiallarini muntazam ravishda buzib ko‘rsatilishi;   

-  qonun xujjatlariga va litsenziya shartlariga zid keladigan bank operatsiyalari 

amalga oshirilishi;  

-  litsenziya  berilgan  paytdan  e’tiboran  bank  operatsiyalarini  amalga  oshirish 

bir yildan ortik muddatga kechikkanda;  

-  bank  o‘z  omonatchilari  va  boshka  kreditorlari  oldidagi  majburiyatlarini 

bajarishga kodir bo‘lmaganida. 

Yuqoridagi kamchiliklarning bo‘lishi  va bartaraf  etilmasligi litsenziyalash  va 

nazorat  jarayonlarida  ma’lumotlar  bekitilishi  banklarning  moliyaviy  holatining 

pasayishiga va boshqa salbiy  oqibatlarga olib kelishi mumkin. 

Albatta,  tijorat  banklarining  litsenziyalash  amaliyoti,  uning  kelajakdagi 

iqtisodiy  taraqqiyotini  ham  belgilaydi.  SHunday  ekan  faqatgina  bankning 

litsenziyalashdan  oldingi  faoliyati  emas  balki,  bankning  asosiy  litsenziyani  olib 


63 

 

faoliyatini  boshlagan  davrdan  boshqa  hisobot  materiallarini,  jumladan;  kapital 



etarligi,  resurs  bazasi  tahlili,  kon’yunktura  tahlili,  kredit  portfeli  tahlili, 

daromadlilik  darajasi  tahlili,  bank  balans  tahlili  va  boshqa  bir  necha  omillarning 

tahlili  asosida  bank  faoliyatini  o‘rganish  mumkin.  Bu  ko‘rsatkichlarni  baholash 

markaziy  bank  tomonidan  o‘rnatigan  normativlar  asosida    uning  qiyosiy  darajasi 

belgilanib boriladi. 

Bank  tizimining  barqarorligi  ko‘p  jixatdan  uni  nazorat  etish  tizimining 

rivojlanganlik  darajasiga,  uning  mavjud  hamda  favquloddagi  muammolarini 

aniqlab  olish  va  echish  qobiliyatiga  bog‘liq.  Nazorat  muassasalarining  asosiy 

vazifasi 

bank 


tavakkalchiligini 

aniqlash 

va 

baholashdir. 



O‘zbekiston 

Respublikasida  tijorat  banklarini  faoliyatini  litsenziyalovchi  va  nazorat  qiluvchi 

organ bo‘lib markaziy bank hisoblanadi. 

 Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  banklarning  samaradorlik  ko‘rsatkichlarini 

doimiy  tahlil  qilib  borish  va  nazoratda  saqlash  va  ularga  ta’sir  ko‘rsatadigan 

omillarni  o‘rganish  qat’iy  tartib  asosida  o‘rnatilishi  lozim.  O‘zbekiston 

Respublikasi  markaziy  banki  tomonidan    tijorat  banklari  faoliyatini  nazorat qilish 

bo‘yicha o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlarini talab darajasida  bajarishlari shart. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2010 yil  26 noyabrdagi  PQ-1438-

sonli  Qarori  bilan  tasdiqlangan  «2011 - 2015  yillarda  respublika  moliya-bank 

tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting 

ko‘rsatkichlariga  erishishning  ustuvor  yo‘nalishlari  bo‘yicha  kompleks  chora-

tadbirlar» dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda banklar 

faoliyatini  litsenziyalashni  yanada  takomillashtirish  boorasida  bir  qator  ishlar 

amalga oshirish rejalashtirlmoqda. 

Bu  borada  bank  tizimining  moliyaviy  barqarorligini  yanada  mustahkamlash, 

Respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  rivojlantirish  va  uning  barqarorligini 

oshirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan dasturda ko‘zda tutilgan 

tadbirlarni so‘zsiz amalga oshirish, bank nazoratini kuchaytirish, bank aktivlari va 

kredit portfelining sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratish lozim . 



64 

 

Shuningdek,  bank  tizimi  nazoratini  Bazel  qo‘mitasining  yangi  tavsiyalari 



asosida takomillashtirish, bank tizimini va alohida banklarni yuqori xalqaro reyting 

baholariga  ega  bo‘lishini  ta’minlash,  tijorat  banklarining  resurs  bazasini  yanada 

kengaytirish,  ularning  investitsiyaviy  faolligini  kuchaytirish  hamda  iqtisodiyotni 

tarkibiy  o‘zgartirish,  ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash,  texnik  va  texnologik 

qayta  jihozlash  bo‘yicha  strategik  muhim  investitsiya  loyihalarini  amalga 

oshirishga,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  moliyaviy   qo‘llab-

quvvatlashga yo‘naltiriladigan kreditlar hajmlarini ko‘paytirish kabi muhim chora-

tadbirlarni  amalga  oshirish  orqali  bank  infratuzilmasini  yanada  kengaytirish,  ular 

tomonidan  ko‘rsatilayotgan  xizmatlar  ko‘lamini  ko‘paytirish  muhim  vazifalardan 

hisoblanadi. 

Istiqlolimizning  dastlabki  yillaridanoq  mamlakatimizda  yangi  bank  tizimini 

tashkil qilish  va  rivojlantirishda  davlatimiz  rahbari tomonidan ishlab chiqilgan va 

amalga 

oshirib 


kelinayotgan 

iqtisodiy 

islohotlarning 

«o‘zbek  modeli» 

tamoyillariga asoslandi. 

Sohadagi  islohotlar  boshlangan  davrda,  hattoki  xalq  xo‘jaligidagi  to‘lovlarni 

o‘tkazishni samarali tashkil qilishga qodir bo‘lmagan bank tizimi qisqa vaqt ichida 

eng  zamonaviy  talablarga  javob  beradigan,  eng  zamonaviy  kompyuter  va  axborot 

texnologiyalari  bilan  jihozlangan,  turli  moliyaviy  va  iqtisodiy  inqirozlarga 

bardoshli bo‘lgan, barqaror, mustahkam va tom ma’nodagi mustaqil bank tizimiga 

aylanib ulgurdi. 

Prezidentimiz  ta’kidlaganlaridek,  jahon  moliyaviy  iqtisodiy  inqirozi  davrida 

mamlakatimiz  moliya-bank  tizimi  o‘zining  barqaror  va  ishonchli  ekanligini 

isbotladi. 

Izchil yuqori o‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining 

barqaror  va  ishonchli  faoliyat  yuritishi,  iqtisodiyotda  amalga  oshirilayotgan 

yangilanish  va  o‘zgarishlar,  umuman,  mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish 

yo‘lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi tomonidan keng e’tirof etildi. 

Bitiruv  malakaviy  ishini  yozish  jarayonida  shakllangan  xulosalardan  kelib 

chiqib quyidagi tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz: 



65 

 



  Tijorat  banklarida  litsenziyalash  amaliyotini    takomillashtirish  uchun 

avvalo banklarni tashkil etishga oid huquqiy asoslari talabini kuchaytirish; 

  tijorat  banklari  moliyaviy  barqarorligini  oshirish  va  bu  orqali 



ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish lozim; 

  mamlakatimiz  banklarining  moliya  bozridagi  faoliyat  ko‘lamini  oshirish, 



ularga ushbu bozorda ishtirok etishlarini rag‘batlantiruvchi imtiyozlar joriy qilish;  

  tijorat  banklarida  hisob  va  hisobotning  zamonaviy  texnologiya  va 



uslublarini  yangicha  yondoshuvlarini  shakllantirish  va  joriy  etish,  moliya-bank 

axborotlari sifat darajasini oshirish, etakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga 

muvofiq undan keng foydalanish imkoniyatlarini yaratish; 

  Bazel  qo‘mitasi  tomonidan  belgilangan  xalqaro  andozalar  talablariga 



asosan  tijorat  banklarining  yanada  kapitallashuvi,  ushbu  sohaga  xususiy  kapitalni 

jalb  qilish,  resurs  bazalarini  oshirish,  aktivlar  sifatini  yaxshilash,bank  ishini 

takomillashtirish  hisobidan  banklarning  moliyaviy  barqarorligi  va  likvidligini 

oshirish; 

  yetakchi  xalqaro  reyting  kompaniyalari  tomonidan  qo‘llanadigan  va 



alohida  banklar  va  hamda  butun  bank  tizimining  butun  dunyoda  qabul  qilingan 

baholash  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  yanada  yuqori  darajaga  ko‘tarilishini  ob’ektiv 

baholash  imkonini  beradigan  xalqaro  normalar,  standart  va  mezonlar  asosida 

alohida  banklar  va  butun  bank  tizimi  faoliyatini  tahlil  qilish  va  baxolashning 

zamonaviy tizimini joriy qilish; 

  mamlakatimizning  chekka  hududlarida  aholiga  ko‘rsatilayotgan  bank 



xizmatlari  sifatini  oshirish  orqali  bank  tizimiga  bo‘lgan  ishonchni  yanada 

mustahkamlash. 

Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  mustaqillikning  ilk  davrlaridayoq 

mamlakatimizda  mustahkam  bank  infratuzilmasi  shakllandi.  Tobora  taraqqiy  etib 

borayotgan  bank  tizimi    mamlakatimizni  har  tomonlama  taraqqiy  ettirishda,  xalq 

farovonligini  oshirish  maqsadida  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlarni 

muvaffaqiyatli davom ettirishda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib boraveradi. 


66 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 

1.  O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 

to‘g‘risida”gi Qonuni. 1995 yil 21 dekabr. 

2.  O‘zbekiston  Respublikasining  “Banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risida”gi 

Qonuni. 1996 yil 25 aprel. 

3.  O‘zbekiston Respublikasining “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi Qonuni. 2005 

yil 16 dekabr. 

4.  O‘zbekiston  Respublikasining  “Fuqarolarning  banklardagi  omonatlarini 

himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.       2002 yil 5 aprel. 

5.  O‘zbekiston  Respublikasining  “Bank siri to‘g‘risida”gi  Qonuni.            2003  yil 

30 avgust. 

6.  O‘zbekiston  Respublikasining  “Qimmatli  qog‘ozlar  bozori  to‘g‘risida”gi 

Qonuni. 2008 yil 22 iyul. 

7.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 

yillarda  respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh  qilish,  uning 

barqarorligini  oshirish  va  yuqori  xalqaro  reyting  ko‘rsatkichlariga 

erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PQ-1438-sonli Qaroriga. 

8.  I.A.Karimov  "2013  yilda  mamlakatimizni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 

yakunlari  xamda  2014  yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim 

ustuvor  yunalishlari"ga  bag‘ishlangan  Vazirlar  Maxkamasining  majlisidagi 

ma’ruzasi. 2014 yil 18 yanvar. 

9.  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan   1998 yil 2 

noyabrda  tasdiqlangan  “Tijorat  banklari  likvidligini  boshqarishga  bo‘lgan 

talablar to‘g‘risida”gi 421-sonli Nizom. 

10.   O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bank  Boshqaruvi  tomonidan      2009  yil 

15  avgustdagi  “Banklarni  ro‘yxatga  olish  va  ular  faoliyatini  litsenziyalash 

tartibi to‘g‘risida”gi  703-sonli Nizom 

11.   O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “O‘zbekiston  Respublikasida 

banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi 

1518-sonli Yo‘riqnomasi. 2005 yil 10 oktyabr. 


67 

 

12.   O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “O‘zbekiston  Respublikasi 



Markaziy  banki  tomonidan  tijorat  banklariga  qayta  moliyalash  kreditlarini 

berish tartibi to‘g‘risida”gi 619-sonli Nizomi. 2011 yil 22 yanvar. 

13.   O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “Tijorat  banklarining 

O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankida  depozitga  o‘tkaziladigan 

majburiy  rezervlari  to‘g‘risida”gi              2009  yil  15  avgustdagi  701-sonli 

Nizomi.  

14.  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  "Tijorat  banklari  tomonidan 

kimmatli kogozlar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalarga ko‘yiladigan talablar 

to‘g‘risida "gi 571-sonli Nizomi, 1998 yil              19 dekabr. 

15.  I.A. Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida.- T.: 

O‘zbekiston, 1995 yil. 

16.  I.A.Karimov.  «Bank  tizimi,  pul  muomalasi,  kredit,  investitsiya,  moliyaviy 

barqarorlik to‘g‘risida», T.: O‘zbekiston, 2005 yil. 

17.  I.A. Karimov. O‘zbekiston buyuk kelajak sari.- T.: O‘zbekiston,     1998 yil. 

18.  I.A.Karimov.  Ozod  va  obod  vatan,  erkin  va  farovon  hayot-pirovard 

maqsadimiz.-Toshkent: O‘zbekiston, 2000 yil. 

19.  I.A.Karimov. O‘zbekiston  XXI asrga intilmoqda.-T.1998 yil. 

20.  Abdullaeva SH.Z. Pul, kredit va banklar. Darslik. - T.: "Moliya",  2004 yil. 

21.  Abdullaeva SH.Z. Bank ishi. Darslik. - T.: TMI, 2003. 

22.  Abdullaeva SH.Z. Xalkaro valyuta va kredit munosabatlari.-T.: TMI, 2006 yil. 

23.  YO.Abdullaev,  T.Qoraliev  va  b.  Bank  ishi.  O‘quv  qo‘llanma.  -T.:  "Iqtisod-

Moliya", 2010 yil. 

24.  Norqobilov S.X. Xalqaro amaliyotda bank nazorati. Magistrlar uchun darslik.- 

T.: "Iqtisod-Moliya", 2007 yil. 

25.  Sattarov  O.B.  Tijorat  banklari  likvidligini  boshqarish.  Monografiya-T.: 

"Extremum Press", 2010 yil. 

26.  Mullajonov F. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. - T.: 2010. 

27.  Lavrushin O.I.  Bankovskoe delo (2-nashri). Moskva 2004 yil. 

28.  Piter S.Rouz Bankovskiy menejment.Moskva 1997 yil. 


68 

 

29.  Jarkovskaya E.P. Bankovskoe delo: O‘quv qo‘llanma. –M., 2006 yil. 



30.  Jarkovskaya E.P. Bankovskoe delo: O‘quv qo‘llanma. –M., 2005 yil.  

31.  Kolchina N.V. Finance predpriyatiy: O‘quv qo‘llanma. –M., 1998 yil.  

32.  “Bozor, pul va kredit” jurnali. 5-son, 2013 yil.  

33.  “Moliyachi” jurnali. 

34.  “Bank axborotnomasi” gazetasi. 17,18,19 va 23 sonlari, 2013 yil. 

35.   Internet saytlari: 

 

www.cbu.uz



 - O‘zR MBning rasmiy veb-sayti; 

 



www.ahbor.uz

 – “Ahbor reyting” RAning rasmiy veb-sayti; 

 

www.minfin.uz



 - O‘zR Moliya Vazirligining rasmiy veb-sayti;

 



 

www.aloqabank.uz

 – OAT “Aloqabank” ning rasmiy veb-sayti;

 



 

www.bankir.uz

 - norasmiy veb-sayt; 

 



www.lex.uz

 O‘zR Milliy qonunchilik tizimining veb-sayti; 

 

www.uzreport.com



 - O‘zR Hisobotlar tizimining veb-sayti; 

 



www.bis.org

 – Xalqaro Bazel Qo‘mitasining rasmiy veb-sayti; 

 

www.



 

wikipedia.org

 – Global internet tarmog‘i ensiklopediyasi; 

 



www.adb.org

 – Osiyo Taraqqiyot Bankining rasmiy veb-sayti; 

 

www.imf.org



 – Xalqaro Valyuta Fondining rasmiy veb-sayti;

 



 

www.worldbank.org

 – Jahon bankining rasmiy veb-sayti; 

 



www.bankofengland.co.uk 

- Angliya MBning rasmiy veb-sayti.

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



69 

 

1-Ilova 



Hozirgi kunda mamlakatimizda mavjud barcha tijorat 

banklarining ro’yhati va bosh offislarining manzili haqida 

ma’lumot 

№ 

Tijorat banklarining nomi 



 

Manzili 


Litsen

ziya olgan 

sanasi 



O’zbekiston Respublikasi tashqi 



iqtisodiy faoliyat Milliy banki  

Toshkent sh., Yunusobod 

tumani, Amir Temur ko’chasi, 101 

25.10.


1991  

O’zbekiston Respublikasi davlat-



tijorat Xalq banki 

Toshkent sh., Chilonzor 

tumani, Qatortol ko’chasi, 46 

22.10.


1993  

 "Asakabank"  Ochiq aksiyadorlik-



tijorat 

Toshkent sh., Mirobod 

tumani, Nukus ko’chasi, 67 

20.01.


1996  

"Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat 



ipoteka banki  

Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek 

tumani, Mustaqillik shoh ko’chasi, 

17 


30.04.

2005  


"O’zbekiston sanoat-qurilish banki" 

ochiq aksiyadorlik tijorat banki 

Toshkent sh., Yunusobod 

tumani, Shahrisabz ko’chasi, 3 

25.07.


1991  

"Agrobank" ochiq aksiyadorlik tijorat 



banki  

Toshkent sh., Chilonzor 

tumani, Muqimiy ko’chasi, 43 

30.04.


2009  

"Qishloq qurilish bank" ochiq 



aksiyadorlik tijorat banki 

Toshkent sh., Mirobod 

tumani, Shahrisabz ko’chasi, 36 

30.04.


2009  

 "Turon bank"  Ochiq aksiyadorlik 



tijorat banki 

Toshkent sh., Shayxontoxur 

tumani, Abay ko’chasi, 4-a 

31.12.


1990  

"Mikrokreditbank” ochiq 



aksiyadorlik-tijorat banki  

Toshkent sh., Chilonzor 

tumani, Lutfiy ko’chasi, 14 

28.04.


1993  

1



Chet el kapitali ishtirokidagi 

“Savdogar” ochiq aksiyadorlik tijorat 

banki 

Toshkent sh., Mirobod 



tumani, Sayid Baraka ko’chasi, 78 

12.05.


1995  

1



"Aloqabank" Ochiq aksiyadorlik-

tijorat bank  

Toshkent sh., Mirobod 

tumani, Oybek ko’chasi, 30  

22.03.

1995  


1

"Trastbank" xususiy ochiq 



aksiyadorlik birja banki 

 Toshkent sh., Shayxontoxur 

tumani., A.Navoiy ko’chasi, 7 

21.06.


1994  

 

 



1

 



 

"Ipak Yo’li" ochiq aksiyadorlik 

innovastiya tijorat banki 

 

 



Toshkent sh., Yunusobod 

tumani, Abdulla Qodiriy ko’chasi, 

2-uy  

 

 



 

31.12.


1990  

1



"Hamkorbank" ochiq aksiyadorlik-

tijorat banki  

Andijon sh., Bobur-shox 

ko’chasi, 85  

29.07.

2000  


1

"Kapital bank"  Ochiq aksiyadorlik-



tijorat  

Toshkent sh., Mirobod 

tumani, Matbuotchilar ko’chasi, 9 

07.04.


2001  

70 

 

1



"Turkiston" xususiy ochiq 

aksiyadorlik-tijorat investistiya banki  

Toshkent shahri, Uchtepa 

tumani, Zargarlik ko’chasi, 48A-

uy 


16.03.

1998  


1

"Universal Bank" xususiy ochiq 



aksiyadorlik-tijorat banki  

 Farg‘ona viloyati, Qo’qon 

shahri, Istiqlol.ko’chasi, 18 

20.03.


2001  

1



"Ravnaq-Bank" xususiy ochiq 

aksiyadorlik-tijorat banki  

Toshkent sh., Shayxontoxur 

tumani, Furqat ko’chasi, 2 

23.06.

2001  


1

"Davr-Bank" xususiy yopiq 



aksiyadorlik-tijorat banki  

 Toshkent sh., Shayxontoxur 

tumani, Navoiy-Zarqaynar 

ko’chasi,Blok-A 

29.09.

2001  


2

“KDB Bank O’zbekiston” yopiq 



aksiyadorlik jamiyati 

Toshkent sh., Mirobod 

tumani, Oybek ko’chasi, 32 

01.03.


1997  

2



"O’T-Bank" O’zbek-Turk yopiq 

aksiyadorlik jamiyati 

Toshkent sh., Chilonzor 

tumani, Bunyodkor shoh-

ko’chasi,15-A-B-V 

13.05.


1993  

2



Eron "Soderot" Bankining 

O’zbekiston Respublikasi Toshkent 

shahridagi sho’ba banki  

 Toshkent sh., Mirobod 

tumani, Chexov ko’chasi, 10 

21.08.


1999  

2



"Invest Finance Bank" xususiy ochiq 

aksiyadorlik tijorat banki  

Toshkent sh., Shayxontoxur 

tumani, Navoiy ko’chasi, 18-a  

24.12.

2007  


2

"Amirbank" xususiy ochiq 



aksiyadorlik-tijorat banki 

Samarqand sh., M.Baraka 

ko’chasi, 49 

04.10.


2008  

2



 "Asia Alliance bank"  Ochiq 

aksiyadorlik tijorat bank 

Toshkent sh., Xamza tumani, 

Taraqqiyot ko’chasi, 2 A  

15.08.

2009  


2

 "Hi-Tech BANK" Xususiy yopiq 



aksiyadorlik-tijorat bank  

Toshkent sh., Mirobod 

tumani, Taras Shevchenko 

ko’chasi, 36B, 36A 

09.01.

2010  


2

"Orient finans" xususiy yopiq 



aksiyadorlik tijorat banki 

Toshkent sh, Mirobod tumani, 

Yakkachinor ko’chasi, 7a uy  

19.06.


2010  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

71 

 

ILOVALAR 

                             1-Ilova » 

«LITSENZIYA» 

bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun 

 

   Seriya AA 4                  №0000 

«__»________1999 (20__) y.                                         Toshkent sh. 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  Boshkaruvining  «__»_______1999(20__)  yil 



№___ sonli karoriga muvofik 

    ___________________________________________________________________ 

                            (bankning tulik nomi)  

 

___________________________________________________________________ 



                    (pochta manzili va boshka rekvizitlar) 

  kuyidagi bank operatsiyalarni amalga oshirish xukukiga ega: 

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________ 

 

Ushbu litsenziya belgilanmagan muddat mobaynida amal kiladi. 



 

Uzbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  ushbu  litsenziya  shartlariga  uzgarish  va 

kushimchalar  kiritishi  xamda  Uzbekiston  Respublikasi  «Uzbekiston  Respublikasining 

Markaziy  banki  tugrisida»gi  va  «Banklar  va  bank  faoliyati  tugrisida»gi  konunlarida  kuzda 

tutilgan xollarda uni bekor kilishi mumkin.   

 

Bank 1999 (20)___ yil «___» _________da _____-rakam ostida Banklarni ruyxatga olish 



Davlat kitobiga kiritilgan. 

 

 



Uzbekiston Respublikasi 

Markaziy banki raisi urinbosari 

                                     (m.p.)» 



72 

 

 

2-Ilova » 

BANKNI RUYXATGA OLISH KARTASI 

 

Bank nomi 



 

 

 

Pochta manzili 



 

 

 

Telegraf manzili 



 

 

 

Teleks 



 

 

 

Telefaks 



 

Bank kengashi raisi 



 

 

 

Telefon 



 

Boshkaruv raisi 



 

 

 

Telefon 



 

Boshkaruv raisining urinbosari 



 

 

 

Telefon 



 

Bosh buxgalter 



 

 

 

Telefon 



 

 

Bank rekvizitlari 

 

Bank kodi 



Bankdagi vakillik 

xisobrakami rakami 

Vakillik 

xisobrakami 

ochilgan bank 

muassasasi rakami 

Xisob-kitob 

markazi rakami 

 

 

 



 

 

Iktisodiy kursatkichlar 

 (mln. sum) 

Ustav kapitali mikdori: 

199___ yil “ __ “______ xolatiga kura 

 

Asosiy faoliyat turlari 



 

 

KOD 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

73 

 

 



Muassislar soni 

EGRPO KODI 

mln. Sum 

(ta’sis badali) 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Markaziy bank Raisi 



urinbosari                                       199__ yil «___»_________ 

 

 

Tijorat banklariga litsenziya  

berish va ular faoliyatini tartibga 

solish departamenti direktori                   199__ yil «___» __________ 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



74 

 

 



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling