O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti “tasdiqlayman”
Tijorat banklarining iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasi tijorat banklarini litsenziyalash amaliyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- II Bob . O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI LITSENZIYALASH AMALIYOTI
1.2.Tijorat banklarining iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati
Tijorat banklari bozor
munosabatlari sub’ekti sifatida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ularning o‘rni quyidagi holatlarda yaqqol nomoyon bo‘ladi: 1. Tijorat banklari iqtisodiyotni kreditlash faoliyati bilan shug‘ullanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hajmi oshadi. Bu esa pirovard natijasida mamlakatning iqtisodiyotining rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘lmish YAIM ning kengayishiga olib keladi. 2. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorining faol ishtirokchisi hisoblanadi. Banklar bu bozorda ham investitsion faoliyatni amalga oshiradi. Banklarning investitsion faoliyati emitentlarning likvidligini oshishiga, moliyaviy resurslarni ko‘payishiga va qimmatli qog‘ozlar savdosida rivojlanishiga olib keladi. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish orqali aholi va korxonalarning ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb etadilar va ularni kredit investitsiya sifatida joylashtiradi. 3. Tijorat banklari iqtisodiyot subektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshiradi. 4. Tijorat banklarining kreditlari hisobidan Xo‘jalik yurituvchi subektlarning majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi. Demak T/B iqtisodiyotda likvidlikni ta’minlaydi. 5. Tijorat bank Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirishda faol ishtirok etadi, chunki Markaziy bankning tuman va shahar filiallari yo‘q. 6. Tijorat banki Markaziy bankning pul – kredit siyosatini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi. Markaziy bank pul aylanmasini tashil qiladi, lekin pullari tijorat banklari orqali aylanadi. Jahon amaliyotida universal tijorat banklari bilan birga Investitsion banklar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Masalan AQSH da investitsion banklarning faoliyati yuksak rivojlangan. Investitsion banklar depozit qabul qilish va kreditlar berish huquqiga ega emas. 14
Banklarning mohiyati va funksiyalari, shuningdek, bajaradigan operatsiyalari va ko‘rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini belgilab beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tiborni ularning vujudga kelish omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish lozim. Banklarning roli ularning funksiyalari kabi ma’lum darajadagi xususiyatlarga egadir. Banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan bo‘lishidan qa’tiy nazar, iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bo‘lgan operatsiyalarni bajaradi. Shu bois ham banklar qanday mulkiy shaklda yoki ixtisoslikda tashkil topgan bo‘lishidan qa’tiy nazar, ular iqtisodiyotda alohida ahamiyat kasb etadi. Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‘pqirrali bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
o‘ziga jalb etadi;
qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to‘lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag‘lar beradi;
milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;
iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o‘rtasida hisob – kitob va to‘lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;
bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi;
Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jamg‘arish asosida ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, jamiyatda faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha
15
bo‘lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj tug‘ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish siklining turli – tumanligi (qishloq xo‘jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag‘lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga nisbatan qo‘shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag‘larning ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi. Bu ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot sifatida banklar maydonga chiqadi. Birinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlarining vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan ikkinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlariga, ya’ni qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezgan xo‘jalik sub’ektlariga qayta taqsimlab beradi. Bizningcha, ushbu munosabatlarni bankdan bo‘lak birorta moliyaviy tashkilot samarali va tez hal eta olmaydi. Banklarning ushbu o‘ziga xos jihati iqtisodiyotdagi rolini belgilaydi. Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, bu ularning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi va davlat tashkilotlari o‘rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi va ularning ustidan tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar tomonidan amalga oshiriladi va tartibga solib turiladi. Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 1.Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining mustahkamligi. Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o‘tilgan qisqa davrda yig‘ilgan tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining
16
asosiy o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishi bilan bog‘lab ko‘radigan bo‘lsak, banklarga nisbatan ishonch yo‘qolishi oqibatida ularning jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi. Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: –banklarning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa; –aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo‘lgan talabi to‘liq va o‘z vaqtida qondirilmasa; –mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i va aylanmalari haqida bank siri ta’minlanmasa; –mijozlarning pul o‘tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli manzilga o‘tkazilmasa; –bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va boshqalar. 2. Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va bozor mexanizmlari samaradorligini oshirish lozim. Tijorat banklarining xo‘jalik sub’ektlariga kreditlarni berishda, mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini qondirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki, banklar milliy iqtisodiyotdan ajralgan holda, alohida sub’ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas. Masalan, banklarning asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni emissiya qilishini oladigan bo‘lsak, muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar massasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyasiya darajasi oshishi bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak, muomalaga emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 17
Bu o‘z navbatida iqtisodiyotda ishlab chiqarish va tovarlar aylanmasi samaradorligi ta’minlanganligini talab etadi. Demak,
iqtisodiyotda tovar
massasi va
pul massasi
o‘rtasidagi muvozanatlikning ta’minlanishi, birinchidan, bankning iqtisodiyotdagi rolini oshirsa, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Biroq, bu muvozanatlikni ta’minlanishiga qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir qiladi. Masalan, 90 yillarning oxirlarida Rossiyada, shuningdek, qator sobiq ittifoq respublikalarida, shu jumladan malakatimizda ham pullarni muomalaga chiqarish hajmi ishlab chiqarish hajmidan sezilarli darajada pasayib ketdi. Buning natijasida ishlab chiqarish jarayonida uzilishlarni vujudga kelishiga, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida debitor – kreditor summalari miqdorining sezilarli darajada oshib ketishiga olib keldi. Banklarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini, ya’ni ularning rolini real sektorni kreditlash munosabatlari misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Mamlakat real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud bo‘lib, ushbu ehtiyoj ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi. Inqiroz sharoitida iste’mol tovarlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar bahosining pasayishi, davlat buyurtmalari hajmining qisqarishi, debitorlarning to‘lovga layoqatsizligi korxonalarda qo‘shimcha moliyaviy resurslarga bo‘lgan kuchli talabni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Albatta, ushbu talab to‘lig‘icha banklarning kreditlari hisobidan qondirilishi, birinchidan, maqsadga muvofiq emas. Ikkinchidan, banklarda iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish uchun etarli moliyaviy resurslarning taqchilligi paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, eng muhimi banklar tomonidan berilgan kreditlarning to‘liq qaytmaslik xavfi, ya’ni kredit riski vujudga keladi. Shu bois, iqtisodiy inqiroz sharoitida banklarning kreditiga talab yuqori bo‘lsada, banklar kredit quyilmalari hajmini oshirishga moyillik sezishmaydi. Bu banklarning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga emas, balki banklar ham tijorat muassasa sifatida asosiy e’tiborini iqtisodiy manfaatdorlik olishga qaratishini, eng muhimi banklar risk asosida kredit 18
sifatida beradigan mablag‘lari o‘z mablag‘lari emas, balki chetdan jalb qilingan boshqa shaxslarning mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritayotganligini unutmaslik lozim.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, banklarning iqtisodiyotdagi roli nafaqat banklarning o‘ziga, balki milliy iqtisodiyotning rivoji va raqobatbardoshligiga bevosita bog‘liq. O‘z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobatbardoshligi mamlakatda barqaror va samarali bank tizimining tashkil etilganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Bir so‘z bilan aytganda, banklar va milliy iqtisodiyot bir – biridan ayri holda rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular biri – birini to‘ldirgan holda, bir – biriga o‘zaro hamoxang tarzda rivojlanib va takomillashib boradigan iqtisodiy – moliyaviy sub’ektlar hisoblanadi. Mamlakatimizning bugungi kundagi bank tizimi holati tez suratlarda o‘sib bormoqda. Buning natijasida tijorat banklarining kreditlash hajmi va aholi omonatlarini qabul qilishi kengayib bormoqda. Kundan – kunga aholining banklarga ishonchi ortib borishini banklardagi aholi omonatlari hajmi o‘sib borishida ko‘rib borishimiz mumkin. Mamlakatimiz bank tizimini rivojlanishiga albatta mamlakatimiz rahbarining “2011-2015 yillarda respublika moliya – bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaror talablarini bajarilishi o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ushbu qarorning bajarilishini esa bank tizimimizga xalqaro reyting agentliklari tomonidan berilayotgan “barqaror” darajalarida ham ko‘rishimiz mumkin.
19
FAOLIYATINI LITSENZIYALASH AMALIYOTI 2.1. O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linadi: 1.Tayyorgarlik bosqichi. Bu davrda bank muassislari o‘rtasida bank tashkil etishga kelishiladi, tashabbus guruhi tuziladi, har bir muassisning ustav kapitaliga qo‘shilgan ulush miqdori belgilab olinadi, bankning ta’sis hujjatlari majmui tayyorlanadi, bankning nomi aniqlanadi, ta’sischilar o‘rtasidagi kelishuvlar dastlabki shartnoma tarzida rasmiylashtiriladi, uning asosida ta’sis shartnomasi tuziladi (FKning 43-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi «Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari haqida»gi Qonunning 3-moddasi) aksiyadorlik tijorat banklarining muassislari bank davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar bo‘ladilar. 2. Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi. Bu bosqich ikki davrni o‘z ichiga oladi: bank ta’sis etish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatini berish; bankni ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda asosiy litsenziya berishdan iborat. Muassislar o‘z oralaridan Markaziy bankda, uning hududiy Bosh boshqarmalarida va boshqa organlarda bankni tashkil etish yuzasidan ularning manfaatlarini ifoda etishga vakil qilingan shaxsni belgilaydilar. Uning vakolatlari ta’sis shartnomasi bilan tasdiqlanadi. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari bank muassislarini bank tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan zarur qonun hujjatlari bilan ta’minlaydilar. Muassislar tomonidan ta’sis shartnomasi imzolanganidan so‘ng bir oy mobaynida Markaziy bankka bankni ochish uchun dastlabki ruxsatni berish to‘g‘risidagi arizani taqdim etadilar. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: -yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo‘yicha xujjat; 20
-muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi. Ta’sis etuvchilar jismoniy shaxs bo‘lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi; -muassis aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi; -bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o‘z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi. Qayd etib o‘tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning banklarni litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi. Bulardan tashqari, Markaziy bankka muassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar: bank kengashi a’zolari ro‘yxati (kengash raisi, uning birinchi o‘rinbosari) ko‘rsatilgan holda ushbu shaxslarning Markaziy bank talablariga muvofiq kelishlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar, yangi tashkil etilayotgan bankning tashkiliy tuzilishi, ichki audit to‘g‘risidagi Nizomi, kredit siyosati to‘g‘risidagi Nizomi, biznes rejasi, ariza topshiruvchining muassislar nomidan ariza topshirish vakolatini tasdiqlovchi hujjat, tashkil etilayotgan joydagi Markaziy bank bosh boshqarmasining bank tashkil etishning maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosasi, muayyan hududida bank tashkil etish mo‘ljallanayotganligi haqida mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga berilgan bildirishning nusxasi ham topshirilishi lozim. Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar (ta’sis hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi kerak bo‘ladi. Xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banki tashkil etilayotganda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda yana quyidagilar taqdim etilishi talab etiladi: -tegishli xorijiy muassisning bank tashkil etishda ishtirok qilishi haqidagi qarori; -norezident bankning O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan ustavi;
21
-bank joylashgan mamlakat bank nazorat organi tomonidan muassis bank faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga egaligi va xususan, qaytarib berish sharti bilan o‘z mamlakatida pul depozitlari va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga egaligini tasdiqlovchi xat; -bank nazorati organining muassis bankning o‘zi joylashgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda nazorat ostida ekanligi haqidagi yozma tasdiqnoma; -muassis bankning oxirgi uch moliya yili uchun tuzilgan, auditorlik firmasi tasdiqlagan yillik hisobotlari, shu jumladan, foyda va zararlar haqidagi konsolidatsiyalangan balansi va hisoboti; -bank nazorati organi muassis bank tashkil etayotgan bankning ustav kapitalida ishtirok etishi uchun bergan yozma ruxsatnomasi yoki bunday ruxsatnoma muassis bank mansub bo‘lgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq talab etilmasligining yozma tasdig‘i. Agar bank yagona muassis sifatida davlat tomonidan ta’sis etilsa, aksiyadorlik jamiyati bo‘lgan bankning ta’sis hujjatlari uning ustavi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori hisoblanadi. Bankni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasida amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagilar bo‘lishi kerak: muassislarning bankni tashkil etishga doir huquq va burchlari, bankni ta’sis etish bo‘yicha birgalikda faoliyat olib borish tartibi; muassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jumladan ularning har birining to‘liq firma nomi va manzili, shuningdek, ularning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (yuridik shaxslar uchun), ismi, fuqaroligi, turar joyi hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari (jismoniy shaxslar uchun); Faoliyat yuritib turgan banklar ustav kapitalidagi hissa xorijiy shaxslar tomonidan sotib olinayotganda ham ushbu hujjat xorijiy shaxs tomonidan Markaziy bankka taqdim etilishi lozim bo‘ladi. Bulardan tashqari, xorijiy muassislar O‘zbekiston Respublikasida yangi tashkil etilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan banklarning ustav kapitalida ishtirok etgan taqdirda;
22
-xorijiy norezidentning to‘lovga qobiliyatliligi to‘g‘risida unga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan berilgan tasdiqnoma; -O‘zbekiston Respublikasi hududida bank tashkil etilishida ishtirok etish uchun mazkur mamlakat nazorat organining roziligi; -muassis mansub mamlakatning savdo reestridan ko‘chirma yoki yuridik maqomini tasdiqlovchi boshqa muqobil hujjat. Xorijiy kapital ishtirokidagi banklarda bank kengashining kamida bitta a’zosi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank tashkil etish uchun zarur bo‘lgan barcha zarur hujjatlarni talab qilishga haqli bo‘ladi. Taqdim etilgan hujjatlar Markaziy bank tomonidan ikki oy muddat ichida ko‘rib chiqilishi kerak. Markaziy bank bank faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun dastlabki ruxsatnoma berish masalasini hal etish jarayonida tashkil etilayotgan bank muassislarining moliyaviy imkoniyatlari va nufuziga, bank rahbarligiga taklif etilayotgan shaxslarning kasbiy mahoratiga, biznes va moliyaviy reja ko‘rsatkichlariga, tashkil etilayotgan bankning binolar va uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasiga ham e’tibor qaratadi. Bankning ochilgunga qadar lokal tarmoq bilan ta’minlangan bo‘lishi «BOK» dasturiy ta’minotning tarmoq variantining Markaziy bank tomonidan litsenziyalanishi, bank hisob-kitoblar markazi bilan barqaror ishlaydigan alohida aloqa kanali bilan ta’minlanishi, kamida beshta kompyuterga, modemlarga, dasturiy ta’minot va texnikani ishlatish bo‘yicha ta’lim olgan mutaxassislarga ega bo‘lishi shart. Dastlabki ruxsatni berish to‘g‘risidagi qaror barcha zarur hujjatlar ilova qilingan ariza taqdim etilgan kundan boshlab uch oydan kechikmagan muddatda qabul qilinadi. Markaziy bankning dastlabki ruxsati muassislar moliyaviy imkoniyatlari va obro‘si, biznes-reja, kapital tarkibi, moliya rejasi hamda tegishli bank binolari va jihozlari bilan ta’minlash imkoniyatlarini baholash asosida beriladi. Dastlabki ruxsat olinganidan keyin muassislar bankni ro‘yxatga olish va 23
litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-texnik va boshqa tadbirlarni amalga oshiradilar. Bank boshqaruvi raisi va bosh buxgalteri nomzodlarini tanlanib, Markaziy bankning roziligini olish uchun taqdim etiladi. Dastlabki ruxsatning olinishi litsenziya berilishini kafolatlamaydi. Markaziy bank tomonidan berilgan dastlabki ruxsat u olingan kundan boshlab olti oydan oshmaydigan muddat davomida o‘z yuridik kuchini saqlab qoladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshirishga litsenziya olish uchun muassislar oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi: -litsenziya berish va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida vakolatlari muassislar tomonidan yozma ravishda tasdiqlangan vakil shaxs tomonidan imzolangan arizani taqdim etilishi; -davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun berilgan barcha talablarni bajarish; -barcha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirishlari, binolar va uskunalarni tayyorlashlari, bank operatsiyalarini avtomatik amalga oshirish maqsadida dasturiy-texnikaviy vositalarni tayyorlashlari, kassa uzelini Markaziy bank talablariga muvofiq tayyor holga keltirishlari; -O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilan- gan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan miqdorda ustav kapitalini to‘lashlari va ustav kapitali to‘lanlanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari; -bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida, filiallar ro‘yxatga olinayotganida esa ushbu mablag‘ning yarmi miqdorida haq to‘lanishi, ustav kapitalining 30 foizidan ortig‘i xorijiy shaxslarga tegishli bo‘lgan banklar va sho‘‘ba banklarini ro‘yxatdan o‘tkazishda haq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi lozim. Quyidagi rasmda biz bank operatsiyalarini bajarishga litsenziya olish uchun belgilangan talablar bilan tanishib chiqamiz. |
ma'muriyatiga murojaat qiling