O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti “tasdiqlayman”


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana21.11.2020
Hajmi1.28 Mb.
#149518
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekiston respublikasi tijorat banklarini litsenziyalash amaliyoti


3-rasm. 

Respublikamizda 

bank  infra  tuzilmalarining  o‘zgarish 

dinamikasi.

7

 

Rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, so‘nggi yillarda  mamlakatiizda bank infra 

tuzilmasi kengayib bormoqda. 2009 yilda bank nfratuzilmalarining soni  9069 tani 

tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda ularning soni 9551 taga  va 2013 yilda 9558 taga 

etgan.  Bu  ijobiy  holatlardan  bo‘lib,  mamlakatimizda  bank  xizmatlari  ko‘lami  va 

sifat darajasi oshib boayotganligidan dalolat beradi. 

2013  yilda  bank  tizimida  amalga  oshirilgan  izchil  va  aniq  maqsadli  islohotlar 

banklar  kapitallashuv  darajasi  va  depozit  bazasining  yuqori  sur’atlarda  o‘sishiga 

imkon  berdi  va  natijada  bank  tizimining  moliyaviy  barqarorligi  mustahkamlanib, 

moliyaviy vositachilik roli kengaydi hamda ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifati 

yanada oshdi. 

Bank  tizimining  moliyaviy  barqarorligi  va  rivojlanishi  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  2011  yil  7  yanvardagi  PQ-1464-sonli  Qarori  bilan 

tasdiqlangan indikatorlar tizimiga asosan tahlil qilinganda, bank tizimining barcha 

ko‘rsatkichlari «yuqori darajada»gi indikator baholariga muvofiq kelmoqda. 

                                                           

7

 O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma`lumotlari 



35 

 

Xususan,  bugungi  kunda  bank tizimi  kapitalining  etarlilik  darajasi 24,3  foizni 



tashkil  etib,  u  xalqaro  bank  nazorati  bo‘yicha  Bazel  qo‘mitasi  tomonidan 

belgilangan  8  foizlik  talabdan  3  barobar  ko‘pdir.  2014  yilning  1  aprel  holatiga 

ko‘ra, banklarning umumiy kapitali 6,5 trln. so‘mdan oshib ketdi. 

 

4-rasm. Tijorat banklari jami kapitalining o‘sish dinamikasi



8

 

Rasm  ma’lumotlaridan  ko‘rinib  turibdiki,  tijorat  banklari      jami        kapitali    

keyingi    yillarda   yuqori   sur’atlarda   o‘sib    borish  

tendensiyasiga  ega  bo‘lgan.  Xususan,    tijorat  banklari  umumiy  kapitali  2012 

yilda  2011  yilga  nisbatan 16,2 foizga  oshib,  6,2 trln. so‘mga  etdi. 2013 yilda 

esa 6.5trln.so‘mni tashkil qildi.   

O‘zbekiston Respublikaasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 

yillarda  respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh  qilish  va  barqarorligini 

oshirish  hamda  yuqori  xalqaro  reyting  ko‘rsatkichlarigaerishishning  ustuvor 

yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 1438-sonli Qaroriga asosan tijorat banklari qo‘shimcha 

aksiyalarni chiqarish orqali xususiy kapitalni 2015 yilgacha 2,1 barobarga oshirish 

ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.   

Bank tizimi barqarorligining yana bir muhim ko‘rsatkichi hisoblangan likvidlik 

darajasi  2013  yilda  ham  65  foizdan  yuqori  darajada  saqlanib  qolayotganligi  va 

ushbu  ko‘rsatkichning  talab  etiladigan  minimal  darajadan  2,2  barobar  ortiqligi 

                                                           

8

 

www.cbu.uz



 internet sayti ma`lumotlari 

 


36 

 

mamlakatimiz bank tizimining mustahkamligini hamda har qanday tashqi va ichki 



salbiy ta’sirlarga to‘la bardosh bera olishini tasdiqlaydi. 

Banklar  tomonidan  aholiga  xizmat  ko‘rsatish  indikatorlari,  jumladan,  bank 

xizmatlaridan  foydalanish  darajasi  har  100  ming  (katta  yoshli)  aholiga  to‘g‘ri 

keladigan  bank  muassasalari  soni 49,7  tani  tashkil  etib  (30  tadan  ko‘pi   yuqori 

bahoga  to‘g‘ri  keladi),  «yuqori  daraja»  va  har  mingta  katta  yoshli  aholiga  to‘g‘ri 

keladigan jismoniy shaxs-omonatchilar hisobvarag‘i soni 1028 birlikni tashkil etib, 

bu  bo‘yicha  ham  (1000  tadan  ko‘pi)  «yuqori  daraja»  baholariga  muvofiq 

kelmoqda. 

Shuningdek,  yuqoridagi  qaror  talablari  bo‘yicha  respublika  bank  tizimida 

depozitlar  hajmi  dinamikasi,  kredit  qo‘yilmalari  hajmining  o‘zgarishi  kabi 

indikatorlar ham yuqori darajadagi baholarga muvofiq kelmoqda. 

Shu  bilan  birga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012  yil 

20 apreldagi 117-sonli qarori asosida 2012 yilning 1 iyulidan boshlab joriy etilgan, 

hududlarda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  darajasi,  shu  jumladan,  moliya-bank 

sohasi  faoliyatini  baholovchi  indikatorlarning  har  chorakdagi  tahlili  natijalari 

tijorat  banklarining  hududlardagi  filiallari  ko‘rsatkichlarining  yuqoriligini 

ko‘rsatdi. 

2013  yilda  tijorat  banklarining  respublika  hududlaridagi  filiallar  tarmog‘i 

yanada kengayib, 2014 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, ularning soni 837 taga etdi. 

Bank  muassasalarini  aholi  va  ishlab  chiqarish  korxonalari  hududlariga 

yaqinlashtirish  orqali  bank  xizmatlaridan  foydalanish  sharoitlarini  yanada 

qulaylashtirish maqsadida tashkil etilgan minibank va maxsus kassalar soni o‘tgan 

yilda  66  taga  ko‘payib,  ularning  soni  4196  taga  etdi,  shundan  2156  tasi  qishloq 

joylarida joylashgan. 

Bundan  tashqari,  aholidan  kommunal  va  boshqa  to‘lovlarni  bevosita  aholi 

yashash  joylariga  borib  qabul  qiluvchi  505  ta  ixtisoslashtirilgan  ko‘chma  kassa 

faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 


37 

 

Respublikamizdagi  tijorat  banklari  bilan  keng  qamrovli  va  o‘zaro  manfaatli 



hamkorlik  aloqalarini  mustahkamlash  maqsadida  mamlakatimizda  xorijiy  yirik 

banklarning 6 ta vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. 

Mamlakatimiz  banklarining  barqaror  mavqei  bank  tizimiga  bo‘lgan 

ishonchning,  xususan,  aholi  va  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  bank 

depozitlarida  saqlanayotgan  bo‘sh  pul  mablag‘lari  hajmining  barqaror  yuqori 

sur’atlarda oshib borishiga mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Shu  bilan  birga,  aholi  daromadlarining  barqaror  o‘sib  borayotganligi,  aholiga 

xizmat  ko‘rsatishning  uslub  va  mexanizmlarining  takomillashishi,  omonatlarning 

ishonchli  saqlanishini  ta’minlash  borasida  amalga  oshirilayotgan  chora-tadbirlar 

hamda  aholi  omonatlari  to‘liq  qaytarilishining  davlat  tomonidan  kafolatlanganligi 

tijorat  banklari  resurs  bazasining  muntazam  ravishda  oshib  borishini 

ta’minlamoqda. 

Amalga oshirilgan ishlar natijasida  aholi va xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning 

tijorat  banklaridagi  depozitlari  umumiy  hajmi  2013 yil  boshiga  nisbatan 

30,2 foizga ortib, 2014 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 26,1 trln. so‘mga etdi. 

 

5-rasm. Tijorat banklarida depozitlarning o‘sishi dinamikasi



9

(mlrd.so‘m) 

 

                                                           



9

 

9



 

www.cbu.uz

 internet  ma’lumotlari 

 


38 

 

Rasm  ma’lumotlaridan  ko‘rinib  turganidek,  2010-2013  yillar  mobaynida 



depozitlar  summasi  muntazam  o‘sish  tendensiyasiga  ega.  SHu  qisqa  davr  ichida 

bank depozitlar deyarli  3  martaga, omonatlar  esa 2,8  martaga oshgan  va 2013  yil 

holatiga  mos  ravishda  26102  mlrd  so‘m  va  8310  mlrd  so‘mni  tashkil  etgan. 

Depozitlar  summasining  o‘sishi  bir  vaqtning  o‘zida  tijorat  banklari  jami 

kapitalining  ham  ortishini shart qilib qo‘yadi.  Shu  bilan birga tijorat  banklarining 

kreditlash potensiali ham ortadi. 

Bank  infratuzilmasining  kengayib  borayotganligi,  o‘z  navbatida,  moliya 

bozorida  raqobat  muhitining  kuchayishi  hamda  bank  xizmatlari  sifatining  yanada 

oshishiga xizmat qilmoqda. 

Tijorat  banklari  resurslari  tarkibida  muddatli  depozitlar  muhim  moliyaviy 

manba  hisoblanib,  bank  resurslari  barqarorligi  ko‘p  jihatdan  shu  manbalarning 

ulushini  yuqoriligiga  bog‘liq.  O‘zbekiston  tijorat  banklari  resurslari  tarkibida 

depozit  mablag‘lari  hisobidan  shakllantirilayotgan  mablag‘larining  ulushi  xalqaro 

bank amaliyotidagi darajadan ancha past. Odatda, xalqaro bank amaliyotida ushbu 

ko‘rsatkich kamida 60–65 foizni tashkil etadi.  

Pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda tijorat banklari 

tomonidan  uzoq  muddatli  depozitlar  jalb  qilinishini  yanada  rag‘batlantirish 

maqsadida  majburiy  rezervlar  normasi,  yuridik  shaxslarning  muddati  1  yilgacha 

bo‘lgan depozitlari uchun - 15 foiz, muddati 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan depozitlari 

uchun  –  12  foiz, muddati  3  yildan  ortiq  bo‘lgan  depozitlari  uchun  -  10,5  foiz 

miqdorida qilib belgilandi. 

Bank  resurslarining  aksariyat  qismini  jalb  qilingan  mablag‘lar  tashkil  etishi 

bilan banklar iqtisodiyotning boshqa sub’ektlaridan ajralib turadi. Odatda bankning 

o‘z  mablag‘lari  20%gacha  etadi,  boshqa  tijorat  korxonalarida  esa  bu  ko‘rsatgich 

50-60%ni tashkil etadi. 

Banklardagi  depozitlar  bazasining  yanada  mustahkamlanishi  va  umumiy 

kapitalning  oshirilishi  banklarning  kreditlash  va  investitsiyalash  imkoniyatlarini 

kengaytirib,  bank  aktivlari  hajmining  oshishiga  imkon  bermoqda.  Buning 

natijasida  tijorat  banklarining  jami  aktivlari  hajmi  2013  yil  1  yanvar  holatiga 


39 

 

nisbatan  30  foizga  oshib,  joriy  yilning  1  yanvar  holatiga  ko‘ra,  43,9  trln.  so‘mni 



tashkil etdi. 

 

6-rasm.Tijorat banklari jami aktivlari dinamikasi



10

.(trln.so‘m) 

Rasm 


ma’lumotlaridan  ko‘rinib  turibdiki,  tijorat  banklari  aktivlari 

dinamikasida    yildan  yilga  o‘sish  sur’atlarini  kuzatishimiz  mumkin.  2011  yilda 

33.7  trln.so‘mdan  2013  yilga  kelib  43.9  trln.so‘mga  etgan.  YAIMda  bank 

aktivlarining  ulushi  ham  ortmoqda.  O‘z  navbatida  tijorat  banklari  aktivlarining 

YAIMdagi  ulushi  ham  oshib,  mos  ravishda  2013  yilda  36.8%ni  tashkil  etgan. 

Bunday  holat  ijobiy  baholanadi,chunki  banklarning  likvidligi  va  to‘lovga 

qodirligining barqaror bo‘lishiga olib keladi. 

Bugungi  kunda,  bank  aktivlarining  asosiy  qismini  kredit  quyilmalari  tashkil 

etadi. Sababi, tijorat banklarida kreditlash amaliyotini to‘g‘ri tashkil etilishi tufayli 

bankning  asosiy  daromadlari  shakllantiriladi.  Banklar  tomonidan  ajratilgan  kredit 

qo‘yilmalari qoldig‘i esa 30 foizga o‘sib, 2014 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 26,5 

trln. so‘mni tashkil etdi.  

Tijorat banklari faoliyatida kredit amaliyotining o‘rnini tahlil qilishda ularning 

aktivlari  tarkibi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Biz  quyidagi  jadval  orqali  tijorat 

banklari aktivlari va kredit qo‘yilmalari dinamikasini ko‘rishimiz mumkin. 

                                                           

10

 

www.cbu.uz



 internet sayti ma`lumoti. 

 

 



40 

 

3–jadval 



Tijorat banklari kredit qo‘yilmalari dinamikasi

11

 

(mlrd. so‘mda) 

 

Ko‘rsatkichlar 



2011 y. 

2012 y.  

2013 y. 

Summa 


Summa 


Summa 


Kredit 


qo‘yilmalari 

15652 


 

57,0 


 

20392 


 

57,1 


26530 

 

60.4 



Bank aktivlari 

27453 


100 

35744 


100 

43868 


100 

   


Yuqoridagi  jadval  ma’lumotlaridan  ko‘rinib  turibdiki,  2011–2013  yillar 

mobaynida  iqtisodiyotga  tijorat  banklari  tomonidan  yo‘naltirigan  kredit 

qo‘yilmalari va  bank aktivlarining dinamikasi keltirilgan. Tijorat banklari aktivlari 

miqdori 2011 yilda 27453 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2012  yilga kelib esa, 

35744 mlrd. so‘mni tashkil etgan, 2013 yilda esa 43868 mlrd.so‘mni tashkil qilgan. 

Biz yildan yilga bank aktivlarini  o‘sish tendensiyasiga ega ekanligini ko‘rishimiz 

mumkin.  Tahlil  qilingan  davr  mobaynida  bank  kreditlarining  jami  aktivlar 

hajmidagi salmog‘i o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Ya’ni, 2011 yilda jami bank 

aktivlari  tarkibida  kreditlarning  hajmi  57,0  foizni  tashil  etgan  bo‘lsa,  2012  yilga 

kelib  esa  57,1  foiz  2013  yilda  60,4  foizni  tashkil  qilgan.  Bu  o‘z  novbatida  ijobiy 

holat  hisoblanib,  tijorat  banklari  tomonidan  iqtisodiyotga  ajratilayotgan  kreditlar 

hajmini oshayotganligidan, buning natijasida ishlab chiqarish hajmini va yangi ish 

o‘rinlarini  yaratilayotganligidan  dalolat  beradi.  Endi  biz  quyidagi  rasm    orqali  

tijorat  banklari  kredit  qo‘yilmalari  dinamikasini  diagramma  ko‘rinishida  ko‘rib 

o‘tamiz. 

                                                           

11

 Тijorat banklarining yillik hisobot ma`lumoti asosida.  



41 

 

 



7-rasm.Tijorat banklari kredit qo‘yilmalari dinamikasi,  mlrd so‘m

12

 

 

Rasm  malumotlaridan  ko‘rinib  turibdiki,  respublikamiz  tijorat  banklari  kredit 



qo‘yilmalari  hajmi  yildan  yilga  o‘sish  tendensiyasiga  ega  bo‘lgan  va  mos  holda 

2013  yil  1  yanvar  holatiga  o‘tgan  yilning  shu  davriga  nisbatan  30.2%ga  oshib, 

20932 mlrd so‘mni tashkil etgan. 2014 yil 26530 mlrd so‘mni tashkil etgan o‘tgan 

yilning shu davriga nisbatan 30 foizga oshgan. 

Banklar tomonidan 2014 yil uchun ustuvor vazifalar etib belgilangan sanoatda 

yuqori  texnologiyali  va  zamonaviy  bo‘lgan  eng  muhim  ob’ektlar  hamda 

quvvatlarni  ishga  tushirish,  mamlakatda  ishlab  chiqarishni  texnik  va  texnologik 

jihatdan  yangilash  va  modernizatsiyalashga  qaratilgan  keng  ko‘lamli  chora-

tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, hisobot davrida iqtisodiyotning real sektoriga 

yo‘naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 2013 yilning shu davriga nisbatan 31,2 

foiz  ko‘payib,  bugungi  kunda  ularning  miqdori  26,8  trln.  so‘mdan  ortganini 

ko‘rishimiz mumkin. 

Banklarning investitsiya maqsadlariga ajratilgan investitsion kreditlari miqdori 

ham 2013 yilning shu davriga nisbatan 1,2 barobardan ziyod oshib, 2014 yilning 1 

aprel  holatiga  ko‘ra  2,1  trln.  so‘mni  tashkil  etdi.  Bu  o‘z  navbatida  iqtisodiyotda 

kreditlar hajmining oshayotganligidan dalolat beradi.  

                                                           

12

 Мarkaziy bank ma`lumotlari asosida tayyorlandi 



42 

 

  Tijorat  bankining  moliyaviy  barqarorligi  ko‘p  jihatdan  uning  kredit 



operatsiyalarining  samaradorligiga    bog‘liq.  SHu  boisdan  kredit  operatsiyalarini 

to‘g‘ri  tashkil  etish  asosida  bankda  foizli  daromadlarning  barqaror  darajasiga 

erishish  va  muammoli  ssudalarni  ko‘payishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  muhim 

vazifalardan sanaladi. 

Mamlakatimizning  bugungi  kundagi  bank  tizimi  holati  tez  suratlarda  o’sib 

bormoqda.  Buning  natijasida  tijorat  banklarining  kreditlash  hajmi  va  aholi 

omonatlarini  qabul  qilishi  kengayib  bormoqda.  Kundan  –  kunga  aholining 

banklarga  ishonchi  ortib  borishini  banklardagi  aholi  omonatlari  hajmi  o’sib 

borishida  ko’rib  borishimiz  mumkin.  Mamlakatimiz  bank  tizimini  rivojlanishiga 

albatta  mamlakatimiz  rahbarining  “2011-2015  yillarda  respublika  moliya  –  bank 

tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting 

ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi qaror talablarini 

bajarilishi  o’z  ta’sirini  ko’rsatmoqda.  Ushbu  qarorning  bajarilishini  esa  bank 

tizimimizga  xalqaro  reyting  agentliklari  tomonidan  berilayotgan  “barqaror” 

darajalarida 

ham 


ko’rishimiz 

mumkin. 


Yuqorida 

ta’kidlaganimdek 

respublikamizdagi  barcha  tijorat  banklari  universal  banklardir.  Universal  tijorat 

banklari  faoliyatini  so’nggi  yillar  davomida  3  ta  xalqaro  reyting  agentliklari 

o’rganib  chiqishmoqda.  Ular  «Moody’s»,  «FitchRaytings»  va  «Standard&Poors»  

xalqaro  reyting  agentliklaridir.  Bu  agentliklar  har  yili  o’zlarining  hisobotlarida 

O’zbekiston  bank  tizimida  mavjud  holatni  xalqaro  reyting  ko’rsatkichl;ariga 

taqqoslagan  holda  o’z  xulosalarini  bildirishadi.  «Moody’s»  xalqaro  reyting 

agentligi  shu  yili  15  aprel  kuni  «O’zbekston  bank  tizimining  rivojlanish 

istiqbollari»  yangi  hisobotini  nashr  qilib,  unga  ko’ra  ketma  –  ket  beshinchi  yil 

O’zbekiston  bank  tizimi  rivojlanish  istiqbollari  «barqaror»  darajada  tasdiqlandi. 

Mamlakatdagi  barcha  universal  tijorat  banklariga    xalqaro  reyting  agentliklarini 

bergan darajalari quyidagi jadvalda berib o’tilgan. 

 

 

 


43 

 

4-jadval 



Ahbor reyting agentligi tomonidan universal tijorat banklarga qo’yilgan 

darajalar

13

 

№ 

Bank 



Reyti

ngi 

Prognoz 

O’zlashtirilg

an sana 

Yang

ilangan 

kuni 



AT Sanoat-qurilish banki 

uzA+ 

Ijobiy 


05.2013 

01.2014 




"Asaka" DATB 

uzA+ 


Barqaror 

06.2013 


02.2014 



O’zR TIF Milliy banki 



Aniqlanmagan 



«Invest Finance Bank»



 

uzA 


Ijobiy 

02.2013 


01.2014 



"Agrobank" OATB 

uzA+ 

Barqaror 



08.2013 

01.2014 




"Mikrokreditbank" OATB 

uzA 


Barqaror 

05.2013 


01.2014 



Xalq banki 

uzA 

Ijobiy 


06.2012 

01.2014 




"Ipotekabank" ATIB 

uzA+ 


Barqaror 

07.2013 


01.2014 



«Hi-Tech Bank» 



XYoATB 

Aniqlanmagan 

10 


"KDB Bank" YoAJ 

uzA+ 


Barqaror 

09.2013 


01.2014 

11 


AT "Qishloq qurilish bank" 

uzA+ 


Barqaror 

06.2013 


01.2014 

12 


XABB "Trastbank" 

uzA+ 


Barqaror 

12.2012 


01.2014 

13 


OATB «Asia Alliance 

bank» 

uzA 


Barqaror 

09.2013 


02.2014 

14 


"Aloqabank" OAT  

uzA+ 


Barqaror 

05.2013 


01.2014 

15 


O’zbek-Turk qo’shma 

banki "O’T-Bank" 

uzA 


Barqaror 

05.2013 


02.2014 

16 


OAT Turon banki 

uzA 


Barqaror 

12.2012 


01.2014 

17 


"Universal Bank" XOATB 

uzB 


Barqaror 

10.2013 


01.2014 

18 


O‘zbekiston-Germaniya 

"Savdogar" ATB

 

uzA 


Barqaror 

10.2013 


05.2014 

19 


"Ipak Yo‘li" AITB 

uzA+ 


Barqaror 

02.2013 


01.2014 

20 


XOATB "Orient Finans"

  

 

uzB+


Ijobiy 


12.2013 

01.2014 


21 

XOATB "RAVNAQ-

BANK" 

uzB 


Barqaror 

11.2013 


01.2014 

22 


OATB "Kapitalbank" 

uzA 


Barqaror 

09.2012 


01.2014 

23 


Eron "Soderot" bankining 

Toshkent shahridagi sho'ba 

banki 

Aniqlanmagan 

 

24 


"Hamkorbank" ATB 

Aniqlanmagan 

25 


"Davrbank" XYoATB 

Aniqlanmagan 

26 


"Turkiston" XOTAIB 

uzB++ 


Barqaror 

08.2013 


 

01.2014 


27 

“Amirbank” xususiy ochiq 

aktsiyadorlik-tijorat banki 

uzV 


Barqaror 

09.2013 


06.2013 

 

                                                           



13

 Manba: 


www.ahbor.uz

 – ahbor reyting agentligi rasmiy sayti 



44 

 

«Moody’s»  agentligining  fikriga  ko’ra,  barqaror  prognozi  O’zbekiston 



iqtisodiyotining,  shu  jumladan  iqtisodiyotga  katta  hajmdagi  investitsiyalar 

yo’naltirilishi hisobiga, yuqori suratlarda o’sayotganligi bilan izohladi. Shuningdek 

iqtisodiyotni  kreditlash  hajmlarining  o’sishini  ta’minlovchi  manba  hisoblangan 

universal  tijorat  banklarningistiqbollariga  ijobiy  ta’sir  qiluvchi  muhim  omillar 

qatoriga  kiritilmoqda.  «Moody’s»  xalqaro  reyting  agentligi  tomonidan 

O’zbekistonda  oxirgi  10  yil  mobaynida  yuqori  iqtisodiy  o’sish  sur’atlari 

ta’minlangani  hamda  O’zbekiston  eksporti  tarkibining  MDXdagi  boshqa 

davlatlarga  nisbatan  diversifikatsiyalanganligi  hisobiga  iqtisodiy  o’sish  sur’atlari 

o’zgaruvchanligining sezilarli darajada past bo’lgani ta’kidlanmoqda. 

Reyting  agentligining  fikriga  ko’ra  2014-2015  yillar  davomida  kreditlash 

hajmining  yiliga  20  foizga  o’sishi  sharoitida  kapital  yetarliligining  joriy 

koefitsientini saqlab qolish uchun «Moody’s» reytingiga ega bo’lgan O’zbekiston 

banklari  kelgusida  kapitalni  qo’shimcha  oshirish  bo’yicha  chora  –  tadbirlar 

ko’rishlari  lozim.  Universal  tijorat  banklarining  joriy  likvidlilik  darajasi  bank 

tizimi  barqarorligini  baholashda  muhim  omillardan  biri  bo’lib,  qator  yillar 

davomida  65  foizdan  yuqori,  ya’ni  belgilangan  minimal  darajadan  2,  barobar 

yuqori  miqdorni  tashkil  etadi.  Xo’jalik  yurituvchi  subektlar  depozitlari  va  aholi 

omonatlari,  shuningdek,  moliyalashtirishning  boshqa  manbalari  kelgusida  bank 

tizimi  likvidliligini  ta’minlashga  xizmat  qiladi.  Jumladan  tijorat  banklaridagi 

depozitlarning  umumiy  hajmi  oxirgi  besh  yilda  4,1  barobar,  2013  yilda  esa  30,2 

foiz  oshgan.  shu  ko’rsatkichning  o’ziyoq  aholining  banklarga  ishonchi  o’tib 

borayotganligi yaqqol isboti bo’la oladi. «Moody’s» agentligi tomonidan prognoz 

davrida  tijorat  banklari  likvidliligi  va  daromadlilik  ko’rsatkichlarining  barqaror 

darajada saqlanib turishi kutilmoqda. Umumiy xulosa o’rnida «Moody’s» agentligi 

12-18  oyni  tashkil  etuvchi  prognoz  davrida  mamlakat  iqtisodiyotining  yuqori 

o’sish sur’ati banklar uchun qulay amaliyot muhitini ta’minlaydi.  

 “Fitch  Ratings”  agentligi  tahlilchilari  mamlakatimiz  bank  tizimining 

rivojlanishi  va  baholanishi  bo’yicha  o’zlarining  xulosalarini  shu  yilning  20  may 

kuni  O’zbekiston  Respublikasi va  “Fitch Ratings” xalqaro  reyting  agentligi  bilan 


45 

 

hamkorlikda  O’zbekiston  bank  tizimining  rivojlanishini  baholash  va  tijorat 



banklarining  xalqaro  reyting  olish  masalalariga  bag’ishlangan  navbatdagi  yillik 

konfrensiyada taqdimot  qilishdi. unda  ta’kidlanishicha,  makroiqtisodiy  muhitning 

qulayligi,  yalpi  ichki  mahsulotning  barqaror  o’sishi,  davlat  budjeti  profitsit  bilan 

bajarilishi, davlat budjetining past darajasi bank tizimi rivojlanishining «barqaror» 

darajada  baholanishi  uchun  asos  bo’lmoqda.  “Fitch  Ratings”  banklarning 

respublika  iqtisodiyotini  kreditlashning  barqaror  o’sishini  ta’minlamoqda. 

Kreditlashning  kengayishi  iqtisodiyotning  real  tarmoqlarida  ishlab  chiqarish 

hajmini  oshirish  hisobiga  yalpi  ichki  mahsulotning  o’sishiga  sharoit  yaratmoqda. 

Bank tizimi majburiyatlarining 10 foizini tashqi qarzlar tashkil etadi va ular asosan 

moliya bozoridagi tebranishlarga bardoshli bo’lgan Osiyo taraqqiyot banki (OTB), 

Xalqaro  moliya  korporatsiyalari  (XMK)  va  Jahon  banki  kabi  xalqaro  moliya 

institutlarining  investitsiyalaridan  tashkil  topgan.  Xalqaro  agentlik  tahlilchilari 

keyingi  yillarda  respublikamizda  moliya  –  bank  tizimining barqarorligini  oshirish 

bo’yicha  katta  ishlar  amalgam  oshirilganligini,  bank  tizimining  ko’rsatkichlari 

nafaqat xalqaro standartlarga javob beradi, balki ba’zi me’yorlar bo’yicha yanada 

mustahkamroq mavqega ega ekanligini ta’kidlab o’tdilar.  



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling