O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Marketingni tashkil etish deganda unga yuklatilgan vazifalarni bajaruvchi 
tarkibiy bo‗limlarning tuzilishi va ularning o‗zaro mas‘uliyatlarini hamda 
bog‗liqliklarini ifodalovchi tizimni yaratish tushuniladi. Bu kabi tizim oddiy 
korxonadan tortib bozorda faoliyat ko‗rsatayotgan barcha iqtisodiyot sub‘ektlarida 
tuzilgan marketing xizmatlarini o‗z ichiga oladi. 
Marketingni muvaffaqiyatli tashkil etishda maqsadlar va ushbu xizmat 
maqomiga e‘tibor qaratiladi. 
Bugungi kunda ko‗plab rahbarlar o‗z korxonalarining asosiy maqsadi 
sifatida yuqori foyda olish deb hisoblaydilar. 
Uzoq kelajakni ko‗zlab ish yuritadigan korxonalar uchun bu tanlov unchalik
muqobil variant emas. Chunki, korxona uzoq kelajakni ko‗zlab ish yuritishni 
maqsad qilib qo‗ygan bo‗lsa (marketing faoliyati aynan shunday hisoblanadi), u 
holda korxona o‗zining mavjud mablag‗ining asosiy qismini ilmiy - tadqiqot 
ishlariga, ishlab chiqarish tayyorgarligiga, kadrlar malakasini oshirishga 
yo‗naltirishga to‗g‗ri keladi. Bu esa, o‗z navbatida ishlab chiqarish xarajatlari 
oshishini va mos ravishda foyda miqdorining kamayishini keltirib chiqaradi. 
Yaponiyadagi mashhur «Matsunta Denki» firmasining asoschisi Konosuke 
Matsusitaning fikricha, faqat unchalik yuqori ham emas, unchalik kam ham emas, 
balki oqilona miqdorda foyda olgandagina korxona o‗z faoliyatini kengaytirishi 


172 
mumkin. Marketingni tashkil etishga kirishgan korxonaning asosiy maqsadlari
yaponlar tajribasidan kelib chiqqan holda afzalligi bo‗yicha quyidagilardan iborat: 

sotish xajmi; 

sotuv yoki foyda hajmida o‗sish sur‘atlari; 

bozordagi hissasi; 

rejalangan foyda, bu foydaning hajmi, uning sotuv hajmiga nisbati, 
barcha 
sarmayadorchi 
foyda 
me‘yori,foydaning hissadorlar 
sarmoyasiga nisbati va boshqalarda aks etishi mumkin;

sarmoyaning tarkibi, ya‘ni faollarning umumiy summasiga yordam 
shaklidagi sarmoyaning nisbati (bu YAponiyada taxminan 20 % ga 
teng). 
Shuni ta‘kidlash joizki, korxonada joriy qilinadigan marketingning 
muvaffaqiyat qozonishi uchun unda tegishli xizmatni tuzishning o‗zi etarli emas. 
Asosiy narsa – bu ana shu xizmatga qanday maqom berilganligidadir. 
Marketing bo‗limi zimmasiga mahsulotning pirovard iste‘molchilari bilan 
bog‗liq barcha muammolar tushadi, bu vaqtda boshqa bo‗linmalar o‗z e‘tiborini 
har xil juz‘iy vazifalarga qaratgan bo‗ladi. SHu boisdan, marketing bo‗limi butun 
faoliyati muvofiqlashtirib turishini tan olish mutloqo tabiiydir. U ishlab chiqarish 
jarayonida etakchi bo‗lishi uchun maqomini boshqa bo‗linmalar ichida eng yuqori 
qilib belgilash lozim. 
Paxta tozalash korxonalarida marketing xizmatini xom-ashyo va tayyor 
mahsulot bo‗limi amalga oshiradi. Asosiy mahsulot hisoblangan paxta tolasini 
davlat tomonidan vakolat berilgan O‗zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy 
aloqalar vazirligiga qarashli kompaniyalar xarid qiladi va xorij iste‘molchilariga 
sotishni amalga oshiradi. Ammo shuni ta‘kidlash joizki, ko‗plab rahbarlar, ayrim 
mutaxassislar hanuzgacha marketingni faqat sotish bilan shug‗ulanuvchi faoliyat 
deb hisoblaydilar. 
Bu esa marketingning tor faoliyati doirasini keltirib chiqaradi. Marketing 
bo‗yicha yirik olimlardan biri T.Levitt quyidagicha fikr bildiradi: «Marketing tovar 


173 
savdosi bilan aslo tenglashtirilmasligi lozim. Agar savdoning asosiy ishi xaridorni 
nima ishlab chiqarilgan bo‗lsa, shuni sotib olishga ishontirishdan iborat bo‗lsa, 
marketingning vazifasi esa bozorga xaridor haqiqatdan ham ehtiyoj sezgan 
tovarlarni etkazib berishdan iborat». Shuning uchun paxta tozalash korxonalarida 
ham samarali marketing xizmatini tashkil etish lozim bo‗ladi. 
Marketingni tashkil etish iqtisodiyotning boshqa sohalarini tashkil etishdan 
o‗z xususiyatlari bilan tubdan farq qiladi. Masalan, har bir korxona, transport 
tashkiloti, aloqa yoki jamoa xo‗jaliklarining tashkiliy tizimi faqat o‗z xo‗jalik 
faoliyatini yaxshilash, yuqori foyda olish, o‗z jamoa a‘zolarining manfaatiga, 
ularning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan faoliyatdir. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling