O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Marketing xizmati vazifalari – uning o‗ziga xos tamoyillari asosida kelib 
chiqadi. Bunga quyidagilar kiradi: 

korxona mahsulotini sotish, savdo, talab va taklif, raqobat, narx, bozor 
taraqqiyotini oldindan o‗rganish va tadqiq qilish; 


178 

korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligini 
baholash, uning assortimentini shakllantirishga oid takliflar berish, kelgusida 
ishlab chiqariladigan mahsulotlar haqidagi yangi g‗oyalarni izlab topish; 

bozorga chiqarilgan mahsulotlarni tez sotish yo‗llarini belgilash, sotish va 
saqlashni tashkil etish, turib qolganlikni va iste‘molchilarning e‘tiroznomalarini 
o‗rganish; 

korxonalarda 
ishlab 
chiqarilgan 
mahsulotlar 
va 
bozor 
haqidagi 
ma‘lumotlarni to‗plash va uni qayta ishlash; 

korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, savdo va xo‗jalik faoliyati, reklama 
qilish, moliyaviy va boshqa jihatlar bo‗yicha manfaatlariga mos qaror qabul qilish 
uchun zarur hisob-kitob ko‗rsatkichlarini tayyorlash; 

reklama tadbirini yo‗lga qo‗yish orqali mahsulot sotilishini tezlashtirish va 
aholi talabini shakllantirish; 

korxona marketing xizmati faoliyatining qisqa, o‗rta va uzoq muddatlarga 
mo‗ljallangan yaxlit dasturlari (rejalari)ni yaratish; 

marketing xizmatining korxonadagi boshqa bo‗limlar faoliyati bilan aloqasi 
va muvofiqlashtirilishiga doir takliflar berish; 

korxona 
ishchilarining 
iqtisodiy 
savdo 
faoliyatidagi 
yutuqlarni 
rag‗batlantirish to‗g‗risida takliflar kiritish; 

korxona faoliyati bilan bog‗liq marketing xizmatiga daxldor moliyaviy 
hujjatlar va kadrlar masalasi; 

korxonaning bozor faoliyatiga doir hisobot va istiqbolni belgilashga oid 
hujjatlar loyihasini kelishish. 
Marketing xizmati vazifalarining asosiy maqsadi korxona to‗la xo‗jalik va 
tijorat faoliyatini bozor rivojlanishi qonunlariga bo‗ysunishdir. Bundan ishlab 
chiqaruvchilar ham mahsulot iste‘molchilari ham manfaatdordirlar. Marketingni 
boshqarish tashkiliy tizimi sxemalari 9.1-9.7-rasmlarda keltirilgan
9

9
Ғ
уломов С.С. Маркетинг асослари. –Т.: Шарқ, 2002


179 
Marketing xizmati bo‗limlari o‗zaro jips bog‗langan. Ularning har biri o‗z 
masalalarini echadi, bu esa bozor so‗rovini aniqlashdan istemolchilar talablarini 
qoniqtirish, sotishni ta‘minlashni yo‗lga qo‗yishdan iboratdir

vazifaviy marketing bo‗limlarining tashkil etilishida marketing 
bo‗limlari marketing faoliyatining xususiy vazifalari bo‗yicha ierarxik bo‗linadi. 
Bu kabi tashkiliy tuzilmaga kichik ishlab chiqarish dasturi va tovar 
assortimentiga, kam sonli milliy bozorlar va ular segmentiga ega kichik korxonalar 
(marketing xizmatlari) kiradilar. Funksional tashkil etishning yutuqlari 
bo‗linmalarni boshqarishdagi soddalik, bajariladigan vazifalarga yuqori 
javobgarlik sanaladi. Lekin, tarkibiy tuzilmaning bunday tipi bir qator quyidagi 
kamchiliklarga egadir: 

tovarlar bo‗yicha mahsus bo‗limlarning yo‗qligi; 

bozorning xududiy segmentlari bo‗yicha maxsus bo‗limlarning 
yo‗qligi; 

bozor talablarining o‗zgarishi va istemolchilar talablariga tezkor 
ta‘sirining sustligi; 

marketing tashkilotlari tadbirlarini moliyalashtirish masalalarini hal 
etishning qiyinlashganligi. 
Marketingni 
boshqarish 
vazifaviy 
tashkiliy 
tizimi 
bo‗g‗inlarining 
ma‘suliyatini ta‘minlashni belgilaydi va ularni marketing funksiyasiga bog‗liq 
ravishda ixtisoslaydi. 
Mahsulot tamoyili bo‗yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari bo‗yicha 
bo‗limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo‗limlari bo‗yicha mustaqil qaror 
qabul qilinadi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishining bu kabi bo‗lgan shakli 
avvalo ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bo‗lgan firmalarga to‗g‗ri 
keladi. Birinchi marta 1927 yilda «Prokter end Gembl» firmasi bu tashkiliy shaklni 
qo‗llagan. Hozirgi vaqtda mahsulot tamoyili bo‗yicha ishni tashkil qilish tashkiliy 
tizimi ko‗plab firmalarda, ayniqsa oziq-ovqat sanoati, atir-upa va kimyo 
tarmoqlarida keng tarqalgan (7.11, 7.12-rasmlar). 


180 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling