O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
R =
ч Ни Тст / ; (7.11) 166 Bu erda, Tst-tarif stavkasi, so‗m/soat; Ni/ch –mahsulot vaqt birligida ishlab chiqarish me‘yori, dona/soat. Mehnatga haq to‗lashning bevosita (to‗g‗ridan-to‗g‗ri) jamoaga ishbay haq to‘lash tizimida ishchilarning ish haqlari jamoa amalda ishlab chiqargan mahsulot yoki bajarilgan ish hajmiga uzviy bog‗liq. Jamoa mehnatiga haq to‗lashni tashkil etish quyidagilar bilan yakka tartibli ish haqi to‗lash tizimidan farq qiladi: 1. Ish butun brigada uchun vaqt me‘yori va ishlab chiqarish me‘yori belgilangan naryad bo‗yicha bajarilishi; 2. Brigada har bir a‘zosining ish haqi brigadadagi har bir ishchi ishining natijasiga bog‗liqligi; 3. Haq to‗lash brigada rassenkasi bilan amalga oshirilishi. Mehnatga haq to‗lashning ishbay-mukofoti tizimida ishchi mehnatga belgilangan sifat ko‗rsatkichlarini bajargani yoki oshirib bajargani uchun mukofot oladi. Masalan, sanoatda ishlab chiqarishning mas‘uliyatli bo‗g‗inlarida ishlovchi ishbay ishchilarga ishlab chiqarish rejasini bajargani va rejaning oshirib bajarilgan har bir foizi uchun mukofot belgilanishi mumkin. Bu holda ishbay-mukofot ish haqi quyidagi formula bilan hisoblanadi: Z ishbay n. = Qi x (1 + 100 П ) ; (7.12) bu erda, P – mukofot foizi %. Bilvosita-ishbay haq to‗lash tizimi birinchi o‗rinda asosiy ishchilarga xizmat ko‗rsatuvchi yordamchi ishchilarga nisbatan qo‗llaniladi va bilvosita ishbay rassenkalar (Rks) aniqlanadi: Rks = . . / ёр ч Ни Тст ; (7.13) 167 Bu erda, Tst. – yordamchi ishchining tarif stavkasi, so‗m/soat; Ni/ch yor.-yordamchi ishchilar xizmat ko‗rsatuvchi asosiy ishchilarning mahsulot ishlab chiqarish me‘yorlari, dona/soat. Ish haqi to‗lashning bu tizimida ishchining ish haqi quyidagi formula bilan hisoblanadi: Zks = Rks x Qosn (7.14) bu erda, Qosn-mazkur yordamchi ishchilar tomonidan xizmat ko‗rsatilgan asosiy ishchilarning ishlab chiqargan mahsulotlari (ishlari) hajmi, natural birliklarda . Ishbay-progressiv ish haqi to‗lash tizimida belgilangan me‘yor bajarilgan ishga oddiy rassenkalar bo‗yicha me‘yordan ortiq bajarilgan qismiga orttirilgan rassenkalar bo‗yicha haq to‗lanadi. Paxta tozalash sanoatida ushbu ish haqi to‗lash tizimi odatdan tashqari hollardagina qo‗llaniladi. Rassenkani oshirish ishlab chiqarish me‘yorini bajarish darajasiga bog‗liq va uning uchun maxsus shkala ishlab chiqilgan. Masalan, ishlab chiqarish me‘yori 20% gacha oshirib bajarilganda ishbay ratsenka 1,5% marta ko‗payadi; 50% dan oshirib bajarilganda esa rassenka 2,5 marta ko‗payadi. Akkord ish haqi to‗lash tizimi muayyan hajmdagi ishni bajarishni va bu ish uchun ajratilgan umumiy ish haqi fondini nazarda tutadi. Bunda mehnatga haq to‗lash, bajarilish muddatidan qat‘i nazar, belgilangan ish hajmi to‗liq bajarib bo‗lganidan keyin amalga oshiriladi. Mehnatga haq to‗lashning vaqtbay shaklida ishchiga to‗lanadigan ish haqi amalda ishlangan vaqti va malaka razryadining tarif stavkasi yoki belgilangan oylik okladi bilan beriladi. Bajariladigan ish tavsifi va aniq tashkiliy-texnikaviy sharoitlarga bog‗liq holda vaqtbay ish haqi to‗lashning quyidagi tizimlaridan foydalaniladi: 1. Vaqtbay ishchilarga soatlik tarif stavkasi bo‗yicha va ishbay ishchilarga soatlik tarif stavkasi bo‗yicha yoki oylik maosh bo‗yicha haq to‗lanadigan oddiy vaqtbay tizimida: 168 2. Vaqtbay-mukofot tizimida. Birinchidan, muayyan vaqt ichida ishchiga to‗lanadigan ish haqi quyidagicha aniqlanadi: Zvaqt = Tst x Q soat, (7.15) bu erda, Tst – razryadga mos keluvchi soatlik (kunlik) tarif stavkasi, so‗m; Q soat, - haqiqatda ishlangan vaqt, soat (kun). Mukofotli-vaqtbay ish haqi to‗lash tizimida ishga haq to‗lash formulasi quyidagicha: Z vaqt. M. = Tst x Q soat x (1 + ) 100 П К Р ; (7.16) bu erda, R - belgilangan ko‗rsatkichlarni bajarganlik uchun tarif stavkasiga nisbatan mukofot miqdori, %; K– belgilangan ko‗rsatkichlarni mukofotlash shartlarini har bir ortiqcha bajarilgan foizi uchun mukofot miqdori, %; P-belgilangan ko‗rsatkichlarni va mukofotlash sharoitlarini ortig‗i bilan bajarganlik foizi. Shtat maosh (oklad) tizimi bo‗yicha muxandis-texnik xodimlar va xizmatchilar mehnatiga haq to‗langanda asosiy muvofiqlashtiruvchi hujjat bo‗lib shtat jadvali hisoblanadi. Unda korxona, asosiy va yordamchi sexlar, ombor va transport xo‗jaligi va boshqa bo‗linmalarning barcha mansablari hamda ularga tegishli maoshlari ko‗rsatiladi. Muxandis-texnik xodimlar va xizmatchilarning mansab maoshlari tarmoqda tasdiqlangan mansab maoshlarining yagona sxemasi bo‗yicha belgilanadi. 169 Paxta tozalash korxonasida mehnatga haq to‗lash uchun mansab maoshlarning bir qator sxemalarida mavjud. Masalan, raxbarlar va muxandis- texnik xodimlar; chiziqli boshqaruv xodimlari; xizmatchilar va kichik xizmat ko‗rsatuvchi personal va boshqa xodimlar shular jumlasidandir. Ustalar mehnatiga haq to‗lash bo‗linmada tayyorlanadigan mahsulot murakkabligiga bog‗liq holda tabaqalashtiriladi. Bo‗linmalar uch guruhga ajratilgan va shunga mos holda maoshlarning uch xil darajasi belgilangan: I. O‗ta murakkab mahsulot ishlab chiqaradigan bo‗linmalar; II . Murakkab mahsulot ishlab chiqaradigan bo‗linmalar; III. Boshqa buyumlar ishlab chiqaradigan bo‗linmalar. Ma‘muriyat buyrug‗i bo‗yicha belgilangan ish kunida (smenasidan) ortiqcha ishlangan vaqt uchun ishchi qo‗shimcha pul bilan taqdirlanadi. Bu rag‗batlantirish miqdori dastlabki ikki soat uchun tarif stavkasiningt 50% iga, keyingi soatlar uchun 100% iga teng bo‗ladi. Dam olish kunlarida bajariladigan ishlar pul bilan qoplanish mumkin emas. Buning uchun ishchi yaqin ikki xafta ichida dam olishi shart. Bayram kunlarida bajariladigan ishlar vaqtbay ishchilar va xizmatchilarga tarif stavkasi bo‗yicha ikki baravar, ishbay ishchilarga esa ishbay rassenkasi bo‗yicha ikki barobar miqdorida to‗lanishi shart. Kasaba uyushmasi bekor turib qolishlarga haq to‗lash uchun uning sabablarini aniqlaydi va va u uch xil bo‗ladi: ishchi aybi bilan, ma‘muriyat aybi bilan va yangi ishlab chiqarishni o‗zlashtirish vaqtida ishchining aybi bilan bekor turib qolinganda haq to‗lanmaydi. Ma‘muriyat aybi bilan bekor turib qolinganda ishchiga uning vaqtbay tarif stavkasining 50% miqdorida haq to‗lanadi. YAngi ishlab chiqarishni o‗zlashtirish vaqtidagi ishchilarga bog‗liq bo‗lmagan bekor turib qolishlar vaqtbay tarif stavkasining 100% miqdorida haq to‗lanadi. Malakali ishchilardan kam malakali ishlarda foydalanilganda ularga razryadlar orasidagi farq qo‗shimcha to‗lanadi. Zararli ish sharoitlarda ishlaydiganlar uchun hma qo‗shimcha haq to‗lanadi. Masalan, paxta tozalash korxonalarida paxtani pnevmoquvurga uzatish, siklon va urug‗lik chigitini dorilash bo‗linmalarida ishlovchi ishchilarga tarif stavkasiga 170 qo‗shimcha 24%:, paxtani quritish tozalash sexi va tozalash sexi ishchilariga 16%, qolgan kasblarda 8% gacha qo‗shimcha haq to‗lanadi. Ishchining aybi bilan sifatsiz bo‗lgan, lekin tuzatiladigan mahsulotlar uchun pasaytirilgan rassenka bilan haq to‗lanadi. To‗lov miqdori vaqtbaychilar tarif stavkasining 50% dan oshmagan holda rahbariyat tomonidan belgilanadi. Ishchiga bog‗liq bo‗lmagan butunlay sifatsiz mahsulot uchun vaqtbaychilar tarif stavkasining 2/3 miqdorigacha haq to‗lanadi. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling