O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


-rasm. Ish vaqtini kuzatishning fotografiya usuli


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

7.6-rasm. Ish vaqtini kuzatishning fotografiya usuli 
 
Kuzatish ob‘ktlarining muhimligiga qarab ish kunlarini fotografiya qilish 
quyidagi turlarga bo‗linadi: 
Individual – ko‗zatish ob‘ekti va ish vaqti sarfini hisoblash uchun bir ish 
joyida ishlovchi ishchi olinadi; 
Guruh uslubida – ko‗zatish ob‘ekti va ish vaqti sarfini hisoblash uchun har 
bir guruh ishchilar olinadi, chunki guruh a‘zolarining bajaradigan ishlari bir xil 
bo‗lishi kerak. 
Brigada shaklida – ko‗zatish ob‘ekti va ish vaqti sarfini hisoblash uchun bir 
brigada ishchilari olinadi. Ularning bajarayotgan ishlari umumiy ishlar bilan 
bog‗liq bo‗lishi kerak. 


153 
Yuqorida aytib o‗tilgan usullardan tashqari ishchilar o‗zlarining ish bajarish 
vaqtidagi sarf qilayotgan vaqtlarini o‗zlari fotografiya qilishlari mumkin. 
7.2 Paxta tozalash, to„qimachilik va engil sanoat korxonalari
kadrlari tarkibi 
Kadrlar yoki korxonaning mehnat resurslari –korxona ro‗yxatida turuvchi 
va faoliyat ko‗rsatuvchi turli kasb guruhlariga kiruvchi ishlovchilar majmuasidir. 
Korxona ro‗yxatida ish qabul qilingan barcha ishlovchilar kiritiladi. Mehnat 
resurlari ishlab chiqarishning moddiy buyum elementlarini harakatga keltiradi
mahsulot yaratadi, foyda ko‗rinishida qo‗shimcha mahsulot va qiymat hosil qiladi 
(7.7-rasm).
7.7-rasm. Sanoat korxonalari mehnat resurslari 


154 
Sanoat korxonalari to‗g‗ridan- to‗g‗ri moddiy ne‘matlar yaratish jarayonidan 
ishtirok etuvchi mehnat resurslari bilan birgalikda asosiy ishlab chiqarishga xizmat 
ko‗rsatuvchi va boshqa vazifalarni bajaruvchi mehnat resurslariga ham egadir. 
Paxta tozalash sanoati xodimlari quyidagi ikki yirik guruhga ajratiladi:

sanoat ishlab chiqarish personali;

nosanoat ishlab chiqarish personali
Sanoat ishlab chiqarish personala tarkibiga mahsulot ishlab chiqarish
jarayoniga ishtirok etadigan barcha shaxslar kiritiladi.
Asosiy faoliyatdan tashqari faoliyat bilan shug‗ullanuvchilar nosanoat ishlab 
chiqarish personali tarkibiga kiritiladi.
Sanoat ishlab chiqarish personali o‗z navbatida quyidagi toifalarga 
ajratiladi: ishchilar, o‗quvchilar, muxandis- texnik xodimlar va xizmatchilar; 
kichik xizmat ko‗rsatuvchi personal; qo‗riqlash va yong‗indan muhofaza qilish 
xodimlari.
Ishchilarga bevosita moddiy qiymatlarni yaratuvchilar, asosiy vositalarni 
ta‘mirlovchilar, yuk tashuvchilar, moddiy xizmat ko‗rsatuvchilar kiradi. O‗z 
navbatida ishchilar ham asosiy va yordamchi ishchilarga bo‗linadi. SHuningdek
bajaradigan ishining tavsifiga qarab ishchilar quyidagi to‗rttga asosiy guruhga 
bo‗linadi:

mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonida mehnat qurollari 
yordamida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar;

mehnat predmetlari va tayyor mahsulotlarni tashish, saqlash bilan 
shug‗ullanuvchilar;

asosiy fondlarni tiklash bilan shug‗ullanuvchi;

ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot sifatini nazorat qiluvchilar.
Birinchi guruhga kiruvchilar asosiy ishchilar, qolganlari esa yordamga 
ishchilar sanaladi.
O‗quvchilarga korxonada shogirdga tushgan brigada usulida o‗qidiganlar 
kiradi. Rahbarlar, muxandis – texnik xodimlar xizmatchilar guruhiga kiritiladi.


155 
Rahbarlar jumlasiga paxta tozalash korxonasidagi barcha mansab 
lovozimlarni egallab turgan xodimlar va ularning o‗rinbosarlari kiritiladi, xususan: 
jamiyat raisi, bo‗lim boshliqlari, bosh mutaxasislar (bosh hisobchi, bosh muxandis, 
bosh mexanik, bosh texnolog , bosh iqtisodchi va boshqalar).
Mutaxassislar jumlasiga texnik-muxandislik, iqtisodiyot, buxgalteriya, 
huquqiy va boshqa yo‗nalishlar bo‗yicha faoliyat yurituvchi xodimlar kiritiladi.
Jamoaning ishlab chiqarish va maishiy zaruriyatlarini qoniqtirishda faoliyat 
yurituvchilar kichik ishlab chiqarish personali hisoblanadi.
Paxta tozalash korxonasi sanoat ishlab chiqarish personali tarkibiga asosiy 
ishlab chiqarish, xizmatchi ko‗rsatuvchi va yordamchi bo‗limlar (sexlar) ishchilari, 
tashqi paxta tayyorlash maskanlaridan paxtani qabul qilib olish va uni zavodga 
etkazib berish bilan shug‗ullanuvchi ishchilar, shuningdek korxonalarni boshqarish 
va uning ishlab chiqarishiga xizmat ko‗rsatish xodimlari kiradi.
Paxta tozalash korxonasi nosanoat personali tarkibiga tayyorlov tizimi 
ishlovchilari (quritish-tozalash sexi bilan birgalikda), uy-joy kommunal xo‗jaligi, 
bolalar bog‗chasi va shu kabi boshqa xo‗jaliklar xodimlari kiritiladi.

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling