O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
Ish joyini tashkil etish - bu mehnatning samarali o‗tishi uchun mashinalar,
asbob uskunalar va boshqa kerakli predmetlarning muvofiq tarzda joylashtirilgan tizimidir. Ish joyi, ishchining mehnat predmetlari yordamida mehnat faoliyatini tashkil etuvchi zonadir. Ish joyida ishchining o‗zidan tashqari ko‗pgina mehnat predmetlari ham joylashgan bo‗lishi shartdir, chunki mehnat predmetlarisiz mehnat faoliyatining samarasi ancha kam bo‗ladi, ba‘zi hollarda umuman faoliyat yuritib bo‗lmaydi. 143 Xizmat ko‗rsatuvchi mashinalarning soniga qarab ish joylari bir stanokli va ko‘p stanokli turlarga ajraladi. Ish joyining joylashgan o‗rniga ko‗ra stansionar va harakatlanuvchan turlari mavjuddir. Ish joyini tashkil etishda e‘tibor qilinadigan asosiy masala - bu bir ish joyida bir-biriga o‗xshash va yaqin jarayonlarni amalga oshirish uchun to‗liq imkoniyatlar va sharoitlar yaratishdir, ya‘ni ish joylarini ma‘lum bir faoliyat bo‗yicha maxsuslashtirish kiradi. Ish joylarining maxsuslashtirilishi maxsus jarayonlarning bir joyda sifatli va tez vaqt ichida bajarilishini ta‘minlaydi, bu esa o‗z navbatida mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi. Har bir ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatishdan asosiy maqsad, ularning har biriga etarlicha sharoit yaratilgan holda sifatli va arzon mahsulot ishlab chiqarish kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida ish joylarida mehnat qilishning eng muqobil shaklini qo‗llash, ya‘ni eng kam mehnat sarflab, eng ko‗p va sifatli mahsulot ishlab chiqarish, jihozlardan va ish fondidan samarali foydalanmoq lozimdir. Ish joyini oqilona tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatish ishlab chiqarish tarmog‗iga, texnologik jarayonlarga, ishlab chiqarish turiga, ishchi mehnatining xususiyatiga (jismoniy yoki aqliy, og‗ir yoki engil, monotonli yoki turli jarayonli), mehnat sharoitlari (qoniqarli yoki qoniqarsiz), mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi darajasi va hokazo omillarga bog‗liq . Bu omillar ish joyini tashkil etilishiga, unga xizmat ko‗rsatilishiga bevosita yoki bilvosita ta‘sir ko‗rsatadi. SHuning uchun ham bu omillarning ma‘lum bir tomonlarini e‘tiborga olish kerakdir. Paxta tozalash korxonalarida har bir ish joyi o‗zidan oldingi va keyingi ish joylari bilan bevosita texnologik bog‗liqdir. SHuning uchun ham paxta tozalash korxonalarida ish joyini tashkil etishda o‗zaro bog‗lanish omillariga e‘tibor berish shartdir. Ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatishni loyihalashda quyidagi ko‗rsatkichlarni aniqlash kerak: 144 - ish joyining qaysi jarayonlarga moslanganligi; - ish joyining asosiy va yordamchi jihozlar bilan, kerakli moslamalar bilan ta‘minlanganligi; - ish joyiga xizmat ko‗rsatish tartibi. Berilgan hamma omillarning tahlili asosida mehnatning tashkiliy to‗zi lishini, qaysi kasbdagi ishchilar tanlanishini va shu ishchilar qanday sharoitlar yaratish lozimligini aniqlash mumkin. Ish joyini tashkil etish darajasiga qarab va unga xizmat ko‗rsatishning loyihasi asosida ishchining mehnatga layoqatligi va qiladigan ishining samarasini aniqlash mumkin. Shuning uchun ham ish joyini tashkil etishdagi barcha unga ta‘sir etadigan omillarni hisobga olgan holda ta‘minlash juda muhim ahamiyatga egadir. Ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatishning asosiy yo‗nalishlari, bu ish joyining barcha zarur jihoz va moslamalar bilan ta‘minlanishidir. Ish joyi quyidagi asosiy elementlar bilan ta‘minlanishi kerakdir: - asosiy texnologik jihozlar; - yordamchi jihozlar; - texnologik asbob-uskunalar; - asbob uskunalarni saqlovchi qurilmalar; - xom-ashyo va tayyor mahsulotlar saqlovchi qurilmalar; - aloqa va signalizatsiya vositalari; - ishchilarga sharoit yaratish uchun zarur bo‗lgan vositalar (stullar, stollar, moslamalar va hokazo). - xavfsizlikni saqlovchi vositalar. Ish joyini tashkil etishda kerakli vositalarning ishlash imkoniyatlarini ham ko‗zdan kechirish lozim va agar ular ishlab chiqarish talablariga javob bermasa ularni almashtirish shart. Ish joyini tashkil etishning yana bir elementi - uning rejalashtirilishi. Ish joyini rejalashtirish deganda jihozlarning, moslamalarning, yarim fabrikatlarning va ishchining o‗zini ish joyiga moslab joylashtirish tushuniladi. Rejalashtirishda 145 jihozlarni shunday o‗rnatish kerakki, natijada ishchi faoliyati davomida iloji boricha har xil samarasiz harakatlarni kamaytirishga intilsin. Material va jihozlarni joylashtirishning ba‘zi bir shartla-ri quyidagilardan iborat: - materiallar har doim asosiy texnologik jihozga yaqin va bir joyda joylashgan bo‗lmog‗i lozim; - asboblar ma‘lum bir tartibda va reja asosida joylashilgan bo‗lishi kerak; - ko‗p ishlatidadigan asboblar va uskunalar ishchiga yaqin joyda joylashgan bo‗lishi kerak. Ish joyini oqilona tashkil etishiga - texnikaning rivojlanishi bilan talab oshib boradi, chunki ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan unga mos ravishda mehnat sarfi ham oshib boradi va texnika-texnologiyalardan samarali foydalanishga ehtiyoj yuqori darajada bo‗ladi, ulardan samarali foydalanish esa ish joyining qay tarzda tashkil etilganligiga bog‗liqdir. Ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatish quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1. Xizmat ko‗rsatishning sharoitga qarab o‗zgaruvchanligi, ya‘ni xizmat ko‗rsatish tizimining ishlab chiqarish — tezkor rejalashtirishi bilan mos tushushi; 2. Xizmat ko‗rsatishning oldindan ogoh berish shakli, ya‘ni ishlab chiqarish jarayonidan xabardor bo‗lgan holda ish joyiga xizmat ko‗rsatish; 3. Kompleksli xizmat ko‗rsatish, ya‘ni mazkur sharoitda kerakli bo‗lgan barcha xizmat turlarini kompleks tarzda etkazish; 4. YUqori sifatli xizmat ko‗rsatishni tashkil etish. Ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatishning eng samarali yo‗li namunaviy loyihalarni ishlab chiqish va uni qo‗llash hisoblanadi. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling