O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Tayanch iboralar: joriy tiklash, kapital tiklash, rejali-ehtiyot tiklash tizimi, 
tiklash sikli, tiklashlararo davr, modernizatsiya, arra-kolosnik sexi, energiya 
ta‘minoti, quvvat, energobalans, ichki zavod transporti, ombor xo‗jaligi, 
yong‗indan muhofaza xo‗jaligi. 
O„z-o„zini tekshirish va nazorat qilish uchun savollari: 
 
1. Paxta tozalash korxonalari yordamchi ishlab chiqarishlarga nimalar 
kiradi? 
2. Ta‘mirlash bo‗limi ishi qanday tashkil etiladi? 
3. Modernizatsiya deganda nimani tushunasiz? 
4. Energiya ta‘minoti xo‗jaligi vazifalari nimalardan iborat? 
5. Korxona energobalansi qanday tuziladi? 
6. Aktiv quvvat deganda nima tushuniladi? 
7. Ichki zavod transporti ishi qanday tashkil etiladi? 
8. Paxta tozalash korxonalarida ombor xo‗jaligining o‗ziga xos 
xususiyatlariga nimalar kiradi? 
9. Yong‗indan muhofaza qanday tashkil etiladi? 


139 
VII BOB. SANOAT KORXONALARIDA MEHNAT VA 
MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH 
 
7.1 Mehnatni ilmiy tashkil etish 
 
Hozirgi vaqtda mehnatni ilmiy tashkil etish deganda shuni tushunish 
kerakki, ya‘ni, mehnatni tashkil qilish ilmiy tajriba asosida mehnat qiluvchi bilan 
asbob-uskunani yagona ishlab chiqarish jarayonida birlashtirish natijasida vaqtdan 
samarali foydalangan holda mehnat unumdorligini oshirish va mehnat jarayonida 
ishchilarning sog‗ligini va ish qobiliyatini saqlab turish tushuniladi (7.1-rasm). 
7.1-rasm. Mehnatni ilmiy tashkil etishning mazmuni 
Shu sababli mehnatni oqilona tashkil etish, uni maqsadga muvofiq, me‘yorli 
sarflash, isrof bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik va shular asosida ishlab chiqarishning 
samaradorligini oshirish hozirgi davrning muhim muammolaridan biridir. 


140 
Odatda mehnat ikki xilga, ya‘ni jonli va o‗tmishdagi mehnatga bo‗linadi. 
Jonli mehnat fiziologik jarayon bo‗lib, bunda ishchilar jismoniy va aqliy quvvat 
sarflaydi. Aqliy energiya sarfi bilan jismonny energiya sarfining turli nisbatda 
bo‗lishi esa mehnatning mazmuniga hal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatadi. 
Mehnat jarayonining murakkabligi va xilma-xilligi, mehnatning usul va 
uslublari bajarilishini mustaqil tanlash, hisoblash, loyihalashtirish va rejalashgirish 
imkoniyatlari mehnatning mazmuniga muhim o‗zgarishlar kiritadi. SHu bilan bir 
qatorda mehnatni ilmiy tashkil etishning mazmuni quyidagilardan iborat: 
korxonalarda texnika, texnologiyaning va ishlab chiqarishni tashkil etish 
ishining rivojlanishi; 
• xodimlarning madaniy-texnik darajasi o‗sib borishi munosabati bilan 
mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini takomillashtirishi; 
• ijrochilarni joy-joyiga qo‗yishni va ish vaqtidan foydalanishning eng 
maqsadga muvofiq yo‗llarini belgilashi; 
• ish joylarini tashkil etish va unga xizmat ko‗rsatishni uzluksiz yaxshilab 
borish, u joylarni ijrochining fiziologik va antropometrik ko‗rsatkichlariga mos 
bo‗lgan asbob-uskunalar bilan ta‘minlash, ish joylariga ish vaqtining isrof 
bo‗lishini yo‗qotadigan eng samarali xizmat ko‗rsatadigan tartiblarni joriy qilishi: 
• mehnat jarayonini takomillashtirish, mehnatning ilg‗or usul va uslublarini 
joriy qilish; xodimlarning yuqori mehnat unumdorligini ta‘min etuvchi mehnat 
jarayonini loyihalash va tadbiq qilish, mehnatning ilg‗or usul va uslublarini 
aniqlash, o‗rganish, tanlash va joriy qilish; 
• xodimlarni tanlash, tayyorlash, ularning malakalarini oshirishni tashkil etish 
ishini va shakllarini yaxshilash, texnika va texnologiya hamda pedogogika fanining 
hozirgi zamon talablariga javob beradigan ta‘lim shakllari va usullarini tanlashdan 
iborat. 
Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil etish uchun bir qancha vazifalarning har 
birini, bir vaqtning o‗zida va bir-biriga bog‗liq holda kompleks hal etish lozim. Bu 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling