O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Ombor xo„jaligi. Paxta tozalash korxonasining ombor binolari va ular 
xillari hamda tavsifi materiallarning ko‗lami va nomenklaturasi, binolarning 
joylashishi va boshqa sharoitlar bilan aniqlanadi. 
Ushbu ombor xo‗jaligining asosiy vazifasi paxtani qabul qilish va saqlash
ishlab chiqariladigan mahsulotlarni saqlashdan iboratdir. 
Paxta tozalash korxonalarida xom ashyo va tayyor mahsulot omborlaridan 
tashqari, materiallar va ehtiyot qismlar, yonilg‗i hamda boshqa narsalar turadigan 
omborlar bo‗ladi. 
Omborlarda mexanizatsiyalashgan yuk ortuvchi transport moslamalari 
(pnevmotransport) dan, akkumlyatorli ortuvchilardan, tasmali transportyorlar, 
ko‗chma kranlardan foydalaniladi. 
Paxta yopiq joylardan tashqari ochiq maydonlarda ham saqlanadi. 
Paxtani ochiq maydonlarda saqlashni tashkil etish bir yo‗la katta kapital
mablag‗ni sarflashni talab etmaydi, lekin ochiq maydonlardan foydalanish, ularni 
tiklash, brezent, arqon va boshqa materiallarni xarid qilish, tunellar va quduqlar 
kovlash uchun ko‗pgina mablag‗ sarflashni talab etadi. Umuman olganda, paxtani 
ochiq maydonlarda saqlash yopiq omborlarda saqlashga qaraganda ancha 
qimmatga tushadi. 
Yopiq omborlarning afzalligi shundaki, ular yuk ortish-tushirish ishlarini 
to‗laroq mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi. 
Texnik chigitlar g‗aramlarda, urug‗lik chigitlar esa yopiq omborlarda 
saqlanadi. Paxta toylari ochiq maydonlarda va shiyponlarda saqlanadi. 
Yong„indan muhofoza xo„jaligi. Paxta tozalash korxonalarida tez 
yonuvchan mahsulotlar ko‗p miqdorni tashkil etadi. Ochiq alanga, qisqa tutashish 
tufayli chiqqan elektr uchquni, texnologik asbob uskeunalarga paxta bilan birga
tushgan og‗ir qorishmalarning urilishidan chiqqan mexanik uchqundan, qizigan 
jism va boshqa shu singarilardan yong‗in chiqishi mumkin. 


138 
Paxtani qayta ishlayotganda, mashinalar ishlovchi organlarining aylanish 
jarayonida ham paxta o‗z-o‗zidan alangalanishi orqasida yong‗in chiqishi mumkin. 
Masalan, paxta tez aylanayotgan arraga borib tushganida, temperatura ancha 
ko‗tariladigan paytda, kolosniklar to‗lib qolganida tola o‗z-o‗zidan alangalanib 
ketadi.
Polga, shipga va devorlarga o‗tirgan paxta gardi ham yong‗in xavfini keltirib 
chiqarishi mumkin. 
Tayyorlash maskanlarida ham paxta omborlarini ma‘lum qoidaga muvofiq 
bir-biridan uzoq qilib qurish kerak. Yоnayotgan paxtani o‗chirishda suv asosiy 
vositaditr. Shu sababli paxta omborlari yonida maxsus hovuzlar kovlanadi. U
erdan suvni motopompa yoki o‗t o‗chirish nasoslarida olinadi. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling