O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


-rasm. Tiklash sikli va tiklash davri


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

6.2-rasm. Tiklash sikli va tiklash davri 


129 
Joriy tiklash deb shunday tiklash turiga aytiladiki, bu jarayonda oz 
miqdordagi eyilgan detallarni almashtirish yoki tiklash va mexanizmlarni rostlash 
natijasida mashinalarni navbatdagi tiklashga normal ishlatish mumkin bo‗ladi. 
Paxta tlzalash korxonalarida asbob-uskunalarni joriy tiklash hajmiga 
quyidagi ishlar kiradi: texnologiya, kuch, transport va yordamchi asbob-
uskunalarning barcha harakatlantiruvchi mexanizmlarini tekshirib ko‗rish va 
bekam- ko‗stligini ta‘minlash; ayrim uzellarning detal qismlarini almashtirish
valiklarning bo‗yinlarini yo‗nish va hokazo; arra silindrlarini, jinlarning va 
linterlarning kolosnikli ramalarini, mashinalarni aylantiradigan qayishlarni 
almashtinrish; mashinalarning qistirmalarini, tiqilmalarini va mahkamlovchi 
detallarini almashtirish; andozalar bo‗yicha razvodkalarni tekshirib turish; barcha
podshipniklarni tozalab chiqish; reduktorlarni tekshirib ko‗rish va yuvish
to‗xtatish mexanizmlarining eyilib ketgan detallarini qismlarga ajratish, tekshirib 
ko‗rish, rostlash, almashtirish va shu kabilar (6.3-rasm). 
6.3-rasm. Joriy tiklashda amalga oshiriladigan ishlar 
 


130 
Kapital tiklash deb tiklashning shunday turiga aytiladiki, bunda mashinalar 
(agregatlar) tamomila qismlarga ajratiladi, ishdan chiqqan barcha detallar va 
uzellar o‗rniga yangilari qo‗yiladi hamda barcha baza detallar tiklanadi. Bunda 
paxta tozalash korxonasi butunlay to‗xtatiladi. 
Ishdan chiqqan barcha uzel va detallarni almashtirish yoki belgilangan 
texnika shartlariga muvofiq o‗z o‗lchamiga etkazib to‗g‗rilash, shuningdek uzel va 
detallarni yaxshilab tekshirish va balans qilish hamda mashina tayanch qismlarini 
to‗g‗rilash kapital tiklash hajmiga kiradi. 
Odatda, ishlab turgan asbob-uskuna yoki o‗rnatiladigan yangi asbob-
uskunalarni modernizatsiya qilish, rekonstruksiya qilish va yangi asbob-uskunalar 
o‗tkazish bilan bog‗liq bo‗lgan ishlar kapital tiklash davrida to‗g‗rilanadi. 
Asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish deganda korxonalardagi ishlab 
turgan mashina va mexanizmlarni texnika va ishlab chiqarish texnologiyasining 
hozirgi talablariga muvofiq takomillashtirish tushuniladi. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling