O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Mehnat unumdorligi va uni oshirish omillari. Mehnat unumdorligi


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Mehnat unumdorligi va uni oshirish omillari. Mehnat unumdorligi 
ma‘lum vaqt oralig‗ida (soat, kun, oy, yil) kishi boshiga ishlab chiqarilgan 
mahsulot hajmini bildiradi. Natija qanday ko‗rsatkichlar bo‗lishi mumkin? Paxta 
tozalash sanoatida u tovar mahsuloti hajmi bilan ifodalanadi. Bozor munosabatlari 
sharoitida korxonalar uchun sotilgan mahsulot hajmi ham muhimdir. SHu jihatdan 
ko‗p hollarda sotilgan mahsulot hajmi olinadi. 
Mehnat potensialining natijaviyligi (mehnat unumdorligi) quyidagi formula 
bilan hisoblanadi: 
Mu = 
Мп
Q
yoki Mu = 
Ч
Q
(7.4) 
Ko‗rsatkichning birinchisi 1 so‗m mehnat potensialiga qancha so‗m 
miqdorida natija (mahsulot) to‗g‗ri kelganligini ifodalasa, ikkinchisi har bir sanoat 


156 
ishlab chiqarish personali tomonidan qancha mahsulot ishlab chiqarilganlikni 
ifodalaydi (7.8-rasm). 
7.8-rasm. Mehnat unumdorligi ko„rsatkichi 
Ishlab chiqarish faoliyati va mahsulot hajmini ko‗rsatuvchi barcha 
ko‗rsatkichlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: natural, shartli-natural, mehnat va 
qiymat. 
Ishlab chiqarish hajmini to‗laqonlik aks ettiradigan ko‗rsatkich bu natural 
holatdagi ko‗rsatkichdir. SHu bilan birga bu ko‗rsatkich ham mehnat 
unumdorligini hisoblashda real holatda kamchiliklarga yo‗l qo‗yadi. Bu 
ko‗rsatkich bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar uchun qo‗llaniladi, 
(masalan, ko‗mir, g‗isht ishlab chiqarishda). 
Korxonalar faoliyatini umumlashtiruvchi birdan bir usul bu qiymat usulidir. 
Bu usulning afzallik tomoni mahsulotni hisobga olishda oddiyligidir. SHu boisdan, 


157 
mehnat unumdorligini tarmoq miqyosida hisoblashda qiymat usulidan 
foydalaniladi. 
Mehnat shaklida - har bir mahsulot birligi uchun kishi-soat hisobida qancha 
mehnat sarflanganligini ko‗rsatadi. Ushbu usulning afzalligi shundaki, bu usul 
bilan mehnat unumdorligi ko‗rsatkchini korxona bo‗yicha umuman va ayrim 
sexlar, bo‗limlar, alohida jarayonlar, smenalar hamda brigadalar bo‗yicha aniqlash 
mumkin. 
Mehnat unumdorlishigi rejalashtirish va hisobga olishda, odatda, ikki xil 
ko‗rsatkichdan foydalaniladi: ish vaqti birligida mahsulot ishlab chiqarish va 
mahsulotning ko‗p mehnat talabligi. 
Mahsulotning ko‗p mehnat talablik ko‗rsatkichi quyidagi formula bilan 
hisoblanadi: 
,
Q
Т
К

(7.5) 
bu erda, 
К
- ishlab chiqarilgan mahsulot birligi uchun kishi-soat
hisobiga sarflanagn vaqt; 
Т
- kishi-soat hisobiga sarflangan ish vaqti; 
Q
- ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi.
Ko‗p mehnat talablik ko‗rsatkichi mahsulot birligi uchun sarflanagn ish 
vaqtini va mehnat unumdorligi darajasini tavsiflashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu ko‗rsatkich uch turda bo‗ladi: me‘yory, rejali va haqiqiy. 
Me‘yoriy ko‗p mehnat talablik deb amaldagi ishlab chiqarish (ish vaqtiga 
yoki xizmat ko‗rsatish me‘yoriga asosan) me‘yoriga asosan hisoblangan mahsulot 
tayyorlash uchun zarur ish vaqti sarfiga aytiladi. 
Rejali ko‗p mehnat talablik deb kelgusi rejali davrda mahsulot birligiga 
sarflanishi zarur bo‗lgan ish vaqtiga aytiladi. Haqiqiy ko‗p mehnat talablik deb 
mahsulotni tayyorlash uchun ketgan haqiqiy ish vaqtiga aytiladi. Rejali ko‗p 
mehnat talablik odatda haqiqiy ko‗p mehnat talablikdan kam bo‗lish kerak. 
Mehnat unumdorligini oshirishning quyidagi omillari mavjud: 


158 
1)Material-texnik 
omillarga 
quyidagilar 
kiradi: 
mehnat 
qurollari, 
uskunalarning tarkibi va texnik darajasi, mehnat predmetlari va sifati, ishlab 
chiqarishni mehanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi va boshqalarni 
yaxshilash; 
2) Tashkiliy omillarga - ishlab chiqarishni yiriklashtirish va ixtisoslashtirish 
darajasi; uning to‗xtovsizligi, maromlilik holatini ta‘minlash; ishlab chiqarishni 
boshqarishni takomillashtirish; ish joyini to‗g‗ri tashkillashtirish; ish sharoitini 
yaxshilash; 
3) Iqtisodiy omillarga - ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda har bir 
ishchining, jamoaning moddiy qiziqishini oshirish; mehnat unumdorligining 
oshishini ta‘minlovchi moliya, reja va boshqa iqtisodiy stimullarni yaratish; 
4) Sotsial omillarga - kadrlar madaniy-texnik va siyosiy darajasini, ular 
malakasini oshirish va shu kabilar. 
Mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni rivojlantirish bazasi 
bo‗lib fan-texnika taraqqiyoti xizmat qiladi. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling