O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
-rasm. Ish vaqtini kuzatishning fotografiya usuli
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2 Paxta tozalash, to„qimachilik va engil sanoat korxonalari kadrlari tarkibi Kadrlar yoki korxonaning mehnat resurslari
- 7.7-rasm. Sanoat korxonalari mehnat resurslari
7.6-rasm. Ish vaqtini kuzatishning fotografiya usuli
Kuzatish ob‘ktlarining muhimligiga qarab ish kunlarini fotografiya qilish quyidagi turlarga bo‗linadi: Individual – ko‗zatish ob‘ekti va ish vaqti sarfini hisoblash uchun bir ish joyida ishlovchi ishchi olinadi; Guruh uslubida – ko‗zatish ob‘ekti va ish vaqti sarfini hisoblash uchun har bir guruh ishchilar olinadi, chunki guruh a‘zolarining bajaradigan ishlari bir xil bo‗lishi kerak. Brigada shaklida – ko‗zatish ob‘ekti va ish vaqti sarfini hisoblash uchun bir brigada ishchilari olinadi. Ularning bajarayotgan ishlari umumiy ishlar bilan bog‗liq bo‗lishi kerak. 153 Yuqorida aytib o‗tilgan usullardan tashqari ishchilar o‗zlarining ish bajarish vaqtidagi sarf qilayotgan vaqtlarini o‗zlari fotografiya qilishlari mumkin. 7.2 Paxta tozalash, to„qimachilik va engil sanoat korxonalari kadrlari tarkibi Kadrlar yoki korxonaning mehnat resurslari –korxona ro‗yxatida turuvchi va faoliyat ko‗rsatuvchi turli kasb guruhlariga kiruvchi ishlovchilar majmuasidir. Korxona ro‗yxatida ish qabul qilingan barcha ishlovchilar kiritiladi. Mehnat resurlari ishlab chiqarishning moddiy buyum elementlarini harakatga keltiradi, mahsulot yaratadi, foyda ko‗rinishida qo‗shimcha mahsulot va qiymat hosil qiladi (7.7-rasm). 7.7-rasm. Sanoat korxonalari mehnat resurslari 154 Sanoat korxonalari to‗g‗ridan- to‗g‗ri moddiy ne‘matlar yaratish jarayonidan ishtirok etuvchi mehnat resurslari bilan birgalikda asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko‗rsatuvchi va boshqa vazifalarni bajaruvchi mehnat resurslariga ham egadir. Paxta tozalash sanoati xodimlari quyidagi ikki yirik guruhga ajratiladi: - sanoat ishlab chiqarish personali; - nosanoat ishlab chiqarish personali Sanoat ishlab chiqarish personala tarkibiga mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga ishtirok etadigan barcha shaxslar kiritiladi. Asosiy faoliyatdan tashqari faoliyat bilan shug‗ullanuvchilar nosanoat ishlab chiqarish personali tarkibiga kiritiladi. Sanoat ishlab chiqarish personali o‗z navbatida quyidagi toifalarga ajratiladi: ishchilar, o‗quvchilar, muxandis- texnik xodimlar va xizmatchilar; kichik xizmat ko‗rsatuvchi personal; qo‗riqlash va yong‗indan muhofaza qilish xodimlari. Ishchilarga bevosita moddiy qiymatlarni yaratuvchilar, asosiy vositalarni ta‘mirlovchilar, yuk tashuvchilar, moddiy xizmat ko‗rsatuvchilar kiradi. O‗z navbatida ishchilar ham asosiy va yordamchi ishchilarga bo‗linadi. SHuningdek, bajaradigan ishining tavsifiga qarab ishchilar quyidagi to‗rttga asosiy guruhga bo‗linadi: mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonida mehnat qurollari yordamida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar; mehnat predmetlari va tayyor mahsulotlarni tashish, saqlash bilan shug‗ullanuvchilar; asosiy fondlarni tiklash bilan shug‗ullanuvchi; ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot sifatini nazorat qiluvchilar. Birinchi guruhga kiruvchilar asosiy ishchilar, qolganlari esa yordamga ishchilar sanaladi. O‗quvchilarga korxonada shogirdga tushgan brigada usulida o‗qidiganlar kiradi. Rahbarlar, muxandis – texnik xodimlar xizmatchilar guruhiga kiritiladi. 155 Rahbarlar jumlasiga paxta tozalash korxonasidagi barcha mansab lovozimlarni egallab turgan xodimlar va ularning o‗rinbosarlari kiritiladi, xususan: jamiyat raisi, bo‗lim boshliqlari, bosh mutaxasislar (bosh hisobchi, bosh muxandis, bosh mexanik, bosh texnolog , bosh iqtisodchi va boshqalar). Mutaxassislar jumlasiga texnik-muxandislik, iqtisodiyot, buxgalteriya, huquqiy va boshqa yo‗nalishlar bo‗yicha faoliyat yurituvchi xodimlar kiritiladi. Jamoaning ishlab chiqarish va maishiy zaruriyatlarini qoniqtirishda faoliyat yurituvchilar kichik ishlab chiqarish personali hisoblanadi. Paxta tozalash korxonasi sanoat ishlab chiqarish personali tarkibiga asosiy ishlab chiqarish, xizmatchi ko‗rsatuvchi va yordamchi bo‗limlar (sexlar) ishchilari, tashqi paxta tayyorlash maskanlaridan paxtani qabul qilib olish va uni zavodga etkazib berish bilan shug‗ullanuvchi ishchilar, shuningdek korxonalarni boshqarish va uning ishlab chiqarishiga xizmat ko‗rsatish xodimlari kiradi. Paxta tozalash korxonasi nosanoat personali tarkibiga tayyorlov tizimi ishlovchilari (quritish-tozalash sexi bilan birgalikda), uy-joy kommunal xo‗jaligi, bolalar bog‗chasi va shu kabi boshqa xo‗jaliklar xodimlari kiritiladi. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling