O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Ish haqi fondi moliyaviy mablag‗ bo‗lib, ish haqi berish, ijtimoiy tavsifdagi 
to‗lovlarni to‗lashga sarflanadi. 
Mehnatni me‘yorlashtirish ish sifatini va ishchining korxona faoliyatining 
umumiy natijalariga qo‗shayotgan hissasi hisobga olinishiga imkon yaratadi. 
Tarif tizimi mehnat haqi tabaqalantirilishining bosh quroli hisoblanadi. Ushbu 
tizim orqali mehnatning murakkabligini va bajarilish sharoitlarini hisobga olgan 
holda turli mehnat ko‗rinishlari o‗lchanadi. Tarif tizimi quyidagi asosiy 
elementlardan iborat (7.10-rasm): 

Tarif setkalari - korxona taalluqli bo‗lgan tarmoq va ish razryadlarini 
hisobga olgan holda mehnatga haq to‗lashni tabaqalashtirishni belgilaydi. 


163 

Tarif stavkalari – vaqt birligi (kun, soat) ichida bajarilgan oddiy ishga 
(nolinchi razryadli) to‗lanadigan ish haqining absolyut o‗lchamini 
belgilaydi; 

Ish haqining hududiy koeffitsientlari tabiiy iqlim sharoitlarida (hududlarda)
hayot kechirish farqlarini kompensatsiyalaydi;

Tarif-malaka yo‗riqnomasi –bu sanoatda bajariladigan ishlar tavsifi 
ro‗yxatini hamda ishchining ma‘lum bir ishni bajarishda unga qo‗yiladigan 
talabi majmuasidir. 
7.10-rasm. Tarif tizimi asosiy elementlari 
Tarif stavkalariga qo‗shimcha to‗lovlar va qo‗shimcha ishni olib 
borganlik, xizmat hududining kengayishi, ishdan keyingi vaqtlarda ishlaganlik dam 
olish va bayram kunlari, ikkinchi va uchinchi smenalarda tungi vaqtlarda 
ishlaganlik uchun ustama to‗lovlar va boshqalar kiradi.


164 
Bundan tashqari, O‗zbekiston Respublikasi bo‗yicha 2000 yil 1 avgustidan 
kuchga kiritilgan 23 razryadli yagona tarif setkasiga yaxshilab nazar solinsa, 
ishlovchilar bir nechta guruhlarga bo‗linganini ko‗rish mumkin. 
Nolinchi razryad bo‗yicha maxsus bilim va malaka talab qilinmaydigan 
mehnat bajaruvchilariga haq to‗lanadi (qorovullar, farroshlar, va h.z.). 
Birinchi razryaddan sakkizinchi razryadgacha xalq xo‗jaligining barcha 
tarmoqlaridagi ishchi kasblari hamda o‗rta maxsus ma‘lumotli mutaxassislar va 
texnik ishlovchilarning ayrim toifalari kiradi. 
Oliy ma‘lumotli turli malakali mutaxassislar 8-15 razryadlarga kiritilgan.
O‗rta bo‗g‗in boshqaruv rahbarlari: bo‗lim va sex boshliqlari, etakchi 
mutaxassislar 10-16 razryadlarga kiritilgan. 
Korxonalar, trestlar, birlashmalar, assotsiatsiyalar, konsepsiyalar, idoralar 
va vazirliklar rahbarlari 14-19 razryadlar bo‗yicha joylashadilar. 
Mehnat haq to‗lash tizimi va shakllari ish haqi miqdori bilan mehnat sifati 
va miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni belgilaydi va korxonada ishlab chiqarishning 
tashkil etilishi sharoitlari, mehnat natijalariga bog‗liq holda haq to‗lash tartibini 
o‗rnatadi. 
Hozirgi vaqtda sanoatda mehnatga haq to‗lashning vaqtbay va ishlay 
shakllaridan foydalaniladi. Bu shakllarning har bir sarflangan mehnatning miqdori 
sifatiga qarab haq to‗lash imkonini beradigan ko‗rinishlarga ega. 
Ko‗pgina sanoat korxonalarida ishbay ish haqi keng qo‗llaniladi. Mehnatga 
haq to‗lashning ishbay shaklida ishchining ish haqi ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdori va sifatiga bog‗liq holda hamda bu mahsulotga haq to‗lash me‘yori 
(rassenka) asosida hisoblanadi. 
Ish haqi to‗lashning ushbu shaklini quyidagi hollarda qo‗llash maqsadga 
muvofiqdir: 

biror-bir ishchi yoki brigadaga bog‗liq bo‗lgan ishning miqdor 
ko‗rsatkichlari mavjud bo‗lsa; 


165 

ishchilarda bajariladigan ish hajmini yoki mahsulot ishlab chiqarish 
hajmini ko‗paytirish imkoniyati mavjud bo‗lsa; 

muayyan bo‗linmada mahsulot ishlab chiqarishni ko‗paytirish 
zaruriyati tug‗ilganda; 

bajariladigan ish hajmini (miqdorini) aniq hisoblash imkoniyati 
mavjud bo‗lganda; 

texnik asoslangan mehnat me‘yorlari qo‗llanilganda. 
Mehnatga haq to‗lashning ishboy shakli xususiyatlariga ko‗ra quyidagilarga 
ajratiladi: 

ish bajarish rassenkalarining aniqlanishi (bevosita, bilvosita
progressiv,akkord va pudrat); 

ishchilar bilan hisob-kitob qilinishi (yakka tartibda va jamoa bilan); 

moddiy rag‗batlantirish (mukofat to‗lovlari bilan yoki ularsiz). 
Bevosita (to‗g‗ridan–to‗g‗ri) yakka tartibda ish haqi to‗lash tizimida 
ishchining ish haqi quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
i
i
ишб
P
Q
З


.
; (7.10) 
bu erda: 
i
Q
- ishlab chiqarilgan i- turdagi mahsulot miqdori,
natural birliklarda; 
i
P
-bir birlik I - turdagi mahsulot ishlab chiqarishga
to‗lanadigan ish haqi (rassenka), so‗m/natural
birlik. 
Bajarilgan ish yoki mahsulot birligi uchun ish bahosi (rassenka) quyidagicha 
hisoblanadi: 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling