O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


 Marketing faoliyatini tashkil etish


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

7.4 Marketing faoliyatini tashkil etish 
 
Ko‗plab korxona rahbarlari va xususiy tadbirkorlar biznes muammolari va 
kundalik faoliyatlari bilan shunchalik band bo‗ladilarki, hatto bozorlardagi 
holatlarni baholash uchun ham vaqt topa olishmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
marketinga tayanish zarurligini, busiz maqsadga erishish gumonligini his 
etishmaydi. 
SHuni ta‘kidlash joizki, marketing tadbirkorlarga o‗z biznesni chuqur 
anglash, mijozlariga yaqinlashish, yangi iste‘mol bozorlarini egallagan holda 
muvaffaqiyatli raqobatlashish va rivojlanish uchun zarur.
Ko‗rinib turibdiki, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‗ulanuvchilar bozorda 
munosib o‗rin egallashlarida, iste‘molchilarning dididagi tovarlar va xizmatlarni 
shakllantirishda, raqobat kurashida marketing o‗ziga xos o‗rin tutadi. Demak, 
bozor iqtisodiyotiga o‗tilayotgan, tadbirkorlikka keng yo‗l berilayotgan 
mamlakatimizda marketingni samarali yo‗lga qo‗yish ayniqsa muhimdir. 
Hozirgi vaqtda bozor munosabatlari sharoitida marketing yo‗nalishida 
korxonaning tashkiliy tuzilmasida marketingni boshqarish ishlab chiqarishni, 
moliyani va kadrlarni boshqarish bilan bir darajada turadi. Menedjment va 
marketing sohasidagi taniqli mutaxassis Piter Draker marketing bo‗yicha 
mutaxassisni ishlab chiqarish siklining oxiriga emas, balki boshiga qo‗yish lozim 
va marketingni biznesning har bir bosqichda yaxlitlab (birlashtirib) borish zarur, 
deb hisoblaydi. Har bir iste‘molchi muayyan mahsulotning qanday shaklda va 


171 
sifatda bo‗lishini istaydi, bu mahsulotga qancha pul to‗lashga tayyor, bu tovarga 
qaerda va qancha talab paydo bo‗ladi? Bu kabi savollar puxta o‗rganilib, ularning 
barchasi har bir menejerga, dizaynerga va ishlab chiqaruvchiga etkazilishi lozim. 
Marketing mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarishni rejalashtirish, iqtisodiy tahlil, 
taqsimot, sotish va sotilgan mahsulotga xizmat ko‗rsatish kabi masalalarga ta‘sir 
ko‗rsatishi lozim. Marketing konsepsiyasi bilan qurollangan korxonalarning 
tashkiliy tizimi shu tamoyillar asosida tashkil etiladi. Vaqt o‗tishi bilan 
marketingni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi ham muayyan o‗zgarishlarga 
uchradi. Bugungi kunda korxonalar tarkibiy tuzilmaning bir qancha turlaridan 
foydalanadi va shunga muvofiq ravishda ularda marketing boshqaruvi har xil 
mavqeini egallaydi. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling