O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Marketingni tashkil etish tamoyillari


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Marketingni tashkil etish tamoyillari. Marketing tashkil etishda, uning 
tuzilishi qandayligidan qat‘iy nazar bir xildagi qonun-qoidalarga rioya qilinmog‗i 
lozim.Ularning majmuiga tamoyil deb ataladi. Tamoyil lotincha «tamoyilium» 
so‗zidan olingan bo‗lib, dastlabki asos, ya‘ni xatti-harakat yoki faoliyatning asosiy 
qoidasi, «rahbar», «g‗oya» degan ma‘noni bildiradi. 
Marketingni tashkil etishda quyidagi tamoyillarga rioya qilinadi: 

mehnat tamoyiliga rioya qilish; 

rahbariyatga bo‗ysunish, intizom va tartibga rioya qilish; 

boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik; 

markazlashuv va ierarxiyaga rioya qilish; 

mehnatni moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirish; 

ishchi va xizmatchilarning doimiyligi, birligi va yagonaligi; 

tashabbuskorlik va haqqoniylik; 

ilmiylilik; 

tejamkorlik va samaradorlik. 
Marketing xizmati tarkibida mehnatning muqobil taqsimlanish tamoyili – bu 
marketingni tashkil etishda bor bo‗lgan holatdir. Ushbu tamoyilning maqsadi 
oqibatda ishlab chiqarish hajmi va sifatini birlamchi xarajatlar bilan oshirishdir. 


174 
Jamiyat taraqqiyoti bilan yangi tarmoqlar vujudga kelishi kishilar o‗rtasida mehnat 
taqsimlanishini keltirib chiqaradi. 
Rahbariyatga bo‘ysunish tamoyili – bu buyruq va qaror qabul qilish huquqi 
va bunga barchaninig bo‗ysunishidir. Hokimiyatni mas‘uliyatsiz, javobgarliksiz 
tushunib bo‗lmaydi. Qaerda hokimiyat bo‗lsa, o‗sha erda mas‘uliyat bo‗ladi. 
Mas‘uliyatni tushungan va uni o‗z zimmasiga olgan marketing bo‗limi boshlig‗ini 
barcha hurmat qiladi. Yashi boshliq o‗z oldidagi mas‘uliyatni yaxshi tushunishi 
kerak. 
Marketing 
boshqaruvchisi 
o‗zida ushbu sifat va xislatlarni 
mujassamlashtirgan bo‗lishi kerak. Hokimiyatni, amalni suiste‘mol qilmaslikning 
eng yaxshi kafolati – bu boshliqning shaxsiy g‗ururi, yuksak insoniy tuyg‗usidir.
Intizom va tartibga rioya qilish tamoyili – bu marketing xizmatchilari va 
korxona kelishuviga muvofiq ularning o‗zini tutish, tashqi hurmat belgilari, xulq-
atvoridir. Intizom har bir ishning yaxshi bajarilishi uchun kerak bo‗lgan omildir. 
Hech bir iqtisodiy sub‘ekt busiz rivojlanishi mumkin emas. Marketing ham bundan 
mustasno emas. Tartibga rioya qilish deganda ikki xil tartib nazarda tutiladi: 
moddiy va ijtimoiy tartib. 
Moddiy tartibning qoidasi quyidagicha: har bir narsaga joy aniqlash kerak 
va har bir narsa o‗z joyida bo‗ladi. Maqsadga to‗liq erishish uchun yana narsalarni 
yaxshilab joylash kerak va tanlangan joy barcha jarayonlar engillashtirishini 
ta‘minlashi lozim bo‗ladi. Ijtimoiy tartibning qoidasi quyidagicha: har bir kishining 
joyi aniq va hamma o‗z joyida bo‗lishi kerak. Korxonada ijtimoiy tartib qaror 
topishi uchun ushbu qoidaga amal qilish kerak. Ijtimoiy tartib, shuningdek ishchi 
bilan joyning bir-biriga mos kelishishini talab etadi. 
Buyruq berishning yagonalik tamoyili ham marketingni boshqarishda 
muhim ahamiyatga ega. Agar ushbu tamoyil buzilsa, u hokimiyatning, masalan, 
marketing bo‗limi boshlig‗ining, korxona rahbarining obro‗siga putur etkazadi 
hamda intizom yo‗ldan chiqadi va tartib buziladi. Bu esa, marketingni tashkil 
etishga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Marketingni tashkil etishdagi yagonalik princhipini 
shunday tushuntirish mumkin: bitta yagona maqsadni ko‗zlagan yagona boshliq va 
dastur. Bu faoliyatning samarali bo‗lishi uchun kerakli bo‗lgan shart – sharoit, 


175 
ammo yakkaboshchilik masalalarini hal qilishning kollegialligini inkor etmaydi. 
Balki masalalarni kollegial hal qilish va javobgarlik yagona shaxsga 
yuklatilganligini anglatadi. Bunda shaxsiy fikrlarning ommaviy fikriga bo‗ysunishi 
nazarda tutiladi. Bu tamoyilning mazmuni quyidagicha: korxona marketing guruhi 
ishchi – xizmatchilarining manfaatlari korxona manfaatlaridan ustun qo‗yilishi 
mumkin emas, umumjamiyat manfaati shaxs, shaxslar guruhi manfaatidan yuqori 
bo‗lishi kerak. Agar marketing bo‗limida xizmatchi faqat o‗zining manfaatini 
o‗ylab ishlasa, u korxonaning yuqori daromad olishiga to‗sqinlik qiladi. Oqibatda 
korxonaning yaxshi yutiqlarga erishmasligi ishlovchilar manfaatlariga ta‘sir qiladi. 
Rag‘batlantirish tamoyili marketing xizmatlarini moddiy, ma‘naviy 
taqdirlash, bajarilgan ishga haq to‗lash demakdir. Taqdirlash haqiqatga yaqin 
bo‗lib, marketing xodimi va korxonani qoniqtirish kerak. Rag‗batlantirish o‗lchovi 
xizmatchining ish sifati, bilimiga haq to‗lash shakliga bog‗liq. 
Markazlashuv va ierarxiyalik tamoyili ayrim boshliqlar tomonidan qabul 
qilinishi yoki qilinmasligi mumkin, lekin u katta yoki kichik miqdorda albatta 
faoliyat ko‗rsatadi. Marketingni tashkil etishda va uni amalga oshirishda 
markazlashgan va markazlashmagan usullarni qo‗shib olib borish maqsadga 
muvofiqdir. Markazlashgan topshiriqlar iqtisodiy manfaatdorlik davlat nuqtai 
nazaridan va har bir iste‘molchi hamda mahsulot ishlab chiqaruvchi manfaatlari 
nuqtai nazaridan boshqarib borilmog‗i lozim. Ierarxiya boshqarishda yuqoridan 
pastga bo‗lgan boshqaruv organlari qatori bo‗lishini taqozo etadi. 
Ishchi va xizmatchilar tarkibining doimiylik (muqimlik), birlikka moyillik 
tamoyili. Ishchi va xizmatchi yangi bir vazifani o‗rganib olishiga ozgina vaqt 
qolganda almashtirilsa, bu xatti-harakat bilan uning korxonaga foyda keltirishi 
imkoniyatini yo‗qga chiqaradilar. Agar bu kabi o‗zgartirishlar to‗xtovsiz va tez-tez 
amalga oshirilsa, vazifa hech qachon yaxshi darajada bajarilmaydi. Bunday 
xatoliklar ham qanday korxonalar uchun xavflidir, chunki u erda butun vazifani 
qaytadan o‗rganib olish ko‗p vaqtni oladi. 
Tashabbus ishchilar faolligini oshiradi, bu esa marketingni boshqarishda 
ijobiy o‗rin tutadi. Boshliqlar ishchilar tashabbusi – bu katta kuchdir va korxona 


176 
uchun katta ahamiyatga ega. Bu asosan, qiyin paytda bilinadi. O‗z xizmatchilariga 
tashabbus ko‗rsatadigan boshliq bu kabi vazifani bajara olmaydigan boshliqdan 
ustun turadi. 
Haqiqiylik ham marketing faoliyatini amalga oshirishda muhim omildir. 
Marketolog o‗z xaridori, tovar etkazib beruvchisini aldashi mumkin emas, aks 
holda inqirozga uchraydi. Marketing bo‗limi xizmatchilari o‗z ishini puxta, sodiqli 
va sidqidildan bajarishi uchun ularni rag‗batlantirishda adolat va haqiqat bilan 
do‗stona munosabatda bo‗lishi kerak. Marketing bo‗limi xizmatchilari 
iste‘molchilar haqiqatni va tenglikni talab qilishganda ular bilan maslahatlashishi 
lozim. Ammo bu talablarni hech bir tamoyilni buzmasdan, umuman manfaatlarga 
putur etkazmasdan bajarishi kerak. Buning uchun marketing bo‗limi boshlig‗i 
barcha usullarni ishga solishi kerak. 
Marketingni tashkil etishda ilmiylilik tamoyili alohida ahamiyat kasb etadi. 
Marketing ob‘ektiv iqtisodiy qonunlarning talabini etiborga olgan holda amalga 
oshiriladi. SHunday ekan, marketingni tashkil qilish har tomonlama chuqur ilmiy 
izlanishlar asosida barcha ob‘ektiv shart-щaroitlarni hisobga olgan holda amalga 
oshiriladi. Marketingni amalga oshirishda ilmiylilik har qaday qolipga qarshi, har 
bir masalaga alohida yondashish va ustalik bilan faoliyat ko‗rsatishni nazarda 
tutadi. Bunda ushbu masalalar ilmiy asosga ega bo‗lishi ko‗rib chiqilishi va hal 
qilnishi lozim. 
Marketingni tashkil etish va uni amalga oshirishda samaradorlik tamoyili 
har qanday marketing masalalarini qisqa muddatda kam xarajatlar bilan hal etishni 
taqozo etadi. Marketing faoliyatida tejamkorlikni keng yoyish, resurslardan 
oqilona foydalanishni tashkil etish, tovarlar zahirasini qisqartirish, tovarlar 
aylanishini tezlashtirish, ular kam xarajatlar bilan xaridorga etkazish – bular 
barchasi ushbu tamoyilning asosiy mazmunidir. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling