O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
Marketingni tashkil etish deganda unga yuklatilgan vazifalarni bajaruvchi
tarkibiy bo‗limlarning tuzilishi va ularning o‗zaro mas‘uliyatlarini hamda bog‗liqliklarini ifodalovchi tizimni yaratish tushuniladi. Bu kabi tizim oddiy korxonadan tortib bozorda faoliyat ko‗rsatayotgan barcha iqtisodiyot sub‘ektlarida tuzilgan marketing xizmatlarini o‗z ichiga oladi. Marketingni muvaffaqiyatli tashkil etishda maqsadlar va ushbu xizmat maqomiga e‘tibor qaratiladi. Bugungi kunda ko‗plab rahbarlar o‗z korxonalarining asosiy maqsadi sifatida yuqori foyda olish deb hisoblaydilar. Uzoq kelajakni ko‗zlab ish yuritadigan korxonalar uchun bu tanlov unchalik muqobil variant emas. Chunki, korxona uzoq kelajakni ko‗zlab ish yuritishni maqsad qilib qo‗ygan bo‗lsa (marketing faoliyati aynan shunday hisoblanadi), u holda korxona o‗zining mavjud mablag‗ining asosiy qismini ilmiy - tadqiqot ishlariga, ishlab chiqarish tayyorgarligiga, kadrlar malakasini oshirishga yo‗naltirishga to‗g‗ri keladi. Bu esa, o‗z navbatida ishlab chiqarish xarajatlari oshishini va mos ravishda foyda miqdorining kamayishini keltirib chiqaradi. Yaponiyadagi mashhur «Matsunta Denki» firmasining asoschisi Konosuke Matsusitaning fikricha, faqat unchalik yuqori ham emas, unchalik kam ham emas, balki oqilona miqdorda foyda olgandagina korxona o‗z faoliyatini kengaytirishi 172 mumkin. Marketingni tashkil etishga kirishgan korxonaning asosiy maqsadlari yaponlar tajribasidan kelib chiqqan holda afzalligi bo‗yicha quyidagilardan iborat: sotish xajmi; sotuv yoki foyda hajmida o‗sish sur‘atlari; bozordagi hissasi; rejalangan foyda, bu foydaning hajmi, uning sotuv hajmiga nisbati, barcha sarmayadorchi foyda me‘yori,foydaning hissadorlar sarmoyasiga nisbati va boshqalarda aks etishi mumkin; sarmoyaning tarkibi, ya‘ni faollarning umumiy summasiga yordam shaklidagi sarmoyaning nisbati (bu YAponiyada taxminan 20 % ga teng). Shuni ta‘kidlash joizki, korxonada joriy qilinadigan marketingning muvaffaqiyat qozonishi uchun unda tegishli xizmatni tuzishning o‗zi etarli emas. Asosiy narsa – bu ana shu xizmatga qanday maqom berilganligidadir. Marketing bo‗limi zimmasiga mahsulotning pirovard iste‘molchilari bilan bog‗liq barcha muammolar tushadi, bu vaqtda boshqa bo‗linmalar o‗z e‘tiborini har xil juz‘iy vazifalarga qaratgan bo‗ladi. SHu boisdan, marketing bo‗limi butun faoliyati muvofiqlashtirib turishini tan olish mutloqo tabiiydir. U ishlab chiqarish jarayonida etakchi bo‗lishi uchun maqomini boshqa bo‗linmalar ichida eng yuqori qilib belgilash lozim. Paxta tozalash korxonalarida marketing xizmatini xom-ashyo va tayyor mahsulot bo‗limi amalga oshiradi. Asosiy mahsulot hisoblangan paxta tolasini davlat tomonidan vakolat berilgan O‗zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga qarashli kompaniyalar xarid qiladi va xorij iste‘molchilariga sotishni amalga oshiradi. Ammo shuni ta‘kidlash joizki, ko‗plab rahbarlar, ayrim mutaxassislar hanuzgacha marketingni faqat sotish bilan shug‗ulanuvchi faoliyat deb hisoblaydilar. Bu esa marketingning tor faoliyati doirasini keltirib chiqaradi. Marketing bo‗yicha yirik olimlardan biri T.Levitt quyidagicha fikr bildiradi: «Marketing tovar 173 savdosi bilan aslo tenglashtirilmasligi lozim. Agar savdoning asosiy ishi xaridorni nima ishlab chiqarilgan bo‗lsa, shuni sotib olishga ishontirishdan iborat bo‗lsa, marketingning vazifasi esa bozorga xaridor haqiqatdan ham ehtiyoj sezgan tovarlarni etkazib berishdan iborat». Shuning uchun paxta tozalash korxonalarida ham samarali marketing xizmatini tashkil etish lozim bo‗ladi. Marketingni tashkil etish iqtisodiyotning boshqa sohalarini tashkil etishdan o‗z xususiyatlari bilan tubdan farq qiladi. Masalan, har bir korxona, transport tashkiloti, aloqa yoki jamoa xo‗jaliklarining tashkiliy tizimi faqat o‗z xo‗jalik faoliyatini yaxshilash, yuqori foyda olish, o‗z jamoa a‘zolarining manfaatiga, ularning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan faoliyatdir. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling