O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
-rasm. Energiya ta‟inotida qo„llaniladigan me‟yorlar
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
6.5-rasm. Energiya ta‟inotida qo„llaniladigan me‟yorlar
Korxona o‗zining yillik dasturiga asoslanib energiya balansini tuzib chiqadi. Energiya balansi ikki turda tuziladi: 1. Kalendar muddati - yil, chorak, bir oyga mo‗ljallangan energiya sarfi; 133 2. Energiya tarqatuvchi har bir energo va issiqlik turlari bo‗yicha, masalan, bug‗, siqilgan havo, neft, ko‗mir, gaz va boshqalar. Energobalans texnologiya jarayonlari elektr motorlarini harakatga keltirish, isitish, ventilyasiya vositalari va yorug‗lik uchun tuziladi. Paxta tozalash korxonalarida asosiy ishlab chiqarishlardagi mashina va mexanizmlar privodlari uchun elektr energiyasiga bo‗lgan ehtiyoj paxta tolasi va momiq ishlab chiqarishga mo‗ljallangan xarajatning solishtirma me‘yorlariga qarab aniqlanadi. Bu me‘yorlarning miqdori asbob-uskunalarning tarkibi, tavsifi, holati va texnologiya jarayonining xususiyatlariga bog‗liqdir. Texnologiya jarayonlari (Tj) va dvigatel (D) iste‘moli uchun foydalaniladigan quvvatni quyidagi formula asosida aniqlanadi: (6.1) bu erda, Tj – texnologiya jarayonlari uchun iste‘mol qilinadigan quvvat (kVt/soat); Ns – mahsulot birligi uchun sarf bo‗lgan quvvat me‘yori; Q - dasturdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi (tonna). Dvigatelni harakatga keltirish va uning texnologik jarayonlarda uzluksiz texnologik jarayonlarda uzluksiz ishlab turishi uchun sarf bo‗ladigan energiya quyidagi formula asosida aniqlanadi: (6.2) bu erda, Qe – bir soatda mashina iste‘mol qiladigan quvvat me‘yori; YU – rejali yuk bilan band qilish koeffitsienti; Nm – mashinalarning soni. 134 Laboratoriya, mexanika ustaxonalari, mexanizatsiyalashtirish vositalari, ishlab chiqarish binolari va ma‘muriy binolarni, hovli territoriyasini, omborlar, turar-joy shaharchasi va boshqa shu singarilarni yoritish ehtiyojlari uchun elektr energiyasi sarflash o‗tgan yilning haqiqiy ma‘lumotlarini hamda mexanizatsiyalashtirish, yoritiladigan ob‘ektlarni kengaytirish yuzasidan mo‗ljallanadigan o‗zgarishlar va boshqa shart-sharoitlarni hisobga olgan holda aniqlanadi. Paxta tozalash korxonalarida kuch elektr energiyasiga bo‗lgan umumiy ehtiyoj asosiy va yordamchi sexlarning mashinalarini harakatga keltiradigan, pnevmatik transport ishiga va mexanizatsiyalashtirish vositalariga sarflanadigan energiyadan tashkil topadi. Paxta tozalash korxonalarida energetika xo‗jaligini bosh energetik boshqaradi. Korxonalarning energiya tannarxini rejalashda ularni iste‘mol qilinishini tejash uchun har xil tadbir choralar tuzadilar. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling