O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

5.2-rasm. Sotilgan mahsulot 
 
Paxta tozalash korxonalarida to‗g‗ridan-to‗g‗ri mahsulot ishlab chiqarish 
bilan shug‗ullanmaydigan tuzilmalar va xo‗jaliklarning (quritish-tozalash sexlari, 
turar joy-kommunal xo‗jalik korxonalari, yordamchi qishloq xo‗jalik korxonalari 
va boshqa shu kabilarning) mahsulotlari va ular ko‗rsatadigan xizmatlar paxta 
tozalash korxonasining yalpi va tovar mahsuloti tarkibiga kirmaydi. 
Yalpi mahsulot ko‗rsatkichi paxta tozalash sanoatida faqat ma‘lumot 
beradigan hisobot ko‗rsatkichi tariqasida saqlanib qolgan. 
Paxta tozalash korxonalari ishlab chiqarish dasturi - bozor iqtisodiyoti 
sharoitida iste‘molchilarning paxtachilik mahsulotlariga bo‗lgan talabini 
qondirishga mo‗ljallab tuziladi. Ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish tamoyili 
bu muhim vazifani echishga qaratilgan bo‗lib, ishlab chiqarishning uzluksiz 
o‗sishi, paxta tozalash korxonalarining tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish
doimiy ravishda foydalanilayotgan asbob-uskunalarning zamonaviylari bilan 
almashtirilishini ta‘minlashdan iborat. 


115 
Paxta tozalash korxonasining ishlab chiqarish dasturi uning ishlab chiqarish 
quvvati bilan teng bo‗lmaydi. Yuqorida ko‗rsatib o‗tilganidek, paxta tozalash 
korxonasining ishlab chiqarish quvvati – eng qulay sharoitda eng ko‗p tola ishlab 
chiqarish qobiliyatidir, ishlab chiqarish dasturi esa zavodga keladigan paxta 
resurslarini, uskunalar unumdorligining texnik me‘yorlarini o‗zlashtirish darajasini 
va ishlab chiqarishdagi boshqa tashkiliy-texnikaviy omillarni nazarga olib, mazkur 
rejalashtiriladigan davrda tola ishlab chiqarish topshirig‗idir. Demak, ishlab 
chiqarish dasturida ko‗rsatiladigan mahsulot ishlab chiqarish quvvatidan
foydalanishning amaliy imkoniyati bilan belgilanadi. 
Nomenklatura – paxta tozalash korxonasida ishlab chiqariladigan mahsulot 
turlaridir. Paxta tozalash korxonalarida paxta tolasi asosiy ishlab chiqariladigan 
mahsulot hisoblanib, qo‗shimcha mahsulotlar sifatida – paxta chigiti, tarkibida 
o‗lik bo‗lgan chiqindilar, momiq ishlab chiqariladi. 
Assortiment – bir nomdagi mahsulotlarning navlar, tiplar, markalar
artikullar va shu kabilar bo‗yicha tarkibidir.

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling