O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Quritish-tozalash sexida paxtaga ishlov berishni hisobga olish


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Quritish-tozalash sexida paxtaga ishlov berishni hisobga olish
8
 
 
Quritish-tozalash sexi ta‘minotchidan, yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan 
me‘yor chegarasida yuqori darajadagi ifloslik va namlik bilan qabul qilingan 
paxtani quritish va tozalash uchun mo‗ljallangan. quritish-tozalash sexida urug‗lik 
paxtani quritishga ruxsat berilmaydi. Quritish-tozalash sexida ishlov berish
uchun mo‗ljallangan paxtaning bir xil belgilari (xili, navi, sinfi, namligi, iflosligi,
terim turi) bo‗yicha jamlangan to‗dalari tozalash va quritishga yuboriladi. 
Quritish-tozalash sexida paxtani hisobga olish uchun boshlanQich 
hujjatlarning quyidagi shakllari qo‗llaniladi: 
7-XL shakl - Tayyorlov maskanida paxta harakatini hisobga olish daftari
19-XL shakl - Paxtani quritish va tozalash uchun topshiriqnoma; 
20-XL shakl - Paxtani tashish uchun marshrut varaqasi; 
21-XL shakl - Paxtani quritish va tozalash natijalari bo‗yicha 
tahlillar xaritasi; 
22-XL shakl - Paxtani quritish va tozalash natijalari bo‗yicha tahlillarning 
yig‗ma xaritasi; 
8
Ўзбекистон Республикаси пахта заводларида пахтани тайѐрлаш ва маҳсулотларни ишлаб чиқариш ҳақида 
бошланғич ҳисоб-китобни юритиш бўйича йўриқнома. ПДҚИ 36-2001. –Т.:Меҳнат, 2002. 


95 
23-XL shakl - Asbob-uskunalar ishlashi haqida paxtani quritish-tozalash 
sexi smena ustasining axboroti (raport); 
24-XL shakl - quritish-tozalash sexida paxtaga qayta ishlov berish natijalari 
haqida hisobot. 
Quritish-tozalash sexida ishlov berish uchun qabul qilingan paxta tayyorlov
maskanida paxta harakatini hisobga olishning 7-XL shaklli maxsus daftarida 
hisobga olinadi. Tayyorlov maskanida paxta harakatini hisobga olish daftaridagi 
qaydlar uchun quyidagilar asos bo‗lib xizmat qiladi: kirim bo‗yicha - paxtani qabul 
qilishning 17-PK shakldagi qabul varaqasi, chiqim bo‗yicha esa, paxtani quritish 
va tozalash uchun 19-XL shakldagi topshiriqnoma. 
Jamlash tugallangan, ishlov berish maqsadida quritish-tozalash sexiga qabul 
qilingan har bir to‗dadagi paxta uchun uni mazkur sexga qo‗yish oldidan 
tayyorlov maskani buxgalteri tomo-nidan 19-XL shakldagi topshiriqnoma 
yoziladi. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling