32
mo‘ljallangan biror bir mavzuning dars ishlanmasini taqdimot tarzida ishlab chiqish
va himoya etish ham o‘ziga xos ijobiy natija beradi.
VI.8. Mavzu himoyasiga pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
Pedagogik texnologiya – tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim
shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob’ektiv baholash uchun inson
salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta’sirini
inobatga olib, ta’lim
maqsadlarini
oydinlashtirib,
o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida
qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir. Pedagogik texnologiya uchun pedagogik
amaliyot jarayonlarini belgilash va tasvirlash, talaba
kelgusi faoliyatida duch
keladigan vazifalarni oldindan aniqlash, ta’lim tarbiyaning shakllari va vositalarini
tayyorlash, shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma’naviy
fazilatlarni o‘zlashtirishga yunaltirilgan mashqlar
tizimini ishlab chiqish, ta’limning
natijasi va o‘zlashtirish darajasi, sifatini baholash mezonlariga mos ravishda
talabaning bilim va malakalarni egallash sifatini ob’ektiv
baholash uchun nazorat
vazifalarini tayyorlash, darsda va darsdan tashqari o‘quvchiga beriladigan vazifalarni
rejalashtirish va nihoyat mustaqil mashg‘ulotlarning tuzilmasi va mazmunini ishlab
chiqish kabilar pedagogik texnologiyaning vazifalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: