O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi
Download 434.76 Kb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik fanidan mustaqil talimni tashkil etish
VI.2. Referat tayyorlash
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan (hujjatlar, yozma manbalar, monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallaridan) foydalanib ma’lumotlar yig‘adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu buyicha imkon darajasida to‘liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o‘qituvchidan maslahat va ko‘rsatmalar oladi. Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi. VI.3. Manbalar yordamida mavzuni yoritib berish Talaba fan asoslarini puxta egallab olishi, dinshunoslikni yaxshi bilishi o‘quv- tarbiya ishlarining qanday tashkil qilinishidan tashqari, ko‘p jihatdan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarining sifati va saviyasiga ham bog‘liqdir. Imoratni mustahkam poydevorsiz qurib bo‘lmagandek, tarixni manbasiz yozib bo‘lmaydi. Tarixiy manba deganda uzoq o‘tmishdan qolgan, insoniyatning tabiat va jamiyatning ma’lum taraqqiyot bosqichidagi kechmishini o‘zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklarni tushunamiz. Moddiy yodgorliklar turkumiga ko‘xna manzilgoh va mozorlar, shaharlar, qasrlar hamda qal’alarning xarobalari, o‘sha joylardan topilgan ishlab chiqarish va urush qurollari, uy-ro‘zg‘or hamda zeb-ziynat buyumlari, qadimiy sug‘orish inshootlarining qoldiqlari, oltin, kumush va mis tangalar, shuningdek, ibtidoiy odamlar va hayvonlarning qoya toshlarga o‘yib ishlangan sur’atlari, umuman tosh va boshqa buyumlardagi yozuvlar kiradi. Ma’naviy yodgorliklar turkumiga esa uzoq o‘tmishdan qolgan qo‘lyozma asarlar hamda odamlarning turmushi va urf-odatlarini o‘zida aks ettiruvchi materiallar, shuningdek, kishilar ongida saqlanib qolgan urf-odat va an’analar kiradi. Tarixiy manbalar inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo‘lgan. U ijtimoiy hayotning hamma tomonlarini, bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘zida aks ettiradi. Shuning 30 uchun tarixiy manbalarsiz qadimiy odamlarning turmushi va ijtimoiy faoliyati qay tarzda kechganligini bilib va o‘rganib bo‘lmaydi. Manbalar ustida ish olib borganda shuni ham esda tutish zarurki, har bir tarixiy davrning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, u avvalo ijtimoiy-siyosiy tuzumning tabiati, ishlab chiqarish usullari, o‘sha davrda mavjud bo‘lgan moddiy madaniyat va nihoyat, yozuv texnikasining umumiy darajasi bilan belgilanadi. Manbalar yordamida mavzuni yoritib berishda avvalambor, tarixiy manbalarni topish, ularni turkumlash, chuqur va atroflicha tadqiq etish, manbada o‘z aksini topgan yoki bayon etilgan voqealar, keltirilgan dalillarning to‘la va haqqoniyligini aniqlash asosiy vazifa hisoblanadi. Download 434.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling